Oʻrganish boʻyicha savolnoma Ijtimoiy-maʼnaviy muhit


Ilmiy-tadqiqotlar samaradorligi



Yüklə 16,04 Kb.
səhifə2/2
tarix02.06.2023
ölçüsü16,04 Kb.
#123138
1   2
Ilmiy-tadqiqotlar samaradorligi
Professor-oʻqituvchilarning ilmiy salohiyati, ilmiy tadqiqotlarni bajarish va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilishga yaratilgan sharoitlar.
Soʻnggi 2 yilda bajarilgan ilmiy-tadqiqot loyihalari va ularning samaradorligi.
Ilmiy xodimlar va doktorantlarga yaratilgan sharoitlar va mavjud imkoniyatlar.
Belgilangan muddatdan oldin doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan xodimlarni ragʻbatlantirish amaliyotning mavjudligi.
Yosh olimlar va talabalarni ilmiy tadqiqotlarga jalb qilinganligi va natijadorligi.
Professor-oʻqituvchilarning ilmiy nashrlarda (shu jumladan xorijiy ilmiy nashrlarda) materiallar, maqola va monografiyalarni eʼlon qilinganligi.
Xalqaro koʻrsatkichlarga koʻra oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari nashrlariga iqtiboslar keltirilganligi(“Web of Science”, “Scopus” va “Google Scholar” bazalari boʻyicha, soʻnggi 2 yilda).
Davlat grantlari asosida oʻtkazilgan ilmiy-tadqiqotlardan olingan mablagʻlar hajmi (bir nafar professor-oʻqituvchiga toʻgʻri keladigan mablagʻ soʻnggi 2 yilda).


Moddiy-texnika bazani mustahkamalash
Oliy ta'lim muassasasining byudjetdan tashqari mablagʻlarining taʼlim sifatini oshirishga (oʻquv jarayoni uchun sharoitlar yaratishga, jumladan, zamonaviy darslik va oʻquv qoʻllanmalar, zamonaviy kompyuter, dasturiy taʼminot va boshq.) yoʻnaltirilganligi.
Oliy ta'lim muassasasi mablagʻlarining maqsadli ishlatilish holati.
Oʻquv binolarining oʻquv jarayonini sifatli tashkil etishga yetarliligi, ulardan foydalanish samaradorligi.
Turar joyga ehtiyoji mavjud talabalarni turar joylari bilan taʼminlanganligi.


Xalqaro aloqalar va axborot texnologiyalaridan foydalanish
Rahbarlar va xodimlarning xorijiy tajribani oʻrganish holati, chet tillardan va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish darajasi;
Taʼlim, ilm-fan va innovatsiya sohalarida xorijiy aloqalarini tashkil etilganligi, shu jumladan, xorijiy sheriklar bilan oʻzaro hamkorlikning darajasi va koʻlami.
Xalqaro shartnomalar (bitimlar), memorandumlar va dasturlarni imzolanganligi, ularning bajarilish holati va monitoringi.
Xorijiy grantlarni jalb etilganligi.
Rahbarlar va xodimlarning ikki va koʻp tomonlama xalqaro uchrashuv va muzokaralarda ishtirok etish hamda respublika manfaatlariga mos ravishda sohani rivojlantirish yuzasidan tajribalarni amaliyotga (aynan oliy ta'lim muassasasida) joriy etilganligi.
Qoʻshma taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyilganligi (soni va sifati).
Xorijiy davlatlar hamda xalqaro tashkilotlarning xalqaro dasturlari asosida ixtisoslashtirilgan malaka oshirish kurslarini, seminarlarni tashkil etilganligi.
Rahbar va xodimlarning xorijda stajirovka oʻtash va malaka oshirish boʻyicha natijadorligi.
Yetakchi oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalaridan professor-oʻqituvchi va mutaxassislarni jalb etilganligi.
Oliy ta'lim muassasasini xalqaro eʼtirof etilgan reyting tashkilotlari bilan hamkorligi, xalqaro reytinglardagi ishtiroki.
Oliy ta'lim muassasasini xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan talabalar almashinuvi dasturlarida ishtirok etish va ularni tashkil etish holati.
Eslatma!



  1. Har bir rahbarga (prorektor, dekan, dekan oʻrinbosari, boʻlim boshligʻi va boshq.) obyektivka tayyorlanadi.

  2. Har bir rahbarga oʻrganish natijalari boʻyicha obyektiv xulosa beriladi (yozma ravishda, masʼul tomonidan imzolangan holda).

  3. Oʻrganish oʻtkazilgan oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini yaxshilash, ilmiy-innovatsion faoliyat va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqilishini taʼminlash.

Yüklə 16,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin