Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences



Yüklə 281,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix02.04.2023
ölçüsü281,09 Kb.
#92527
1   2   3   4   5
psixologiyada-motivatsiya-va-motivlarni-o-rganish-metodlari

MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Motiv hissiyot bilan ham bog‘liq bo‘lib, ular xulq-atvor mohiyatidan tashqarida 
bo‘lmaydi, balki hissiy kechinmalar, motivlashgan omillar tizimi bilan uzviy aloqaga 
egadir. Hissiyotning eng muhim funksiyalaridan biri shundan iboratki, unda inson 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 2 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
80 
w
www.oriens.uz
February
2022
 
uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi daqiqalar uning uchun qanchalik zaruriyat 
ekanligini belgilashga xizmat qiladi. Hissiyotning bu sohadagi boshqa bir funksiyasi 
nisbatan umumiyroq bo‘lib, odamning tashqi olamga, shaxslararo munosabatga, his-
tuyg‘ularga negizlik muammosi hisoblanib, uning uchun ahamiyatli voqea va 
narsalarga nisbatan bog‘lovchilik xususiyatiga ega bo‘lgan muloqoti zaif emotsional 
holatlar doirasidan tashqariga chiqib, faol, barqaror, turg‘un jarayonlarni o‘z ichiga 
oladi. 
Yuqoridagi 
mulohazalardan 
tashqari, 
motivlar 
funksional-energetik 
tomonlarini dinamik boshqarish vazifasini amalga oshiradi. E.G‘oziev “motiv – bu 
shaxs xulq-atvorining kognitivistik jarayoninibevosita tashqi olam bilan bog‘lovchi 
sub’ektiv tarzda aks etish demakdir”[2] – deb ta’kidlaydi. Insonning qobiliyati 
bevosita motivlashgan mexanizmlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ularning muhitini 
belgilaydi va dinamik, ma’naviy ta’sir etish munosabatini o‘zida aks ettiradi. Motiv 
bilan qobiliyatning munosabatlari psixik faollikning bevosita bajarish negizi 
hisoblangan faoliyat orqali namoyon bo‘ladi. Motivlashgan tizimning tarkiblarini 
amaliyotda ro‘yobga chiqaruvchi nafaqat faoliyatnigina aniqlash bilan cheklanib 
qolmasdan, balki faoliyatning keyingi istiqbol rivoji yoki uning boshqa sohalar bilan 
qorishib ketish ehtimoli darajasini ham belgilaydi. Lekin muayyan insonning 
funksional imkoniyati, faoliyati va xuddi shu faoliyatning ob’ektiv tomonlarining 
yaqqol ro‘yobga chiqishi motiv barqarorlashuvi, rivojlanish (takomillashuv) ga 
yo‘nalganligi ham faoliyatning ob’ektiv shart-sharoitiga moslasha boradi. Umuman 
shakllanish jarayoni, shaxsning rivojlanishi motivning faoliyatiga, faoliyatning esa 
motivga o‘zaro ta’siri bilan tavsiflanadi, bizningcha, mazkur ta’sirning ko‘rsatkichi, 
mezoni vazifasini bajaradi. Motivlarning rivojlanishi tufayli tarbiyaviy talablarni 
anglashda, ehtiyojlarni ichdan qayta qo‘rishda xulq-atvor qoidalari, mezonlari 
yordami bilan faoliyat doirasining kengayishida, shaxsning borliq bilan munosabati 
kabilarda o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, motivlarning 
rivojlanishi, motivlashgan yangi ma’lumotlarning paydo bo‘lishi, faoliyat muhiti 
doirasidagi o‘zgarishlar tufayli amalga oshiriladi. Motiv mexanizmi shaxs sifatlarini 
qayta qurish, ularni rivojlantirish jarayonining faollashuvi tarzida yuzaga chiqadi, shu 
bilan birga inson kamol topish jarayoniga, faoliyat muhiti va sharoiti asta sekin yoki 
tez o‘zgarishi – motivlarning takomillashuvi, barqarorlashuvi kabi omillarga ta’sir 
etadi. S.L.Rubinshteyn motivatsiya to‘g‘risida mulohaza qilib, “motivatsiya – bu 
psixika orqali sodir bo‘ladigan determinatsiyadir”[3], - deb ta’kidlaydi. Insonni 
mehnat faoliyatida qayta tarbiyalash va muayyan fazilatlarni shakllantirish 
yuqoridagi mulohazalar mohiyatidan iboratdir. Bu o‘rinda faoliyat faol vaziyat 
hisoblanib, mavjud ehtiyojlar, qiziqishlar doirasidagi psixologik holatlardan 



Yüklə 281,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin