Oriental Art and Culture



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix05.04.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#93457
1   2   3   4
ahmad-yassaviy-ustozi-arslon-bob-va-yassaviylikda-devoni-hikmat-ning-o-rni

Yetti yoshda Arslon bobni izlab topdim,
Har sir ko‘rib parda birla bukib yopdi. 
“Bob” 
arabchada 
“eshik” 
ma’nosini 
ifodalaydi, turk tilida esa islom dinini targ‘ib 
qilishda fidoiylik ko‘rsatganlarga nisbatan 
qo‘llanilgan. Arslon Bobning hayoti haqida 
Fahriddin Ali Safining “Resehat-i Aynu’l-
hayat”, Hazini’ning “Camiu’l-mursidin”, Hasan 
Xoja Nisoriyning “Muzekkir-i Ahbab”, Alim 
Seyh Azizan’nıng ‘‘Lemehat min nefehati’l-
kuds”, 
Muhammad 
Sharif 
Buxoriyning 
“Huccetu’z-zakirin”, Shayx Zinda Alining 
“Semeratu’lmesayıh”, 
G‘ulom 
Sarvar 
Lohuriyning “Hazinetu’l-asfiya”, Kamoliddin 
Haririzadaning “Tibyanu vesaili’l- hakāyık”, 
Huseyin 
Vassaf’ning 
“Sefine-i 
Evliya” 
asarlarida batafsil bayon etilgan. Mazkur 
asarlarda Arslon Bobni mashhur so‘fiylardan 
ekanligi aytiladi. Hatto “Sefinetu’l evliya” asari 
muallifi Dara Sukuh bu zotga “Azim-i mesayıh-ı 
Turk” (Turk shayxlarining buyuklaridan) deya 
ta’rif beradi.
Hasan Xoja Nisoriyning “Muzekkir-i Ahbab” 
tazkirasida Arslon Bobning to‘rt yuz yil umr 
ko‘rganligi va Xoja Ahmad Yassaviyga atalgan 
xurmoni tishining kovagida saqlaganligi haqida 
quyidagi 
rivoyat 
keltiriladi: 
“Hazrati 
payg‘ambar sardorligidagi bir urush chog‘ida 
ashobi ikrom ul zotning yonlariga kelib, och 
qolganliklarini aytishibdi. Payg‘ambarning 
duolari tufayli Jabroili amin jannatdan bir lagan 
xurmo olib kelibdi. Shunda xurmolardan bir 
donasi yerga tushibdi. Jabroil bu xurmo sizning 
ummatlaringizdan Ahmad Yassaviy otlig‘ bir 
buyukning nasibasidur”, debdi. Har omonatni 
o‘z sohibiga yetkazishga qat’iy amal etuvchi 
Hazrati payg‘ambar ashoblaridan kimdir bu 
vazifani zimmasiga olishini taklif qilibdilar. 
Ammo ularning hech biridan sado chiqmagach, 
Arslon Bob bu ishni o‘z zimmasiga olibdi. 
Payg‘ambar Muhammad (s.a.v) xurmo donasini 
Arslon Bobning og‘ziga irg‘itgani zamon bir 
parda 
zohir 
bo‘libdi. 
Shunda 
Hazrati 
payg‘ambar unga Ahmad Yassaviy qanday kishi 
bo‘lishini ta’riflab, uning tarbiyasi bilan 
mashg‘ul bo‘lishini amr aylabdi”.
Muso Sayramning “Tarih-i Emniyye” asarida 
Arslon Bobning nasabi bayon etiladi. Unga 
ko‘ra, Ali bin Abu Talibdan boshlanib, 
Kamoliddin Bob, Imom Muhammad Hanafi, 
Abdulfattoh 
Bob, 
Abduljabbor 
Bob, 
Abdurahmon Bob, Ishak Bob, Ismoil Bob, Umar 
Bob, Usmon Bob, Iftihor Bob, Mahmud Bob
Ilyos Bob va Aliyyo‘l Murtazogacha davom 
etgan. Ba’zi manbalarda Ilyos Bob Ahmad 
Yassaviyning katta bobosi bo‘lib, Kamoliddin 
Bobning ajdodi bo‘lmish Arslon Bob ibn Ilyos 
Bob Ahmad Yassaviyning otasi Shayx Ibrohim-
ning amakisi ekanligi qayd etilgan. Arslon 
Bobning o‘g‘li, ya’ni Ahmad Yassaviyning ilk 
xalifasi Mansur Ota va uning avlodlari 
Abdumalik Xoja, Toj Xoja, Zangi Ota kabi 
so‘fiylar ularning diniy-irfoniy qarashlarini 
davom ettirgan.
Ilk tahsilni otasi Ibrohim shayxdan, so‘ngra 
Hazrati Hizirning suhbatlarida qalb ko‘zi 
ochilgan Ahmad, nihoyat Arslon Bob tarbiyasini 
oladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Ahmad Yassaviy 
Yassida botiniy ilmlarni mukammal o‘rgangan. 
Arslon Bob esa Ahmad Yassaviyga diniy va 
Qur’oni Karimdan saboq berib, botiniy va 
zohiriy sirlarni o‘rgatgan.
Tolibman deb yururlar, ko‘ngilda yo‘q zarra 
nur, 
Chin tolibni so‘rasang, ich-u tashi guhardur, 
Haqqa aynan sirlari, tabmishlari safa nur, 
Arslon 
bobom 
so‘zlarini 
eshitsangiz, 
tabarruk. 
Arslon Bob vafotidan so‘ng 23 yoshli Ahmad 
islomiy ilmlar markazi Buxoroga, mashhur 
mutasavvuf olim va so‘fiy Shayx Yusuf 
Hamadoniy huzuriga keladi. Arslon Bob 
vafotidan ilgariroq shogirdiga Movarounnahr-
ning yirik ilm markazi bo‘lgan Buxoroga 
139


“Oriental Art and Culture” 
Scientific-Methodical Journal – (2) I/2020
ISSN 2181-063X
 
 
http://oac.dsmi-qf.uz
 
borishga ko‘rsatma bergan edi. Ahmad Yassaviy 
qisqa vaqt ichida shayxning e’tiborini qozonib, 
Hamadoniyning oddiy murididan ma‘naviy 
farzandi bo‘lish sharafiga erishadi. Aytish 
joizki, Xoja Yusuf Hamadoniyning muridzoda-
lari ko‘p bo‘lgan, lekin ularning ichida eng 
suyuklilari Abdulloh Barqiy, Xoja Xasan 
Andoqiy va Abduxoliq G‘ijduvoniylar edi. 
Ahmad Yassaviy esa ular bilan hamsuhbat va 
hammaslak bo‘ladi. Yuqorida nomlari zikr 
qilingan shogird-muridlar ustozlari qarshisida 
shu darajada yuqori martabaga erishadilarki 
“Men vafot etganimdan so‘ng jasadimni 
Abdulloh 
Barqiy 
yuvsin, 
Abduxoliq 
G‘ijduvoniy suyasin, go‘rimni Andoqiy qazisin, 
Ahmad Yassaviy go‘rimda “An-nazoat”ni o‘qib 
tursin”, – deb, vasiyat qilgan ekan. 
Ahmad Yassaviy Buxoroda ekanligida arab 
tili bilan birgalikda fors tilini ham chuqur 
o‘zlashtiradi. Bu orqali Ahmad Yassaviy forsiy 
tilda yaratilgan tasavvufiy adabiyot bilan 
yaqindan tanishish imkoniga erishib, o‘zining 
diniy va tasavvufiy ilmini yanada boyitishga 
muvaffaq bo‘ladi. 
Ahmad Yassaviy bilimlarini boyitib, yirik 
diniy shaxsga aylangach, o‘z yurtiga – Yassiga 
qaytadi. Yassida u yangi tariqatga asos soladi va 
yirik murshid sifatida shuhrat qozonadi. Bu 
holatga “G‘azal mulkining sultoni” (XX asrning 
taniqli shoirlaridan biri bo’lgan Maqsud 
Shayxzoda (1908 – 1967) o’z ijodida Alisher 
Navoiyga ana shunday ta’rif bergan.)Alisher 
Navoiy “Maqomoti oliy va mashhur, karomoti 
matavoliy va nomahsur ermish. Murid va ashob 
g‘oyatsiz va shohu gado aning irodat va ixlosi 
ostonida nihoyatsiz ermish”, – deya ta’rif beradi. 
Ahmad Yassaviy “Irshod va da’vat maqomi” 
ni olgach, Turkistonda o‘z tariqatiga asos soladi. 
Ushbu tariqat tasavvufdagi boshqa tariqatlardan 
odob va arkon jihatidan farq qilsada, tub 
mohiyati bir xil Alloh vasliga yetmoq edi. 
Ahmad 
Yassaviyning 
tariqatining 
barcha 
aqidalari asosiy asari bo‘lmish “Hikmat”da 
mufassal bayon etilgan. 
“Devoni Hikmat” haqida fikr yuritganda 
shuni aytish o‘rinliki, bu kitobning yassaviya 
tariqtida tutgan o‘rni yuqori. Chunki, Ahmad 
Yassaviy turkiy xalqlarni islom diniga yanada 
kengroq yaqinlashtirish va o‘zining tassavufiy 
g‘oyalarini xalq ko‘ngliga chuqur singdirish 
maqsadida she’riyatdan imkon qadar foydalan-
gan. Ana shu sababdan Ahmad Yassaviy o‘z 
fikrlarini she’rlar orqali ommaga singdirish 
maqsadida hikmatlarini yozadi va yakunda 
“Hikmat” devoni to‘planadi (O’z davrining yirik 
diniy yetakchisi bo’lgan Ahmad Yassaviy 
birinchi bo’lib o’sha paytda chig’atoy tilida o’z 
ko’rsatmalarini beradi. Bu esa yuqorida 
ta’kidlanganidek, “Devoni Hikmat”ning shu 
tilda dunyoga kelishini ta’minlagan edi). 
Ahmad Yassaviy nuqtai nazariga ko‘ra 
hikmat – “ilmi laduniy”, ya’ni ilmi g‘aybu 
haqoyiq va ilohiy sirlarni kashf aylash 
mazmuniga ham ega hisoblangan. Manbalarga 
ko‘ra, Yassaviy shaxsan o‘zi “Devoni hikmat” 
nomi ostida biron kitobni yaratmagan. Ushbu 
nodir kitob uning o‘z davridagi murid va 
izdoshlari tomonidan tartib berilib, to‘planib, 
bugungi kungacha saqlangan holatiga keltiril-
gan. Bu esa bevosita hikmatlar majmuasining 
Ahmad Yassaviyga borib taqalishini ko‘rsatadi. 
So‘fi Olloyor esa bu haqida:

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin