Organik kimyoga kirish. Organik kimyo rivojlanish tarixi



Yüklə 353,03 Kb.
səhifə5/5
tarix16.12.2022
ölçüsü353,03 Kb.
#75559
1   2   3   4   5
1. Mavzu Uglerod atomiga xos

Spirtlar
Fenollar

-OH

R - OH

C2H5OH-etil spirti
C6H5OH-fenol

Aldegidlar

-CHO

R-CHO

HCHO-metanal

Ketonlar

-CO-

R-CO-R’

CH3-CO-CH3-propanon

Karbon kislotalar

-COOH

R-COOH

CH3COOH-sirka kislota

Oddiy efirlar

-O-

R-O-R’

CH3-O-CH3-dimetil efir

Murakkab efirlar

-COO-

R-COOR’

HCOOC2H5-etil formiat

Nitrobirikmalar

-NO2

R-NO2

CH3NO2-nitrometan

Birlamchi aminlar

-NH2

R-NH2

C2H5NH2-etil amin

Organik birikmalarning sinflari.
Organik birikmalarning ko’pligi va xilma-xilligi, ularning tuzilishiga qarab sinflarga bo’lib o’rganishni talab etadi. Shuning uchun organik birikmalar uglerod atomlarining molekulada jaylashishiga yoki ularning hosil qilgan skeletlariga asosiy sinfga bo’linadi.
Organik birikmalarga xos bo'lgan reaksiya turlari. Organik birikmalar orasida boradigan reaksiyalar asosan 3 turga bo’linadi:
1) O'rin olish;
2) Birikish;
3) Ajralish reaksiyalariga bo'linadi. Masalan:
Bundan tashqari polimerlanish, polikondensatlanish, qayta gruppalanish kabi reaksiyalar organik birikmalar uchun xos bo'lgan reaksiyalarning alohida turi hisoblanadi. Reaksiyaga kirishayotgan molekulalardagi kovalent bog'ning uzilish holatiga qarab, barcha organik reaksiyalar
2 xil gomolitik va geterolitik mexanizmda boradi.
Gomolitik (radikal) mexanizm. Bunday reaksiyalarda kovalent bog' uzilib o'zida juftlashmagan elektron tutgan atom yoki atomlar gruppasi, ya'ni erkin radikallar hosil bo'ladi:
Hosil bo'lgan radikallar boshqa molekulalar bilan to'qnashib, yangi molekula va yangi radikal hosil qiladi.
Bunday tipdagi reaksiyalar radikal o'rin olish reaksiyasi deyiladi va SR bilan belgilanadi. To'yingan uglevodorodlarning xlorlanish reaksiyasi SR mexanizmda boradi. Masalan:
Geterolitik (ionli) mexanizm. Bunday mexanizm reaksiyaga kirishuvchi molekulaning kovalent bog'i uzilganda elektron juft bitta atomda qoladi:
Bunday holatda reagent X- - o'z elektron jufti yordamida uglerod atomi bilan birikadi, Y- esa o'z elektron juftidan ajralib chiqib anionga aylanadi. Misol:
Ionli mexanizm bo'yicha boradigan reaksiyalar «reagent» ning xarakteriga qarab 2 xil tipgabo'linadi. Agar reagent yangi bog' hosil qilish uchun elektron juft bersa, nukleofil reagent, bunday reagentlar ishtirokida boradigan reaksiyalar esa nukleofil reaksiyalar deyiladi. Nukleofil reagentlar manfiy zaryadlangan ionlardir. Masalan:
Ko'pgina o'rin olish reaksiyalari nukleofil reaksiyalarga misol bo'la oladi (SN).
Agar kimyoviy reaksiyalarda yangi bog'lanish hosil qilish uchun reagent juft elektron bermasa, bunday reagent elektrofil reagent, reaksiya esa elektrofil reaksiya deyiladi. Bu vaqtda substrat elektrodonor xossasini namoyon qiladi. Eng ko'p uchraydigan elektrofil reagentlar:
Organik birikmalarning sinflari.
Organik birikmalarning ko'pligi va xilma-xilligi, ularning tuzilishiga qarab sinflarga bo'lib o'rganishni talab etadi. Shuning uchun organik birikmalar uglerod atomlarining molekulada joylashishiga yoki ularning hosil qilgan skeletlariga ko'ra uchta asosiy sinfga bo'linadi.
1. Asiklik birikmalar. Alifatik yoki yog' qatori birikmalari. Bu sinfga uglerod atomlaridan tashkil topgan to'g'ri yoki tarmoqlangan zanjirli birikmalar kiradi:
Asiklik birikmalar to'yingan va to'yinmagan birikmalarga bo'linadi. To'yinmagan birikmalarda uglerod atomlari o'zaro qo'sh va uch bog'lar orqali birikkan bo'ladi:
2. Karbosiklik birikmalar. Bu sinfga uglerod atomlaridan tashkil topgan halqasimon (siklik) birikmalar kiradi va ular o'z navbatida ikkiga bo'linadi:
a) alitsiklik birikmalar:
b) aromatik birikmalar tarkibida C6H6 gruppa — benzol halqasi bo'ladi:
3. Geterosiklik birikmalar. Bu sinfga molekulasida ugleroddan boshqa element (kislorod, azot, oltingugurt va hokazo) atomlari ham bor halqasimon (siklik) birikmalar kiradi:
Yüklə 353,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin