Organzizmning mutagen ta'siriga chidamliligi. Tomas Morganning xromasonma nazariyasi. Jins genetikasi Reja:
Irsiyatning xromosoma nazariyasi
Organzizmning mutagen ta'siriga chidamliligi.
Xromasonma nazariyasi
Foydalanilgan adabiyotlar.
Irsiyatning xromosoma nazariyasi — irsiy omillarning xujayra xromosomalarida joylashishi haqidagi taʼlimot. Bu taʼlimotga koʻra, organizm belgi va xususiyatlarining nasldan naslga oʻtishi xromosomalar bilan bogʻliq. I. x. n. ni dastlab nemis sitolog olimi T. Boveri (1902—07) va amerikalik olim U. Setton (1902—03) asoslab bergan. Keyinchalik 20-asr boshlarida bu nazariya amerikalik genetik T. X. Morgan va uning xodimlari tomonidan batafsil ishlab chiqilgan. Hayvonlar jinsini aniqlashning genetik mexanizmini oʻrganish orqali jinsning jinsiy xromosomalarning naslda taqsimlanishi bilan bogʻliqligining aniqlanishi I. x. n. ni isbotladi. Amerika genetigi K. Brijes (1913) tomonidan urgʻochi drofozilada meyoz jarayonida xromosomalarning ajralib ketmasligining kashf etilishi va jinsiy xromosomalar taqsimlanishining buzilishi birikkan irsiy belgilarning oʻzgarishi bilan bogʻliqligining aniqlanishi I. x. n. ni uzil-kesil tasdikladi.
I. x. n. rivojlana borishi tufayli bitta xromosomada joylashgan genlar bitta birikish guruhini hosil qilishi va birgalikda irsiylanishi; birikish guruxlari soni har qaysi tur uchun doimiy boʻlib, xromosomalarning gaploid soniga teng boʻlishi; genlarning birikishi bilan bogʻliqbelgilar ham birgalikda irsiylanishi aniqlandi. Mitoz jarayonida xromosomalarning chalkashuvi (krossingo-ver) genetik materialning xromosomalar oʻrtasida qayta taqsimlani-shiga (qarang Rekombinatsiya), binobarin belgilarning birikkan holda irsiylanishining buzilishiga olib kelishi mumkin. T. Morgan va b. genetik olimlarning drozofilada genlarning birikishi va krossingoverni bataf-sil oʻrganishi xromosomalarning genetik haritasini tuzib chikish uchun asos boʻldi. Keyinchalik genlarning murakkab tuzilganligi va belgilarning irsiylanishida nuklein kislotalarttt ahamiyati ochib beriladi.
Genlar joylashishi effekti (genlarning namoyon boʻlishi ularning xromosomalarda joylashishiga boglikligi)ning kashf etilishi genetik material diskretli va izchilligining umumiyligi toʻgʻrisidagi genetikaning eng muhim prinsiplaridan birining shakllanishiga imkon beradi.
Mutagenez (mutatsiya va ... genez) — fizik, kimyoviy mutagenlar taʼsirida sunʼiy mutatsiya olish. [[Mutatsiya keltirib chiqaradigan omillarni mutagenlar deyiladi. Mutagenlar muta-siyalarni tezlashtiradi (qarang [[Mutatsiya). Mutagen omillar fizik (ionlovchi nurlar, rentgen nurlari, protonlar, neytronlar, ultrabinafsha nurlar, yuqori va past harorat), kimyoviy (pe-stitsidlar, gerbitsidlar), biologik (parazit organizmlarning hayot mahsulotlari, toksinlar) boʻlishi mumkin. M.dan seleksiyada qayvon, oʻsimlik va mikroorganizmlarning yangi zot, nav va shtammlarini, foydalaniladigan mutantlarni olishda foydalaniladi (yana q. Mutant, Mutagenlar)
MUTOJENLERE TURLARI
ularning kelib chiqishi qarab jismoniy, kimyoviy va biologik mutojenlere ajratiladi. Har qanday mutagen omillar bu uch asosiy guruhga biriga bog'liq bo'lishi mumkin.
Ta'sir dushman Uyali agentlari bir DNK molekulasi bevosita yo'naltirilgan bo'lishi mumkin, va keyin genetik material asl tuzilishini yo'qotadi. Ba'zi mutajenlerin hujayra bo'linish jarayoni bilan aralashish, va natijada genetik material to'g'ri taqsimlanadi. o'zlari mutojenlere bog'liq bo'lishi mumkin emas moddalar, ammo, bor. Lekin ayrim fermentlar kimyoviy moddalar ta'sir haqiqiy mutagen omil bo'lib qaytadi. a mutagen "salohiyatga" ega bo'lgan, bu moddalar, promutagens ataladi.
Etnologiyada evolyusionizm asoschilari orasida amerikalik olim Lyus Genri Morganning (1818-1881yy) ulkan xizmatlari bor.
