Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(4/2), April, 2023 712
So‘z tilning ma’no bildiradigan asosiy birligidir. So‘z va so‘z birikmasi aniq
narsalarni, mavhum tushunchalarni, hissiyotni ifodalaydi. Tilda mavjud bo‘lgan
barcha so‘z va iboralarning yig‘indisi lug‘at tarkibi yoki leksika deyiladi.
Leksikologiya o‘zbek tilining lug‘at tarkibini o‘rganadigan bo‘limdir.Leksikologiya
lug‘at tarkibidagi so‘zlaming nutqda ma’no ifodalash xususiyati, qo‘llanish faolligi,
boyib borishi, ba’zi so‘zlarning eskirib, iste’moldan chiqib ketishi, ma’no ko‘chish
hodisasi kabilarni o‘rganadi. Shu sababli leksikologiya lug‘at ustida ishlash
metodikasining lingvistik asosi hisoblanadi. Har qanday nutqiy bayon grammatik
jihatdan o‘zaro bog‘langan, mazmunga mos so‘z va so‘z birikmalarining ma’lum
izchillikda joylashtirilishidan tuziladi. Kishining lug‘ati qanchalik boy va rivojlangan
bo‘lsa,uning nutqi ham shunchalik boy bo‘ladi; o‘z fikrini aniq va ifodali bayon
etishiga keng imkoniyat yaratiladi. Shuning uchun lug‘atning boyligi, xilma-xilligi,
harakatchanligi metodikada nutqni muvaffaqiyatli o‘stirishning muhim sharti
hisoblanadi.
Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda interfaol usullar va lug‘atlardan foydalanish. Binar oppozitsiya usuli - Ikkilik qarama-qarshilik
dunyoni oqilona aniqlashning universal vositasi bo‘lib, unda ikkita qarama-qarshi
tushuncha bir vaqtning o‘zida ko‘rib chiqiladi, ulardan biri ma’lum bir sifatni
tasdiqlaydi, ikkinchisi esa uni rad etadi. Bu sezgining turli shakllaridan farqli o‘laroq,
diskursiv fikrlashning asosiy xususiyati hisoblanadi.
Antonimlar so‘zlar asosida:
1. leksikantonimlar— baland - past, uzun - qisqa;
2. Affik- antonimlar — suvli - suvsiz;
3. Sintaktikantonimlar — yuz - bashara.