Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 765
w www.oriens.uz April 2022 sohalarini yanada rivojlantirishga doir qo’shimcha chora- tadbirlar, hamda, mazkur
sohaga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga
oshirishda va ularni ijrosini ta’minlashda ushbu mavzuga oid izlanishlar va ularning
natijasi muayyan darajada muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, Oliy ta’lim
muassasalari oldiga qator muhim vazifalarni belgilanishi, pedagogik kadrlar
tayyorlash masalasiga davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi sifatida e’tibor
qaratilayotganidan dalolat beradi.
Shuni alohida takidlash joizki, yangi O’zbekistonimizni yuksalishi yo’lida
xalqimizning ma’naviyati va ma’rifatini takomillashtirishda musiqa darsi nafaqat fan
sifatida, balki, jamiyatimizda shaxsni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.
Zamonaviy fanda bo’lajak o’qituvchining ijodiy salohiyatini rivojlantirish
muammosini shakllantirish va hal etish uchun zarur bo’lgan bilimlar majmui mavjud.
Ushbu muammoni hal etish ijodkorlikni rivojlanish mexanizmi sifatida faoliyatli
yondashuv va pedagogik hamkorlikda o’qitish bilan bog’liq bo’lgan masalalar
respublikamiz olimlaridan B.R.Adizov, B.Ziyomuhamedov, R.Ishmuhamedov,
O.Musurmonova, Z.A.Xolmatovalarning ishlarida, musiqiy pedagogikada ijodning
turli qirralarini o’rganish, o’qituvchilarning zamonaviy sharoitda ijodiy izlanishlari
bo’yicha Rossiyalik olimlar L.G. Archazxnikova, V.K. Tevlina, T.V. Petrova, O.I.
Evdokimova, A.N. Baskakova va boshqalar tadqiqot ishlarini olib borishgan.
Zamonaviy musiqa va pedagogik tadqiqotlarning tahlili musiqa o’qituvchilarini
tayyorlashning o’ziga xos xususiyatlari muammosiga qiziqishning ortganligini
ko’rsatadi, chunki musiqa ta’limi mohiyatan jamiyatni ma’naviy yuksalishida,
madaniyatini oshirishda asosiy omili hisoblanadi.
Jamiyatimizda yetishib chiqayotgan mutaxassis musiqa o’qituvchilari musiqa
ta’lim tizimining barcha jabhalarida birdek musiqa darslarining spesifik xususiyatiga
qo’yilgan talablarni mukammal darajada bajarishga qodir deb bo’lmaydi.
Talabalarda pedagogik maxorat, musiqiy va ijodiy qobiliyatlarni shakillantirish, bir
qadar darslarni samarali va qiziqarli, tashkil qilish imkonini beradi.
Musiqa darslarining spesifik xususiyatlarining 4- bandida “Musiqa bolaga faol
emosional ta’sir ko’rsatadi, quvontiradi hamda ijodiy kechinmalar ug’otadi. Yaxshi,
mazmunli qiziqrarli musiqa darslaridan bolalar badiiy va ma’naviy ozuqa oladilar.
Musiqa darsi o’zining faol psixologik ta’siri hamda qizg’in ijodiy faoliyati bilan
boshqa fanlardan farq qiladi [5]
Dars, o’quvchi-talabalarning tarbiyalashning uzluksiz jarayonidagi muayyan bir
bosqich hisoblanadi. O’z navbatida ularni tarbiyaviy vazifalari musiqa o’quv ishini
tashkil etishga va uning metodikasiga jiddiy ta’sir o’tkazadi. Masalan: talabalarda