Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 81
w www.oriens.uz February 2022 uzoqlashib boradi, so‘ngra yangi qiziqish, ehtiyoj va intilishlarni shakllantiradi,
motivlar mohiyati va shakllarni o‘zgartiradi.
XULOSA Ushbu mulohazani alohida ta’kidlab o‘tish joizki, motivatsiyaning faoliyat
darajasidan tashqari chiqishi ehtimoli yoki faoliyatning motivatsiya doirasidan
tashqari chiqishi imkoniyati to‘g‘risidagi talqinlar nisbiy xususiyatga ega. Binobarin,
motivatsiya faoliyatdan tashqarida va faoliyat esa motivatsiyadan alohidalikka ega
degan xulosaga kelmaslik maqsadga muvofiq. Bu holatni yaqqolroq namoyish qilish
niyatida quyidagi hayotiy haqiqatga murojaat qilamiz. Har bir talaba oliy maktabga
o‘qishga kirayotganida unda diplom olish motivi paydo bo‘ladi, o‘qishga
joylashganda esa o‘quv predmetlarini o‘zlashtirish jarayoni o‘qishga nisbatan intilish,
ehtiyoj, qiziqish, safarbarlik kabi psixik omillar yuzaga keladi. A.N.Leontevning
fikricha,
faoliyatning
tuzilishi:
maqsadga
qaratilgan
xatti-harakatlar
va
operatsiyalardan iboratdir. Odatda faoliyat o‘zining predmeti va motiviga ega bo‘lib,
agarda motiv bilan predmet (jism, narsa) o‘rtasida mutanosiblik (moslik) vujudga
kelsa, demak shundagina u tub ma’nodagi faoliyatga aylanadi. Masalan, bir talaba
imtihondan (reytingdan) o‘tish uchungina birlamchi manbalarni o‘qiydi, lekin
boshqasi esa o‘zini tekshirish va haqiqiy bilimlarni egallash uchun dars tayyorlaydi.
Birinchi holatda talaba yoki o‘quvchida motiv imtihonga qaratilgan bo‘lib, o‘quv
predmeti mazmuni bundan mustasnodir, xuddi shu boisdan uning faoliyati faqat xatti-
harakatlar tizimidan iboratdir, degan xulosa chiqarishga imkon beradi. Ikkinchi
holatda esa motiv o‘quv predmetini o‘zlashtirishga qaratilganligi sababli
uning intilishi faoliyatiga o‘sib o‘tadi degan fikrga kelishga kafolat beradi.