Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences



Yüklə 281,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix02.04.2023
ölçüsü281,09 Kb.
#92527
1   2   3   4   5
psixologiyada-motivatsiya-va-motivlarni-o-rganish-metodlari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 2 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
81 
w
www.oriens.uz
February
2022
 
uzoqlashib boradi, so‘ngra yangi qiziqish, ehtiyoj va intilishlarni shakllantiradi, 
motivlar mohiyati va shakllarni o‘zgartiradi. 
XULOSA 
Ushbu mulohazani alohida ta’kidlab o‘tish joizki, motivatsiyaning faoliyat 
darajasidan tashqari chiqishi ehtimoli yoki faoliyatning motivatsiya doirasidan 
tashqari chiqishi imkoniyati to‘g‘risidagi talqinlar nisbiy xususiyatga ega. Binobarin, 
motivatsiya faoliyatdan tashqarida va faoliyat esa motivatsiyadan alohidalikka ega 
degan xulosaga kelmaslik maqsadga muvofiq. Bu holatni yaqqolroq namoyish qilish 
niyatida quyidagi hayotiy haqiqatga murojaat qilamiz. Har bir talaba oliy maktabga 
o‘qishga kirayotganida unda diplom olish motivi paydo bo‘ladi, o‘qishga 
joylashganda esa o‘quv predmetlarini o‘zlashtirish jarayoni o‘qishga nisbatan intilish, 
ehtiyoj, qiziqish, safarbarlik kabi psixik omillar yuzaga keladi. A.N.Leontevning 
fikricha, 
faoliyatning 
tuzilishi: 
maqsadga 
qaratilgan 
xatti-harakatlar 
va 
operatsiyalardan iboratdir. Odatda faoliyat o‘zining predmeti va motiviga ega bo‘lib, 
agarda motiv bilan predmet (jism, narsa) o‘rtasida mutanosiblik (moslik) vujudga 
kelsa, demak shundagina u tub ma’nodagi faoliyatga aylanadi. Masalan, bir talaba 
imtihondan (reytingdan) o‘tish uchungina birlamchi manbalarni o‘qiydi, lekin 
boshqasi esa o‘zini tekshirish va haqiqiy bilimlarni egallash uchun dars tayyorlaydi. 
Birinchi holatda talaba yoki o‘quvchida motiv imtihonga qaratilgan bo‘lib, o‘quv 
predmeti mazmuni bundan mustasnodir, xuddi shu boisdan uning faoliyati faqat xatti-
harakatlar tizimidan iboratdir, degan xulosa chiqarishga imkon beradi. Ikkinchi 
holatda esa motiv o‘quv predmetini o‘zlashtirishga qaratilganligi sababli 
uning intilishi faoliyatiga o‘sib o‘tadi degan fikrga kelishga kafolat beradi. 

Yüklə 281,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin