70 | Murakkab efirlar, nomlanishi Murakkab efirlar deb, kislotalarni spirtlar bilan reaksiyaga kirishib suv ajratishi natijasida hosil bo`lgan moddalarga aytiladi.
Nomlanishi. 1) a) kislota nomi + radikal + efir so`zi. b) Radikal + kislota nomi.
71 | Murakkab efirlar izomeriyasi !!! Dars orqali batafsil tushunib, konspekt qilish shart.
72 | Murakkab efirlar olinishi, fizik xossalari, kimyoviy xossalari va ishlatilishi Olinishi: Karbon kislotalarning spirtlar bilan o`zaro ta`siri natijasida murakkab efirlar hosil bo`ladi. Bunda katalizator sifatida konsentrlangan sulfat yoki xlorid kislotadan foydalaniladi.
Kislota va spirtdan murakkab efir hosil bo`lish reaksiyasi “eterifikatsiya” reaksiyasi deyiladi.
Fizik xossalari: Murakkab efirlarning eng oddiy vakillari suvdan yengil, xushbo`y hidli, uchuvchan suyuqliklardir. Quyi kislotalarning metil va etil murakkab efirlarining suyuqlanish va qaynash temperaturalari, karbon kislotalarnikiga nisbatan past bo`ladi.
Kimyoviy xossalari:Murakkab efirlarning eng muhim xossasi ularning gidrolizi, ya`ni suv bilan o`zaro ta`sirlashishidir. Bu jarayon ham kislotali, ham ishqoriy sharoitda sodir bo`ladi. Farqi shundaki, kislotali gidroliz qaytar, ishqoriy gidroliz esa qaytmas jarayondir. Efirlarning gidroliz reaksiyasida tegishli kislota va spirt hosil bo`ladi.
CH3-COOC2H5 + H2O CH3COOH +C2H5OH (kislotali m)
CH3-COOC2H5 + NaOH→ CH3COONa+ C2H5OH (ishqoriy m)
Ishlatilishi.Murakkab efirlar xushbo`y hidga ega bo`lgani uchun oziq-ovqat va atir-upachilik sanoatida ishlatiladi.Yana ular salqin ichimliklar, konfetlar va boshqa ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda qo`shimcha sifatida ishlatiladi. Ularning ayrim vakillari loklar tayyorlashda erituvchi sifatida ishlatiladi.