Oriental Renaissance: innovative, educational, natural and social sciences volume 1



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix15.12.2022
ölçüsü0,58 Mb.
#74960
1   2   3   4   5   6   7
buxoro-xiva-neftgazliligi-regioni-dengizko-l-ko-tarilmasining-mezozoy-yotqiziqlari-neftgazliligining-miqdoriy-tasnifi

Karbonat formatsiyasi. Oksford+kimeridj yarusi – J
3
o+km. YUra yotqiziqlari 
qirqimi qalin xemogen cho‘kindilar bilan yakunlanib, titon yarusi va yuqori yura 
oksford-kimeridj karbonat yarusini yuqori qismiga mos keladi. CHordjou pog‘onasi 
yuqori yura yotqiziqlarining tuz—angidritli formatsiyasi bir tekis tarqalgan bo‘lib, 
quyida joylashgan karbonat formatsiyasidagi uglevodorod uyumlari uchun qoplama 
hisoblanadi. 
Biogerm qirqimini stratigrafik ekvivalenti nisbatan chuqur suv osti fatsiyalardan, 
qalinligi kamaygan biogerm hosilalari bilan o‘ralgan va yuqori radioaktivlik (gamma 
aktiv pachka) bilan tavsiflanadigan (biogerm kesimiga nisbatan) kuchli gillashgan va 


Oriental Renaissance: innovative, 
educational, natural and social sciences
 
 
VOLUME 1 | ISSUE 1 
ISSN 2181-1784
 
121 
w
www.oriens.uz
2021
 February 
 
zich ohaktoshlardan tashkil topgan bo‘lib, Ko‘kdumaloq, G‘arbiy Alan va boshqa 
maydonlarda ochilgan [5]. 
Tuz-angidritli formatsiya. Titon yarusi – J
3
tt. Mahsuldor karbonat yotqiziqlari 
bevosita keng tarqalgan va tuz-angidritli formatsiya sifatida ajratiladigan galogen 
jinslar qalinligi bilan yopiladi. YOshi jihatidan yura tizimining yuqori qismi titon 
yarusi yotqiziqlarini o‘z ichiga oladi. Formatsiya tosh tuzlari va angidritlardan iborat. 
Bu formatsiya kesimida beshta pachka ajratiladi. Bular neft va gazga geologik 
qidiruv ishlar olib borilishi natijasida (pastdan yuqoriga) quyidagicha nomlanadi: 
quyi angidritlar, quyi tuzlar, o‘rta angidritlar, yuqori tuzlar va yuqori angidritlar. 
CHordjou pog‘onasining janubiy-sharqiy qismida titon yarusi tuz-angidritli 
formatsiyalar qalinligi taxminan 840 m, yura yotqiziqlarini umumiy qalinligi 2270 m 
ni tashkil qiladi. 
CHordjou pog‘onasi uglevodorod resurslarini baholash uchun, tog‘ jinslari 
tarkibidagi organik moddalarning fatsial-genetik turi, ularning katagenetik hosil 
bo‘lish darajasi, neftgaz hosil qiluvchi ona jinslar qalinligi va ularning tarkibidagi 
organik uglerod (S
org
) miqdori haqidagi malumotlar dastlabgi materiallar sifatida 
xizmat qiladi [5].
YOtqiziqlarda organik moddalar sochma shakilda uchraydi. Amudaryo 
botiqligida quyi-o‘rta yura yotqiziqlari kesimi uchun S
org 
miqdorining o‘rtacha 
qiymati 1 % tashkil qiladi [1].
1-jadval 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin