Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 79
w www.oriens.uz February 2022 affektiv, stress va ekspressiv reaksiyalarni motiv tizimiga kiritmaydilar. Bir qator
psixologlar motivni energetik, ma’noviy va ma’naviy tomonlarini o‘zaro
solishtiradilar, ular motivni sof ma’nodagi energetik bioquvvat faolligining manbai
sifatida talqin qilib, uning ma’noviy va ma’naviy jabhalarini hisobga olmay turib,
o‘ziga xos ravishda tushuntirishga intiladilar. Jumladan, Z.Freyd (856-1939)
motivning qonun -qoidalarini faqat dinamik energetik holat tariqasida talqin qiladi.
Bir guruh chet el psixologlarining fikriga qaraganda, motiv – bu tajriba va
reaksiyalarning energetik jabhasidan iboratdir (ushbu ta’rifga nisbatan munosabat
o‘ta bahsli bo‘lganligi sababli mualliflarga tanqidiy fikr bildirishni tadqiqotning
boshqa bo‘limida bildiramiz).
O‘tgan asrda psixologlari motivlarni tushuntirishda va uning tarkibiy qismlarini
belgilashda dinamik va ma’noviy (ma’naviy) tomonlarining uyg‘unligidan kelib
chiqqan holda talqin qiladilar. Ularning ayrim namoyandalari qarashlarini tahlil qilish
bilan cheklanamiz, xolos. S.L.Rubinshteyn motivning psixologik mohiyati to‘g‘risida
quyidagi mulohazalarni bildiradi: motivatsiya – bu psixika orqali hosil bo‘ladigan
determinatsiyadir; motiv – bu shaxs xulq-atvorining kognitivistik jarayonini bevosita
tashqi olam bilan bog‘lovchi sub’ektiv tarzda aks etish demakdir. “Motiv inson
faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil. Motiv shaxsni
harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo
bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot, ideal va
boshqalar motivlar jumlasiga kiradi”[1]. Bizningcha, shaxs o‘zining motivlari
yordamida borliq bilan uzviy aloqada bo‘ladi. Insonning xulq-atvori (xulqi)ni
harakatlantiruvchi kuchi sifatida namoyon bo‘luvchi motivlar shaxsning tuzilishida
(tarkibida) yetakchi o‘rin egallaydi. Motivning tuzilish (strukturaviy) tarkibiga
shaxsning yo‘nalishi, uning xarakteri, emotsional holati (his-tuyg‘usi), qobiliyati,
ichki kechinmalari, faoliyati va bilish jarayonlari kiradi. Psixologiya fanida
to‘plangan nazariy ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, shuningdek, bir qator
psixologlarning fikricha, xarakter shaxs motivlarining dinamik tomonlari asosini
tashkil qiladi, degan ta’limot mavjud. Jumladan, xarakterning u yoki bu sifatlari sof
dinamik xususiyatli tavsiflarni tashkil qilsa, qolganlari esa faqat dinamik tabiatinigina
emas, balki uning ma’naviy va ma’noviy jabhalarini ham yuzaga keltiradi.