Oriental Renaissance: innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 1
ISSN 2181-1784
120
w
www.oriens.uz
2021
February
neftgazliligini prognozlash uchun asosiy etiborni stratigrafik kesimiga qaratish
muhim, chunki bu pog‘onada tuz-angidrit qavati keng rivojlangan bo‘lib, bu o‘z
novbatida yuqori yura yotqiziqlarida ishonchli qopqoq tog‘ jinslari vazifasini o‘taydi
va uglevodorod to‘plamlarining asosiy massasi yuqori yura yotqiziqlariga
to‘planishiga asos bo‘lgan.
Quyi-o‘rta yura yotqiziqlari to‘liq qalinlikda Dengizko‘l vali chegaralarida №
102 O‘rtabuloq va № 1 p Pomuq, № 2 p Berdiquduq quduqlarida ochilgan.
Ko‘kdumaloq maydoni atrofida bevosita bu yotqiziqlar 1044 m va 1103 m qalinlikda
№ № 15, 20 Ko‘kdumaloq quduqlarida ochilgan. Bundan tashqari ularni yuqori qismi
№ 1 Ko‘kdumaloq va № 1 Oxir quduqlarida ochilgan [5].
Metodik qism. Quyi-o‘rta yura yotqiziqlarining stratigrafik kesimi terrigen,
asosan mayda bo‘lakli ohaktoshlar, gillar, alevrolitlar va argillitlar qatlamlanib kelgan
jinslardan tashkil topgan. Bu qavatning xarakterli jihati ko‘mirlashgan o‘simlik
qoldiqlari va ko‘mir bilan boyiganida bo‘lib, to‘q-kulrangdan tortib qora rangacha
o‘zgargan. SHuningdek, ko‘mirlashgan o‘simlik qoldiqlari bilan boyiganligi bir tekis
bo‘lmay quyi qismi ko‘mirlashgan yuqori qismi esa ko‘mirsiz.
Terrigen yotqiziqlari ustida muvofiq ravishda karbonat yotqiziqlari yotadi va
yoritilayotgan rayonda bir tekis tarqalgan bo‘lib, atrofda har turdagi kompleks fatsial
o‘zaro bog‘liq bo‘lgan karbonat jinslaridan tashkil topgan. Bu qatlam faqatgina rifdan
tashqarida burg‘ilangan № № 1 va 15 Ko‘kdumaloq quduqlarida to‘liq ochilgan
bo‘lib, 228 m va 217 m ni tashkil etdi, hamda rif chegarasi yaqinida joylashgan № 1
Oxir qudug‘ida 364 m ni tashkil etdi. Ko‘kdumaloq rif massivi chegaralarida
karbonat yotqiziqlari to‘liq qalinligi bo‘yicha burg‘ilab ochilmagan. Bundan kelib
chiqqan holda, rif massivi ichida qo‘shni konlarga o‘xshash bo‘lib, yuqori yura
karbonat qatlami qalinligi 500-520 m ga etishi mumkin. Kellovoy yarusini
kutilayotgan umumiy qalinligi 130 m ni tashkil etadi. Quyi-o‘rta yura yotqiziqlarini
umumiy qalinligi 1310 matrofida [5].
Dostları ilə paylaş: