tomonlama va aksari sut bezining ustki tashqi kvadrantida bo’ladi. Zich, qattiqqina bo’lib o`nnashi bilan ajralib turadi. Mikroskop
bilan tekshirib ko’rilganda bez va terminal
yo’llarining giperplaziyasi, epiteliy bilan mioepiteliyning proliferasiyasi ko’zga tashlanadi. Proliferasiyalanayottan bezlar va yo’llari
bir-biriga zich taqalab turadi (adenoz). o`sma
stromasi bosilib, epiteliy shaklini o’zgartirib yubora oladigan fibroz to’qimadir. Ba'zi hollarda aksari fibroz, gialinlanadigan to’qima
o’sib, asinuslar bilan bez yo’llarini
batamom bosib qo’yadi. Shuning natijasida bez yo’llari solid q tortmalari ko’rinishiga kirib, invaziv skirrga o’xshab turadi.
Sklerozlovchi adenozni rakdan ajratib beruvchi muhim
belgi ikki qavatli epitelial qoplamasi borligi, unda mioepiteliyning ko’p bo’lishidir.
Sklerozlovchi adenoz rak oldi holati emas. Paypaslab ko’rilganida bir muncha zich va qattiq, ayniqsa hayz oldi davrida
og`rimaydigan bo’lishi bilan karsinomadan farq qiladi.
Diagnozni aniqlab olishda mammografiya muhim rolni o’ynaydi.
Mastit
Mastit - bu sut bezi parenximasi va interstisiyasining yallig`lanishidir. har qanday yallig`lanish jarayoni singari tabiatan o’tkir va
Surunkali, spesifik va nospesifik bo’lishi mumkin.
o`tkir mastit 80-85 hollarda emizuvchi ayollarning chillasi davrida paydo bo’lsa (laktasion mastit), bola emizmaydigan va homilador
ayollarda kamroq bo’ladi. Mastit qo’zg`atuvchilari
ko’pchilik hollarda stafilokokklar va streptokokklardir. Lekin ichak tayoqchasi, protey, Ko’k yiring tayoqchasi tufayli boshlangan
mastit hollari ham tasvirlangan. Infeksiyaning kirish
darvozasi aksari sut bezi uchidagi yorihujayralardir. Lekin infeksiya intrakanaliqo’lyar yo’l bilan, gematogen va limfogen yo’l bilan ham
o’tishi mumkin.
Stafilokokk bilan infeksiyalangan hollarda sut bezida yiringli yallig`lanish o’chog`i - bezillab turgan zichlashmalar ko’rinishidagi
abssesslar hosil bo’ladi. Ular yuza joylashgan bo’lsa
paypaslab ko’rilganda flyuktasiya seziladi, ustidagi teri qizarib turadi.
Streptokokk infeksiyasida yiringli yallig`lanish tabiatan tarqoq (flegmona tarzida) bo’ladi. Bundayhollarda sut bezining hammasi
kattalashib bezillab turadi, terisi shishib, yaltiroq,
qizargan tusga kiradi, nekroz o’chohujayralari hosil bo’lishi mumkin. Yallig`lanish jarayoni sut yo’llarining yallig`lanishi bilan cheklanib
qolishi mumkin, bundasutga yiring aralashib chiqadi.
Ba'zan shy sut yo’llari yorilib, atrofidagi to’qima ham yallig`lanib ketadi. yiringli yallig`lanishdan avval ko’pincha seroz yallig`lanish
bo’lib o’tadi, bundasut beziga seroz suyuhujayralik singib,
tomirlar atrofida leykositlar to’planib qoladi. Yallig`lanish jarayonining oxirida reparasiya boshlanib, yiringli yallig`lanish sohasida
chandiq to’qima hosil bo’ladi. Shunday qilib,
yallig`lanish jarayonining tabiatiga qarab o’tkir mastit seroz, yiringli va flegmonoz xillarga bo’linadi. Ba'zi abssesslar bez yo’li bilan
birlashib, yiringi chiqib turishi mumkin.
Bir muncha katta yoshdagi ayollarda uchraydigan nospesifik Surunkali mastitning sababi noma'lum. Sut bezining sili, aktinomikozi
va zaxmi ham Surunkali mastitlar jumlasiga kiradi,
bularda tegishli granulyomalar hosil bo’ladi. Surunkali nospesifik mastit mahalida o’tkazilgan gistologik tekshirishda donador detrit
bilan to’lgan bez yo’llari topiladi. o`sha detritda
bitta yarimta leykositlar, yog` bosgan makrofaglar bo’ladi. Bez yo’llarini qoplab turgan epiteliyda distrofik o’zgarishlar topiladi.
Periduktal stroma limfositlar va plazmositlar
bilan infiltrlangan bo’ladi. Sut yo’llari atrofida fibroz to’qima o’sib ketganligi uchunular kengayib ketadi. Yallig`lanish fokusi yuza
bo’lsa, teri ham jarayonga qo’shilib ketishi mumkin.
Natijada teri va sut bezining uchi cho’zilib ketadi, bu sut bezi rakiga o’xshab turishi mumkin.
Sut bezlari o’smalari
Sut bezlari o’smalari ayniqsa xavfli bo’lib, ko’p uchrab turadigan patologiya jumlasiga kiradi. Bularning xavfsiz xillari asosan
epitelial tuzilishga egadir. Ularga fibroadenoma,
adenoma, bez chiqarish yo’llarining papillomasi kiradi. Sut bezining xavfli o’smalaridan papillyar raklar: intraduktal, infiltrlovchi,
medullyar, musinoz raklar, Pejet kasalligi
ko’proq uchraydi.
Fibroadenoma
Nodoz fibroadenoma 15-35 yashar ayollarda hammadan ko’ra ko’proq uchraydigan xavfsiz o’sma. Atrofdagi to’qimadan
cheklanib turadigan, diametri 2 sm dan 10 sm gacha boradigan, dumaloq
shaklli solitar tugo`n ko’rinishida bo’ladi. Kesib ko’rilganida zich, gomogen to’qima ko’rinishida bo’lib, unda sarg`ish pushti bez
parenximasining qismlari uchraydi, yog` to’qimasi bo’lmaydi.
Mikroskop bilan tekshirib ko’rilganida bundaytugo`n to’qimasida ba'zi joylarida bezning involyutiv yo’llari, bo’lakchalari va
mikrokistalar bo’lgan fibroz to’qima ko’zga tashlanadi.
Paypaslab ko’rilganida bez ayniqsa hayzdan oldingi davrda bezillab turadi.
Papillomalar va papillyar raklar
Sut bezi yo’llarining papillomalari yakka yoki ko’p (bez yo’li papillomatozi) bo’lishi mumkin. Papillomatoz mastopatiyaning kistoz
xiliga harakterlidir. Bundasut bezi uchidan aksari
seroz, goho qo’ng`ir tusli yoki qon aralash suyuhujayralik chiqib turadi. Xavfsiz yakka papilloma 40-50 yashar ayollarda kuzatiladi. U
kistalar yoki bez yo’llari ichida o’sadi, diametri 1 sm dan
ortmaydi, oyoqchasi bo’lishi mumkin. Mikroskop bilan tekshirib ko’rilganida o’rtasi bir yoki ikki qavat kubsimon epiteliy hujayralari
bilan qoplangan yumshoq biriktiruvchi to’qimadan
iborat bo’ladi. Papillomada apokrin metaplaziyasi va gialinizasiyasi o’chohujayralarini ko’rish mumkin. Bez yo’llari va kistalar ichidagi
papillomalar malignizasiyalanganida atipiya zo’rayib
borib, epiteliy anaplaziyaga uchraydi va periduktal to’qima bilan kista atrofidagi to’qimaga o’tgan invaziya belgilari paydo bo’ladi.
Epiteliyda mitozlar ko’zga tashlanadi. Alohida
turgan papillomalarning rak oldi holatiga kirmasligini ta'kidlab o’tish kerak lekin bez yo’li papillomatozi sut bezida rak paydo bo’lish
ehtimolini ancha oshiradi.
Sut bezi raki
Sut bezi raki ko’pgina mamlakatlarda boshqa organlarning xavfli o’smalari orasida birinchi o’rinni egallaydi. Uning paydo
bo’lishida quyidagilar ahamiyatga ega: 1) irsiy moyillik
borligi, 2) reproduktiv davrning uzoq cho’zilganligi (Chunonchi, ayolda hayz sikli erta, klimaks esa kech boshlangan bo’lsa, sut bezi
raki paydo bo’lish xatari ancha ortadi), 3) ayolning tug`ishga
layoqatligi (ko’p tuqqan ayollarda sut bezi raki kam uchraydi), 4) ayolning qaysi yoshida to’ng`ichini tuqqanligi (ayol kishi
to’ng`ichini 30 yoshdan oshgan mahalda tug`adigan bo’lsa rak xavfi
ortadi), 5) semizlik (chunki yog` depolari estrogenlar sintezlay oladi), 6) menopao`zaga ekzogen estrogenlar bilan davo qilish, 7)
epiteliy proliferasiyasi belgilari bilan o’tayotgan kistoz
mastopatiya borligi.
Etiologiyasi va patogenezi hano`z o`ncha aniq emas. Irsiy omillar va gormonal muvozanat buzilishining ahamiyati ko’proq
o’rganilgan. Yaqin qon-qarindoshlarda, shunda ham bir muncha yoshroq
davrda bilateral sut bezi rakining uchrashi irsiy omilning ahamiyati borligidan dalolat beradi. Yaqinda o’tkazilgan tadqiqotlarda
aniqlanishicha r53 o’sma supressor geni irsiy
mutasiyasining oilaviy sut bezi rakida ahamiyatga ega ekanligi kuzatilgan. Endogen estrogenning ko’p bo’lishi o’sma yuzaga
kelishida katta rol o’ynaydi. Ayollari jinsiy hayotni barvaqt
boshlaydigan, ko’p abort qildirmaydigan va to’ng`ichini ancha yoshligida tug`adigan mamlakatlarda bu rakning ancha kam uchrashi
aniqlangan.
hozirgina aytib o’tilgan xatar omillarining ta'sir mexanizmi ham yaxshi o’rganilgan. Ba'zi o’smalarda estrogenlar va progesteron
uchunreseptorlar topiladi. Sut bezi rakining ba'zi
hujayralari har o’sish omillarini ishlab chiqaradiki, bularning hosil bo’lib turishi estrogenlarga bog`liq. Qonda aylanib yuradigan
gormonlar, o’sma hujayralari gormonlarining
reseptorlari va o’sish omillari sekresiyasi o’rtasidagi o’zaro ta'sir o’smaning o’sib borishida ma'lum rolni o’ynaydi, deb taxmin
qilinadi. Mana shy omillar o’smaning avj olib borishida
estrogenlar muvozanatining buzilishi ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi. Sut bezi rakining tabiatan virusga bog`liq ekanligini
1936 yilda Bittner ajoyib sur'atda isbotlab
berdi.
Tashqi muhit omillari ham katta ahamiyatga ega. Chunonchi, ovqatda yog`larning ortiqcha miqdorda bo’lishi xatar omil bo’lib
hisoblanadi, chunki yog` rak paydo bo’lishiga moyillikni
kuchaytiradi. o`rtacha miqdorda alkogol iste'mol qilish o’sma paydo bo’lish xavfini 1,5 baravar oshiradi.
Patologik anatomiyasi. Bu rak aksari chap sut bezini zararlaydi, 4-10 foiz hollarda ikki tomonlama bo’ladi. har xil tarzda joy oladi.
Chunonchi, 50 foiz hollarda bu rak sut bezining tashqi
tomondagi ustki kvadrantida, 20 foiz hollarda markaziy qismida paydo bo’ladi. Goho o’sma sut bezining ustki va pastki, ichki
kvadrantlarida uchraydi. Aksari (90 foiz hollarda) o’sma bez
yo’li epiteliysidan, goho bo’lakchasi epiteliysidan o’sib chiqadi. Paypaslab ko’rilganida diametri 5 sm gacha boradigan tuzilma
yoki qattiqqina tizimcha tarzida qo’lga o`nnaydi.
Gistologik tuzilishi jihatidan sut bezi raki uchta asosiy guruhga bo’linadi: 1) infiltrlanmaydigan raklar, 2) infiltrlovchi raklar va 3) Pejet
kasalligi.
Infiltrlanmaydigan raklar o’z navbatida bez yo’li ichidagi va bo’lakcha rakiga bo’linadi. Bez yo’li ichidagi rak boshqa turdagi
raklarning 2-5 foizini tashkil etadi. U atrofdagi stromaga
invaziyalanmaydi va to’rt xil: solid, husnbo`zarsimon, papillyar va kriloz tarzda o’sishi bilan ta'riflanadi. Odatda, tekshirish paytida
aytib o’tilgan to’rt xil o’sishning birgalikda kelishi
topiladi. Mikroskop bilan tekshirib ko’rilganida ko’pgina bez yo’llarining kistaga o’xshab kengayib ketganligi topiladi, bularning
epiteliysi tarmoqlangan so’rg`ichlar (papillyar rak)
hosil qiladi, ularning orasida ikki va bundan ko’ra ko’proq hujayralar bilan qoplangan chin so’rg`ichlar va bir qavat hujayralar bilan
qoplangan soxta so’rg`ichlar tafovut qilinadi.
Epitelial hujayralar bir qadar polimorf bo’lishi, qutbliligi bo`zilgani va o’rtacha kattalikda bo’lishi bilan ta'riflanadi. Ularning yadrolari
gipoxrom, mitozlar bitta-yarimta
uchraydi. o’sma hujayralari ba'zi joylarda solid yoki kribroz tuzilmalar hosil qiladi. So’rg`ichlarning stromasi nozik bo’ladi yoki
bo’lmaydi.
husnbo`zarsimon rak harakterli ko’rinishda bo’ladi. Sut bezining zararlangan qismidagi to’qima orasida bir talay sarg`ish-qo’lrang
tusli tortmalar ko’zga tashlanadi, bular kengayib
ketgan bez yo’llaridan iborat bo’lib, sitib ko’rilganida ichidan tiqinlarga o’xshash uvoqsimon massalar chiqadi. Mikroskop bilan
tekshirib ko’rilganida bez yo’li ichida paydo bo’lgan solid
proliferatlari topiladi, bularning o’rtasida nekroz boshlanadi. hujayralar ancha polimorf, yadrolari yirik va giperxromdir. Mitozlar ko’p
bo’ladi. bir qancha hollarda epitelial
hujayralar apokrin hujayralarga o’xshab ko’rinadi. Infiltrlanmaydigan bo’lakcha ichi raki (sinonimlari -alveolyar, asinar raq bo’lakcha
in situ raki) aksari 45-50 yashar ayollarda uchraydi.
Multisentrik ravishda o’sib borish bilan farq qiladi. Odatda sut bezining ustki-tashqi kvadrantida paydo bo’ladi. 15-30 foiz hollarda
ikkala tomonda uchraydi. Bu turdagi rakda bez
bo’lakchalari ichidagi sut yo’llari ham jarayonga qo’shilib ketadi (alveolyar pufakchalar, bularning yo’llari kengaygan va g`ovak
joylashgan hujayralar hisobiga bitib ketgan bo’ladi).
Stroma invaziyasiga xos belgilar bo’lmaydi. o`smahujayralari nisbatan monomorf, bir qadar kichikroq, yadrolari o’rtacha darajada
giperxrom, mitozlari kam bo’ladi, ular bo’lakcha
tashqarisidagi yo’llarga ham tarqalishi mumkin.
Iifiltrlanuvchi raklar gistologik tuzilishi jihatidan juda har xil bo’lib, quyidagi turlari tafovut qilinadi: 1) bez yo’lining infiltrlovchi raki, 2)
bez bo’lakchasining
infiltrlovchi raki, 3) shilimshiq raq 4) medullyar raq 5) tubulyar raq 6) apokrin raq 7) papillyar raq 8) adenokistoz raq 9) sekretor
raq 10) metaplaziyali raq
Bez yo’lining infiltrlovchi raki sut bezining eng ko’p (75 foiz hollarda) uchraydigan xavfli o’smasi bo’lib, tuzilishi jihatidan juda har xilligi
bilan ajralib turadi. Diametri 3-4 sm
keladigan toshdek qattiq o’sma (skirroz rak) ko’rinishida bo’ladi. Kesib ko’rilganida nekroz va petrifikasiya o’chohujayralari ko’zga
tashlanadi. o`smazo’rayib borganida terida ichga tortgan
joylar hosil bo’lib, sut bezining uchi cho’zilib turadi. Mikroskopik jihatdan olganda o’sma qattiq bo’ladigan fibroz stromasi borligi
bilan ta'riflanadi, bu stromasida o’sma
hujayralarining uyalari va tortmalari topiladi. shy hujayralar dumaloq yoki tuxumsimon shaklda yadrolari mayda giperxrom,
mitozlari o`ncha ko’p bo`lmaydi. Ular uyasimon, trabeqo’lyar va
bezsimon tuzilmalar hosil qiladi, bez yo’li ichidagi rak o’chohujayralari topilishi mumkin.
Bez bo’lakchasining infiltrlovchi raki o’sma hujayralarining zanjirlar va chizihujayralar ko’rinishida Diffuz tarzda yoki bez yo’llari atrofida
konsentrik tarzda joylashgani bilan
ta'riflanadi.
hujayralari mayda va monomorf. Stromasi yaxshi rivojlangan, fibroz to’qimadan iborat, shuning uchunbu o’sma skirroz ko’rinishda
bo’ladi. o`smaning q elementlari bularning
sitoplazmasida shilimshiq to’planib borishi tufayli o`zuksimon hujayralar shakliga kirib qolishi mumkin. Bez bo’lakchasi infiltrlovchi
rakining tubulyar va solid xillari ham
tasvirlangan.
Shilimshiq rak (sinonimlari - kolloid, jelatinoz, musinoz, o`zuksimon hujayrali rak) hujayralaridan tashqarida va hujay- ralar ichida
bir talay shilimshiq bo’lishi bilan ta'riflanadi.
Bundayo’sma aniq chegaralanib turadigan qo’lrang tusli tugo`n shaklida bo’ladi. Konsistensiyasi yumshoq, jelatinasimon.
Mikroskop bilan tekshirib ko’rilganida bu rakning uch xil turi
tafovut qilinadi. Birinchisi, shilimshiqda joylashgan alohida hujayralar yoki uyalar borligi bilan ta'riflanadi. Ba'zi hujayralarning
sitoplazmasi vakuollashgan bo’ladi, bu - ularda
shilimshiq borligidan darak beradi. o`smaning ikkinchi xili hujayralarining bezsimon tuzilmalar hosil qilganligi bilan ajralib turadi,
shy tuzilmalarning chiqarish yo’llarida musin
topiladi. o`smahujayralari vakuollashgan bo’lishi ham mumkin. o’smaning uchinchi xili ichida bir talay shilimshiq bo’ladigan,
tabaqalashmagan va tartibsiz joylashgan hujayralardan iborat
bo’ladi. Mikroskop bilan tekshirib ko’rilganida shilimshiq to’plamlari orasida sitoplazmasida shilimshiq tomchilari bo’lgan solid yoki
bezsimon monomorf hujayralar komplekslari
topiladi.
Medullyar rak 5 foiz hollarda uchraydi. Paypaslab ko’rilganida yumshoq bo’ladi, flyuktuasiyalanadi. Diametri 10 smga boradi.
Kesib ko’rilganida do’mpayib chiqib turadi, atrofdagi
to’qimalardan aniq chegaralanib turadi. Kam tabaqalashgan, pufakchasimon yadrosi bo’ladigan yirik hujayralardan tuzilgan
sitoplazmasining chegara- lari aniq emas. hujayralar yo’llar
yoki anastomoz hosil qiluvchi tortmalar ko’rinishida joylashgan bo’lib, mitotik faolligi juda yuksaq o`smastromasi kam rivojlangan
va leykositlar bilan Diffuz ravishda
infiltrlangan.
Tubulyar rak yuksak darajada tabaqalashgan infiltrlanadigan rak bo’lib, tubulyar tuzilmalar hosil qiluvchi monomorf hujayralardan
tuzilgan. Bu tuzilmalarda o’sma hujayralari bir
qator bo’lib joylashadi. Fibroz stroma yaxshi ifodalangan. Bu o’sma adenokarsinomadir, oqibati xayrli.
Apokrin rak sitoplazmasi eozinofil va juda mo’l bo’ladigan hujayralardan iborat. Tuzilishiga ko’ra metaplastik apokrin q
elementlariga o’xshab ketadi. Bundayo’sma adabiyotda
onkositar rak deb ham yuritiladi.
Rakning anaplaziyaga uchragan xillari ham tasvirlangan: diffo`z, yirik hujayrali, duksimon hujayrali, polimorf hujayrali, ulkan
hujayrali raklar shular jumlasidandir.
Klinika nuqtai nazaridan "yallig`lanishga aloqador rak" ham tafovut qilinadi, lekin u sut bezlari rakining mustaqil gistologik tipi
bo’lib hisoblanmaydi. Sut bezi raki shish kelishi,
giperemiya, og`riq bo’lishi, bilan o’tayotgan va kasallangan sut bezi tez kattalashib borayotgan mahallarda ana shy atama
ishlatiladi, bundaypaytlarda o’sma dermaning limfa tomirlariga
ancha o’tgan bo’ladi.
Pejet kasalligi - sut bezi rakining alohida xili bo’lib, sut bezi uchi terisining xuddi gushga o’xshab yara bo’lib ketishi va sut bezida
o’sma paydo bo’lishi harakterlidir. Bez uchining terisi
qizarib, shishib chiqadi. Bu kasallik 50-60 yashar ayollarda uchraydi va ahyon-ahyonda erkaklarda ham kuzatiladi. Bu rakning
qo’ltig`osti limfa tugo`nlariga metastazlar bergani ham
tasvirlangan. Pejet kasalligi mahalida bez yo’li ichida hamisha rak bo’ladi. Mikroskop bilan tekshirib ko’rilganida ko’krak uchi
epidermisining malpigiy qatlamida harakterli Pejet
hujayralari topiladi. Ular o’zi katta, yadrolari giperxrom bo’lishi va och tusli jiyagi borligi bilan ajralib turadi, bu
mukopolisaharidlarning q ichiga to’planishidan dalolat
beradi. Pejet hujayralarida odatda shilimshiq, ahyon-ahyonda melanin donalari bo’ladi, ular bir-biridan alohida-alohida bo’lib
turadi yoki dermaga o’sib kirmagan bo’ladi. Pejet
hujayralari sut bezining chiqarish yo’llarida va teri o`numlarida ham topilishi mumkin.
Klinik manzarasi. Sut bezi o’smalari endigina boshlanib kelayotganida paypaslab ko’rilganida dastlab diametri 4 sm gacha
boradigan, og`rimaydigan, qo’zg`aluvchan tuzilma tariqasida
qo’lga o`nnaydi. o`smatez orada ko’krak musqo’li va chuqur fassiya tomoniga qarab o’sib boradi. Teri tomoniga o’sib borar ekan,
sut bezi terisi va bez uchining ichkariga tortilib qolishiga
olib keladi. Bundajarayon limfa tugo`nlariga ham o’tib, shish paydo bo’ladi. Sut bezi raki limfogen va gematogen yo’l bilan
metastazlar beradi. Bezning tashqi kvadrantidagi o’smalar
dastlab qo’ltig`osti limfa tugo`nlariga metastazlar beradi. o`smaichki kvadrantlarda bo’lsa, sut bezi ichki arteriyasi bo’ylab
joylashgan limfa tugo`nlarida, shuningdek o’mrov usti limfa
tugo`nlarida metastazlar beradi. o`smagematogen yo’l bilan tarqalganida metastazlari ko’pincha o’pka, skelet suyaklari, jigar,
buyrak usti bezlarida topiladi. Goho ular bosh miyada,
taloqda, qalqonsimon bezda bo’ladi.
Sut bezi rakining metastazlari o’smaga davo qilinganidan so’ng 15 yildan keyin ham paydo bo’la olishini yodda to`tish kerak
Erkaklar ko’krak bezlarining kasalliklari
Erkaklar ko’krak bezlarida (rudimental sut bezlarida) patologik jarayonlar kamdan-kam uchraydi. Ular asosan ginekomastiya va
rakdan iborat bo’ladi.
Ginekomastiya. Erkaklar ko’krak bezlariga gormonlar ayollardagiga qaraganda kamroq ta'sir o’tkazadi. Biroq, estrogenlar
miqdori ko’payib qolgan mahallarda bu bezlar kattalashib
ketishi mumkin, ginekomastiya deb shunga aytiladi. Ginekomastiya kistoz xildagi mastopatiyaning analogidir. Erkaklarda yuz
beradigan giperestro- genemiya hodisasiga ko’pincha jigar
sirrozi sabab bo’ladi. Bundajigarda estrogenlar metabolizmi izdan chiqadi. Lekin estrogen ishlab chiqaruvchi o’smalar paydo
bo’lgan mahallarda, odam ekzogen estrogen va digitalis
bilan davolangan paytlarda ham giperest- rogenemiya boshlanishi mumkin. Fiziologik ginekomastiya odatda o’smirlik va
keksalik davrida boshlanishi mumkin. Ginekomastiya mahalida ro’y
beradigan morfologik o’zgarishlar bez chiqarish yo’llari ichida boshlangan giperplaziyaga o’xshab ketadi. Bu patologiya aksari
ikkala bezda boshlanadi.
Ko’krak bezi raki erkaklarda ayollardagiga qaraganda ancha kam uchraydi. Tez o’sib borib, badan terisi va ko’krak bo’shlig`i
devoriga o’tadi (infiltrlanadi). Tuzilishi va biologik xossalari
jihatidan ayollar sut bezining invaziv skirriga o’xshab ketadi. Regionar limfa tugo`nlari va boshqa organlarga gematogen yo’l bilan
metastazlar beradi.
ENDOKRIN BEZLAR KASALLIKLARI
GIPOFIZ
Gipofiz giperfunksiyasi
Gipofiz adenomalari
Gigantizm
Akromegaliya
Gipofizar Qo`shing kasalligi
Gipofiz gipofunksiyasi
Funksiyasiz adenoma
Shixen sindromi
Puch turk egari sindromi
Gipofiz orqa bo’lagi sindromi
QALQONSIMON BEZ
Bo’qoq (struma)
Gipertireoz
Bazedov kasalligi
Gipotireoz
Kretinizm
Miksedema
Tireoiditlar
Xashimoto tireoiditi
Yarim o’tkir granulyomatoz tireoidit
Surunkali tireoidit
Qalqonsimon bez o’smalari
Adenoma
Rak
PARATIREOID BEZLAR
Gipoparatireoz
Giperparatireoz
Birlamchi giperparatireoz
Adenoma
Paratireoid bezlarning birlamchi giperplaziyasi
Paratireoid bezlar raki
Paratireoid osteodistrofiya
BUYRAK USTI BEZLARI
Buyrak usti bezlari giperfunksiyasi
Qo`shing sindromi
Giperaldosteronizm
Adrenogenital sindrom
Buyrak usti bezlari gipofunksiyasi
Addison kasalligi
Buyrak usti bezlarining o’tkir yetishmovchiligi
Buyrak usti bezlari o’smalari
Buyrak usti bezlari po’stlog`ining o’smalari
Buyrak usti bezlari miya qavatining o’smalari
TIMUS
ENDOKRIN SISTEMA TARQOQ o`smaLARINING SINDROMI
QANDLI DIABET
Ichki sekresiya bezlari yoki endokrin bezlar deb, chiqarish yo’llari bo’lmagan bez organlarga aytiladi, shu munosabat bilan ularning ishlab chiqaradiga gormonlari to’g`ridan-to’g`ri qonga o’tib turadi. Bularga epifiz, gipofiz, qalqonsimon bez, qalqonsimon bez yonidagi bezlar (paratireoid bezlar), buyrak usti bezlari, jinsiy bezlar, shuningdek boshqa funksiyalarni ham ado etib boradigan ancha murakkab organlarning maxsus to’qimalari ham kiradi. Masalan, me'da osti bezining Langergans orolchalari, tuxumdonlarning tuxum hujayralari, moyaklarning
leydig hujayralari ham gormonlar ishlab chiqarib turadi. Ba'zi bezlar va to’qimalarning polipeptid yoki oqsil tabiatiga ega bo’lgan gormonlarni ishlab chiqaradigan va neyroektodermadan yuzaga keladigan endokrin hujayralarini birlashtiruvchi ARUD-sistema ham bor. Langergans orolchalarining glyukagon ishlab chiqaruvchi alfa-hujayralari, insulin ishlab chiqaruvchi beta-hujayralari, qalqonsimon bezning kalsitonin ishlab chiqaruvchi parafolliqo’lyar hujayralari shular jumlasidandir. To’qima gormonlari ishlab chiqaradigan bir qancha hujayralar: me'daning alfa-hujayralari (enteroglyukogon), me'da delta-hujayralari (gastrin), o’n ikki barmohujayrali ichakning
S-hujayralari (sekretin) ham shu sistemaga kiradi.Endokrin bezlar, yuqorida aytilganidek gormonlar sintez qiladi, bu gormonlar qonga to`shib turadigan kimyoviy birikmalar bo’lib, o’ziga xos ta'sir ko’rsatib boradi. Ayni vaqtda
gormonlarning ba'zilari qon bilan birga borib, olisdagi organlarga ta'sir ko’rsatsa (sistemaga oid gormonlar), boshqalari o’zi qayerda paydo bo’lsa, o’sha joyda ta'sir ko’rsatadi (lokal, ya'ni mahalliy gormonlar).Gormonlarga uchta asosiy xususiyat xosdir: 1) ta'siri ma'lum maqsadga qaratilgan bo’ladi: gormonlar bir qadar cheklangan sondagi to’qimalarga (mazkur gormonning "maqsadidagi to’qimalarga") ta'sir ko’rsatadi; 2) ta'siri faqat o’ziga xos, ya'ni spesifik bo’ladi: "bir gormon - maqsaddagi bitta to’qima - bir xildagi ta'sir"; 3) ta'siri zo’r, ya'ni tipik javob Dostları ilə paylaş: |