Organizmlarning oziqlanishi



Yüklə 8,5 Kb.
səhifə2/2
tarix16.12.2023
ölçüsü8,5 Kb.
#182375
1   2
Organizmlarning oziqlanishi-genderi.org

Fosfor. O‘simliklarda nuklein kislotalar va fosfolipidlarning tarkibiy qismiga kiradi. Fosforning asosiy qismi tuproqdagi o‘simliklar va hayvonlar qoldiqlaridan, chirindi va minerallar tarkibidan qabul qilinadi. O‘simliklarga fosfor yetishmaganda bargi to‘q qizg‘ish rangga kiradi, keyin to‘kiladi. O‘simlikning o‘sishi va mevalarning pishishi sekinlashadi, kislorod yutilishi tezligi kamayadi, nafas olish jarayonida qatnashuvchi fermentlar faolligi o‘zgaradi. Shuningdek, oqsillar va nuklein kislotalar biosintezi buzilishiga olib keladi.
Oltingugurt. O‘simliklarda oltingugurt aminokislotalar va oqsillar tarkibiga kiradi. Oltingugurtni o‘simlik tuproqdagi chirindi va minerallar tarkibidan qabul qilinadi. O‘simliklarga oltingugurt yetishmasligining belgilari azot yetishmasligiga o‘xshab ketadi. Barglar avval oqaradi so‘ngra esa sarg‘ayadi, xlorofill yemiriladi, xloroplastlarda sintez buzilib, o‘simlikda o‘sish sekinlashadi.
Kaliy. O‘simliklarda suvning yutilishi va uning transporti, hujayralarining turgor holati va fotosintez jarayoni kaliy ionlariga bog‘liq. Kaliy yetishmaganda to‘qimalarda natriy, kalsiy, magniy, ammiak va fosfat tuzlari to‘planishi ortadi. So‘ngra o‘simlik barglari sarg‘ayadi va quriydi. Kurtaklar nobud bo‘ladi. Barglar avval sariq, keyin to‘q qizil rangga kiradi.
Yashil o‘simliklar fotosintez jarayonida yorug‘lik energiyasidan foydalanib, organik moddalar hosil qiladi. Fotosintez jarayoni uchun suv va karbonat angidrid zarur. O‘simlik suvni ildiz tukchalari, karbonat angidridni esa, barg og‘izchalari orqali qabul qiladi. Natijada dastlab shakar hosil bo‘ladi.
BILILMINGIZNI SINAB KO’RING


Savol


1


2


3


4


5


6


7


8


9


10


Javob


Ball


E’tiboringiz uchun tashakkur
http://genderi.org
Yüklə 8,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin