MUHOKAMA VA NATIJALAR
Motiv hissiyot bilan ham bog‘liq bo‘lib, ular xulq-atvor mohiyatidan tashqarida
bo‘lmaydi, balki hissiy kechinmalar, motivlashgan omillar tizimi bilan uzviy aloqaga
egadir. Hissiyotning eng muhim funksiyalaridan biri shundan iboratki, unda inson
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 2
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
80
w
www.oriens.uz
February
2022
uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi daqiqalar uning uchun qanchalik zaruriyat
ekanligini belgilashga xizmat qiladi. Hissiyotning bu sohadagi boshqa bir funksiyasi
nisbatan umumiyroq bo‘lib, odamning tashqi olamga, shaxslararo munosabatga, his-
tuyg‘ularga negizlik muammosi hisoblanib, uning uchun ahamiyatli voqea va
narsalarga nisbatan bog‘lovchilik xususiyatiga ega bo‘lgan muloqoti zaif emotsional
holatlar doirasidan tashqariga chiqib, faol, barqaror, turg‘un jarayonlarni o‘z ichiga
oladi.
Yuqoridagi
mulohazalardan
tashqari,
motivlar
funksional-energetik
tomonlarini dinamik boshqarish vazifasini amalga oshiradi. E.G‘oziev “motiv – bu
shaxs xulq-atvorining kognitivistik jarayoninibevosita tashqi olam bilan bog‘lovchi
sub’ektiv tarzda aks etish demakdir”[2] – deb ta’kidlaydi. Insonning qobiliyati
bevosita motivlashgan mexanizmlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ularning muhitini
belgilaydi va dinamik, ma’naviy ta’sir etish munosabatini o‘zida aks ettiradi. Motiv
bilan qobiliyatning munosabatlari psixik faollikning bevosita bajarish negizi
hisoblangan faoliyat orqali namoyon bo‘ladi. Motivlashgan tizimning tarkiblarini
amaliyotda ro‘yobga chiqaruvchi nafaqat faoliyatnigina aniqlash bilan cheklanib
qolmasdan, balki faoliyatning keyingi istiqbol rivoji yoki uning boshqa sohalar bilan
qorishib ketish ehtimoli darajasini ham belgilaydi. Lekin muayyan insonning
funksional imkoniyati, faoliyati va xuddi shu faoliyatning ob’ektiv tomonlarining
yaqqol ro‘yobga chiqishi motiv barqarorlashuvi, rivojlanish (takomillashuv) ga
yo‘nalganligi ham faoliyatning ob’ektiv shart-sharoitiga moslasha boradi. Umuman
shakllanish jarayoni, shaxsning rivojlanishi motivning faoliyatiga, faoliyatning esa
motivga o‘zaro ta’siri bilan tavsiflanadi, bizningcha, mazkur ta’sirning ko‘rsatkichi,
mezoni vazifasini bajaradi. Motivlarning rivojlanishi tufayli tarbiyaviy talablarni
anglashda, ehtiyojlarni ichdan qayta qo‘rishda xulq-atvor qoidalari, mezonlari
yordami bilan faoliyat doirasining kengayishida, shaxsning borliq bilan munosabati
kabilarda o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, motivlarning
rivojlanishi, motivlashgan yangi ma’lumotlarning paydo bo‘lishi, faoliyat muhiti
doirasidagi o‘zgarishlar tufayli amalga oshiriladi. Motiv mexanizmi shaxs sifatlarini
qayta qurish, ularni rivojlantirish jarayonining faollashuvi tarzida yuzaga chiqadi, shu
bilan birga inson kamol topish jarayoniga, faoliyat muhiti va sharoiti asta sekin yoki
tez o‘zgarishi – motivlarning takomillashuvi, barqarorlashuvi kabi omillarga ta’sir
etadi. S.L.Rubinshteyn motivatsiya to‘g‘risida mulohaza qilib, “motivatsiya – bu
psixika orqali sodir bo‘ladigan determinatsiyadir”[3], - deb ta’kidlaydi. Insonni
mehnat faoliyatida qayta tarbiyalash va muayyan fazilatlarni shakllantirish
yuqoridagi mulohazalar mohiyatidan iboratdir. Bu o‘rinda faoliyat faol vaziyat
hisoblanib, mavjud ehtiyojlar, qiziqishlar doirasidagi psixologik holatlardan
|