Morgan havaskor olim va intuzist-tadqiqotchi bo‘lgan. U o‘zining qariyb 40 yillik faoliyatini dastlab AQShdagi hindu qabilasi-irokezlarni, so‘ngra boshqa Amerika hindularini va o‘zga yurtlardagi xalqlarni o‘rganishga bag‘ishlagan. Morganning barcha qarashlarini va turfa xil g‘oyalarini to‘liq hamda atroflicha tavsiflash ancha mushkul. Uning etnik muammolarga oid asosiy qarashlari «Qadimgi jamiyat» (1877) nomli yirik asarida mujassamlashgan. Mazkur asarda Morgan etnologiyaning asosiy uch muhim muammosini ya’ni insoniyat tarixida urug‘chilik jamiyatining o‘rni va ahamiyati, oilaviy-nikoh munosabatlarini shakllanish tarixi hamda insoniyat tarixini davrlashtirish muammosini batafsil tahlil qilgan.
U o‘zining «Qadimgi jamiyat» kitobida irokezlarning o‘ziga xos jamoaviy tuzumini rekonstruksiya qilish asnosida ibtidoiy jamoa tuzumi asosan urug‘chilik bo‘lgan, degan xulosaga keladi. Morganning fikricha, insoniyat tarixini ikkita katta davrga bo‘lish mumkin. Birinchisi, bu qabila va urug‘larga asoslangan ilk-ijtimoiy jamoalar davri; ikkinchisi, hududiy va mulkchilik asosidagi so‘nggi-siyosiy uyushmalar davri hisoblanadi. Morganning qarashlariga ko‘ra, urug‘chilik Osiyodagi, Yevropadagi, Afrikadagi va Avstraliyadagi qadimgi jamiyatlar uchun deyarli bir xil kechgan.
Xalqlarning urug‘chilik jamoalarini tadqiq qilishda Morgan evolyusion-tarixiylik prinsipini asos qilib olgan. U urug‘chilikning qoldiqlarini Avstraliya qabilalari turmush-tarzidan izlaydi. Urug‘chilikning rivojlangan shakllarini jamoa taraqqiyotining yuqori pillapoyalaridan, ya’ni irrokezlar orasidan izlagan. Urug‘chilikning yakuniy shakli (patriarxat)ni u antik davrdagi greklar va yunonlarga xos deb hisoblaydi. Ushbu vaziyatda uning ona urug‘ini ota urug‘iga aylanishi mulkiy munosabatlarni o‘rnatilishi va uning meros tarzda o‘tkazilishi to‘g‘risidagi g‘oyasi etnologiya uchun muhim va qimmatli hisoblanadi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, evolyusionistik maktab jamiyatning progressiv rivojlanish g‘oyalari asosida insoniyatning rivojlanishi va uning madaniyati to‘g‘risidagi dastlabki tizimli konsepsiyani ilgari surgan.
Tomas Morganni ovlaydi (1866-1945) genlarni o'rganishga ixtisoslashgan amerikalik olim. 1866 yil sentyabrda tug'ilgan, uning eng katta hissasi Satton va Boveri tomonidan ishlab chiqilgan genlarning xromosoma nazariyasining to'g'riligini namoyish qilish edi. Uning ishi jinsiy xromosomalar, shuningdek, "jinsiy aloqada bo'lgan meros" deb nomlanganligini isbotladi.
Ushbu nazariyani tasdiqlash uchun genetika mutaxassisi mevali chivin bilan bir necha tajribalar o'tkazdi (Drosophila melanogaster). Uning asosiy maqsadi Gregor Mendelning nazariyalari haqiqat ekanligini va ularni hayvonlarga tatbiq etishini bilish edi. Bolaligi va yoshligi og'ir bo'lgan Morgan ilm-fanga, ayniqsa tabiiy tarixga erta qiziqish ko'rsatgan. Kasbiy faoliyati davomida u Darvin nazariyasidan boshlab embrionlarning shakllanishigacha bo'lgan davrning eng qizg'in ilmiy munozaralarida qatnashgan. Morgan nafaqaga chiqqanida ham turli mavzularda izlanishlar olib borishda davom etdi. U vafot etganidan so'ng, Amerika Genetika Jamiyati uning sharafiga har yili ushbu mavzu bo'yicha eng muhim tadqiqotlarni - Tomas Xant Morgan medalini mukofotlash uchun mukofot ta'sis etdi.
Hujayradagi genlar qayerda joylashgan? Koʻpincha genlar xromosomalarda joylashadi degan umumiy xulosani eshitgan boʻlsangiz kerak. Shu bilan birga, zamonaviy genetika orasida tasdiqlanganidek: genlar DNKning bir qismi boʻlib, oqsil sinteziga javobgardir.
Lekin hammasi ham Khan Academyʼda koʻrganingizdek emas! Gregor Mendel 1843-yilda irsiyatni oʻrganishni boshlagan davrda xromosomalar hali mikroskop ostida kashf qilinmagan edi. 1880-yillarning oxiridagina yaxshiroq mikroskop va usullar yordamida olimlar hujayra tuzilmalarini boʻyoqlar yordamida boʻyab oʻrganishni va hujayra boʻlinishi davomida hujayra tuzilmalari qanday holatda boʻlishini oʻrganishni boshlashdi.
Natijada bir qancha olimlar Mendelning uzoq vaqt tan olinmagan ishlarini oʻrganishni va xromosoma holatiga koʻra uning modelini qayta tiklashni boshlashdi. 20-asr boshlarida biologiya hamjamiyati birinchi marta xromosoma, meyoz va genlarning irsiylanishi oʻrtasidagi bogʻlanishni ochib berdi.
Irsiyatning xromosoma nazariyasi
Genlar xromosomada joylashganligini kimlar aniqladi? Uolter Satton va Teodor Boveri buni tushunib yetishga muvaffaq boʻlishdi. Amerikalik Satton xromosoma va meyozni chigirtkalarda oʻrgandi. Germaniyalik Boveri esa xuddi shu narsalarni dengiz tipratikanlarida oʻrgandi.
1902- va 1903-yillarda Satton va Boveri bir-biridan mustaqil ravishda hozir biz bilgan oʻsha irsiyatning xromosoma nazariyasi haqidagi maqolani chop etishdi. Ushbu nazariyaga koʻra, xromosomalarning muayyan qismlarida joylashgan genlar va xromosomalarning meyoz davomidagi holati, nima uchun genlar Mendel qonuniga muvofiq irsiylanishini tushuntirib bera oladi.
Irsiyatning xromosoma nazariyasini qoʻllab-quvvatlovchi kuzatishlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi.
Xromosomalar, Mendelning genlari kabi organizmda juftlashgan (gomologik) holatda boʻladi. Xromosoma yoki genlar juftligining biri onadan, ikkinchisi esa otadan oʻtadi. [Diagrammaga qarang]
Gomologik juftlik meyoz jarayonida bir-biridan ajraladi, shuning uchun har bir spermatozoid yoki tuxum hujayra ulardan biriga ega boʻladi. Bu jarayon Mendelning belgilarning ajralish qonunidagi allellarning gametalarga taqsimlanishini koʻrsatib beradi. [Diagrammaga qarang]
Mendelning belgilarning mustaqil irsiylanish qonunidagi turli gen allellari kabi, turli xromosoma juftlari meyoz davomida bir-biridan mustaqil holda gametalarga taqsimlanadi. [Diagrammaga qarang]
Belgilarning xromosomalarga bogʻliqligi bevosita dalillar bilan isbotlanishidan oldin irsiyatning xromosoma nazariyasi qabul qilinib, munozaraga sabab boʻlgandi. Yakunida esa meva pashshalari genetikasini oʻrgangan Tomas Hant Morgan va shogirdlarining ishlari tufayli bu nazariya tasdiqlandi.
T.H. Morgan: meva pashshalari bilan oʻyin
Morgan oʻzining genetik izlanishlari uchun meva pashshasi (Drozofilla Melanogaster)ni tanladi. Meva pashshalarining oʻziga xos ustunliklari boʻlmasa-da (hasharotlar boʻyicha didingizga bogʻliq holda), amaliyotda ular ancha qulaylik tugʻdiradi: ular arzon, qulay hamda tez oʻsadi. Siz minglab pashshalarni kichik idishdagi shakar eritmasi yordamida oʻstirishingiz mumkin va genetik olimlar hozir ham ulardan foydalanadi.
Morganning muhim, xromosoma nazariyasini tasdiqlovchi tajribalari u pashsha koʻziga taʼsir etuvchi genlardagi mutatsiyani aniqlagandan soʻng boshlandi. Bu mutatsiya normal qizil koʻz rangiga taʼsir qilib, uning oq rangda boʻlishiga sabab boʻladi. Kutilmaganda Morgan koʻz rangini ifodalovchi genlar erkak va urgʻochi organizmlarda turlicha irsiylanishini aniqladi. Erkak pashshalar X va Y xromosomaga (XY) ega boʻlsa, urgʻochilarida ikkita X xromosoma boʻladi (XX). Koʻz rangi X xromosomaga birikkan holda irsiylanishini tasavvur qilish uchun Morganga koʻp vaqt kerak boʻlmadi.
Xromosoma nazariyasiga tanqid bilan qaragan Morganni bu judayam ajablantirdi.
“Jinsga birikkan” holda irsiylanish
Nima sababdan Morgan koʻz rangini ifodalovchi gen X xromosomada joylashgan deb oʻyladi? Keling, uning maʼlumotlariga koʻz yugurtiraylik. Dastlab oq koʻzli erkak pashsha normal qizil koʻzli urgʻochi pashsha bilan chatishtirilganda, hosil boʻlgan edi. Bu esa Morganga koʻzning oq boʻlishi retsessiv belgi degan xulosaga kelish imkonini berdi. Mana shu yergacha barchasi yaxshi va kutilmagan hech narsa sodir boʻlmagan edi.