Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(1), Jan., 2023 623
Davlat o‘zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini ta’minlaydi, shu
jumladan unga hamma e’tirof qilgan ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy atamalarni
joriy etish hisobiga ta’minlaydi.
Yangi ilmiy asoslangan atamalar jamoatchilik muhokamasidan keyin va Oliy
Majlis tegishli qo‘mitasining roziligi bilan o‘zbek tiliga joriy etiladi.
9-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritiladi
va zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi ta’minlanadi.
10-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish
yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari davlat tilida yuritiladi,
ishlovchilarning ko‘pchiligi o‘zbek tilini bilmaydigan jamoalarda davlat tili bilan bir
qatorda boshqa tillarda ham amalga oshirilishi mumkin (1, 16-22-b.).
Mazkur fanni o‘qitishdan maqsad, talabalarning o‘zbek tilida soha b o‘yicha
nutqiy kompetentligini oshirish, mutaxassisikka oid og‘zaki va yozma nutqida
sohaviy terminlarni samarali qo‘llash ko‘nikmalarnini shakllantirishdan iborat.
Shuningdek, talabalarga sоha bo‘yicha egallagan bilimlarni yozma va og‘zaki
ravishda o‘zbek tilida ifoda etish malakalarini takomillashtirish, sohada
qo‘llaniladigan terminlar, asosiy tushunchalar va soha doirasida qo‘llaniladigan
hujjatlarning rasmiylashtirilishini taʼminlash, nutq uslublari, xususan sohada ilmiy va
rasmiy uslub imkoniyatlaridan foydalanish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish
ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat. Fanning vazifasi-mamlakatimiz ijtimoiy
hayotining barcha sohalarida davlat tilining imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri
foydalanishga erishishni taʼminlash, egallanayotgan soha bo‘yicha nazariy bilimlarni,
amaliy ko‘nikmalarni o‘zbek tilining yozma va og‘zaki nutqi me’yor va qoidalari
asosida mukammal o‘zlashtirishga va ularga nisbatan shaxsiy munosabatni o‘zbek tili
adabiy normalariga muvofiq holda ifodalashga erishishni taʼminlahshdan iborat.
Кeyingi yillarda tilimizning kasb-hunar, ilmiy-texnika tili va atamalarida katta
o‘zgarishlar sodir bo‘ldi.
Har bir sohaning o‘z atamalar tizimi mavjud bo‘lib, bitta atama faqat bitta
tushunchanigina ifodalaydi. Аtamalarni qo‘llashda har qanday murakkab fikrni
ixcham, oson, lo‘nda va aniq, shuningdek, tushunarli ifodalashni osonlashtirish
maqsad qilib quyiladi. Аtamalarga xos bo‘lgan maʼno jihatidan aniqlik,
tushunchaning mohiyatini yoki eng asosiy belgisini aniq ifodalab berish, ulardagi
tuzilish jihatidan ixchamlik, qisqalik ishlatishga qulaylik kabilar tushunchani
tushunarli, aniq, qisqa bo‘lishini taʼminlaydi. Oliy o‘quv yurtlarida sohaga oid imlo
va izohli lugʼatlari tayyorlanmoqda, chop etilmoqda. Mavjud lug‘atlardan keng
foydalanish, so‘z va atamalar maʼnosini chuqur anglash kishining so‘z boyligini
oshirishda katta ahamiyatga ega.