Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences



Yüklə 420,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix04.04.2023
ölçüsü420,34 Kb.
#93292
1   2   3   4   5   6
talabalarda-ijodiy-qobiliyatlarni-takomillashtirishda-hamkorlikda-o-qitishning-o-rni

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 4 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
767 
w
www.oriens.uz
April
2022
 
demokratlashtirish talabaning asosiy psixologik xususiyatlarini rivojlantirish uchun 
qulay vositadir. 
Ijodiy qobiliyatlar – bu turli ijodiy faoliyatning samarali bajarilganligini 
aniqlaydigan talabaning individual psixologik xususiyatidir. Talabaning faoliyatida 
turli ijodkorlik ko’rinishlari mavjud bo’lib, badiiy ijodiy, mutaxassislik fanlarini 
o’zlashtirish jarayonida (“Cholg’u ijrochiligi, “vokal ijrochiligi”, “an’anaviy 
xonandalik”, “dirijyorlik” fanlarini samarali o’rganish imkonini beradi; “musiqa 
o’qitish metodikasi” va “musiqa o’qitish texnologiyalari va loyihalash” “musiqa 
to’garaklarini tashkil etish ”va boshqa fanlarining amaliy mashg’ulotlarida 
o’qituvchilik maxoratini shakllantirishda) kasbiy faoliyatga tayyorgarlik ko’rishga 
oid topshiriqlarni bajarishda: asarlar ijrosida, asar mazmunini ifodalashda, slaydlar 
tayyorlashda, dars ishlanmalar tayyorlashda, ssenariylar tuzishda, musiqiy 
to’garaklarni rejalashtishda musiqiy diklomasiya qilishda, musiqiy foliyat turlarini 
olib borishda, metod va texnologiyalardan foydalanishda va pedagogik texnikani 
oshirishda ijodiy qobiliyati shakllanadi, rivojlanadi, va takomillashib boradi. Bunda 
professor- o’qituvchining talaba bilan hamkorlikda ishlash jarayonida to’g’ri 
yo’nalish berishi va natijani nazorat qilib borishi muhim ahamiyatga ega. 
Talabalarning ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish omillari har bir mavzu, har bir 
darsda o’quv faoliyatining asosi bo’lishi lozim. Ijodkorlik faoliyati o’qituvchi va 
talaba faoliyatining barcha qirralarini qamrab olar ekan, uni samarali tashkil qilish 
butun ta’lim jarayonining sifatini ta’minlashga xizmat qiladi. 
Yuqorida bildirilgan fikrlar asosida bo’lajak o’qituvchilarni ijodkorlik 
faoliyatiga tayyorlash strategiyasini quyidagi yo’nalishlarda amalga oshirish mumkin:
-talabalar e’tiborini masalani hal qilishda qo’llanilgan usulning universalligi, 
keng qamrovligiga qaratish;
-talabalrda ijodiy takomillashuvni darsning maqsadi sifatida emas, balki darsda 
qo’yilgan vazifani yanada samarali hal qilishga qaratilgan yangi yo’l, imkoniyat 
sifatida qaralishi;
-talabalar o’zlari mustaqil xulosa chiqarib topadigan yangi g’oyalar ijodkorlik 
darslarinining asosiy mahsuli sifatida qaralishi;
-kasbiy tayyorgarlik jarayonida, berilgan topshiriqga oid axborotlarni yig’ish, 
tahlil va talqin qilishda, ijodkorlikni yo’lga qo’yishning muhim jihati sifatida 
qaralishi;
-shaxsda ijodkorlik sifatlarini tarbiyalashni ta’lim muassasalarida o’tkaziladigan 
mashg’ulotlarining muhim jihati sifatida qaralishi. 

Yüklə 420,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin