Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences



Yüklə 331,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix07.04.2023
ölçüsü331,82 Kb.
#94685
1   2   3   4   5   6   7
badiiy-adabiyotda-opa-singillar-obrazi

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 10/2 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
737 
w
www.oriens.uz
October
2022
 
Fotima esa qishlog‘ida, mehnati va harakati ortidan qishloqdoshlarining mehrini 
qozonib “Nurli cho‘qqilar”iga yetib borganligi o‘z ifodasini topgan.
Qodiriy ta’biri bilan aytganda “…bir onadan necha xil bola”
4
deganlaridek. 
“…Fotima va Zuhra bir olmaning ikki pallasi bo‘lishiga qaramasdan”
5
hayotlari 
umuman boshqa-boshqa yo‘nalishda ketadi. Aql va shijoat doim ham insonning 
taqdirini to‘g‘ri belgilashga xizmat qilmasligi, insonni mehnat ulug‘lashi opa-singillar 
misolida, hikoyada o‘z ifodasini topgan. 
Endi adabiyotshunoslikdagi tasvir tushunchasiga to‘xtalsak. Tasvir - voqelikning 
yagona, individual ko‘rinishidagi umumlashtirilgan aks etishi - bu tushunchaning 
shunday umumiy ta'rifi. Ushbu ta'rifda eng asosiy xususiyatlar ta’kidlangan – 
umumlashtirish va individuallashtirilgan bo‘ladi. . Darhaqiqat, bu ikkala xususiyat 
ham muhim. Ular har bir adabiy asarda mavjud. 
Masalan, O‘lmas Umarbekovning dedektiv yo‘nalishdagi “Fotima va Zuhra” 
romanida shu davrga xos umumiy xususiyatlar yaqqol ko‘rsatib o‘tilgan. “Fotima va 
Zuhra” romanida mustaqillikdan oldin Respublikamizda ildiz otayotgan mafiya va 
uni qo‘llab-quvvatlayotgan rahbarlar, ularning kirdikorlari, ularga qarshi 
kurashayotgan qonun posbonlari, bir oilaning butkul barbod bo’lib ketishi va bu holat 
uchun jinoyatchilarni jazolashga hech narsadan tab tortmasdan kirishgan jasur qiz 
Zuhraning sarguzashtlari ifoda etilgan. 
Asarning bosh qahramonlari bo‘lgan egizak opa-singillar Fotima va Zuhra bir 
biriga juda mehribon, inoq, qadrli, sirdosh hamda aziz. Onalarisiz, otalarining qo‘lida 
ulg‘aygan qizlar bir birining yagona dardkashiga aylangan.
Fotima – maktabni medal bilan tamomlab, kelajakning shirin orzulari og‘ushida 
suzayotgan bir paytda, barcha niyatlari akasi o‘ynagan qimor ortidan barbod bo‘ladi. 
Nomusining toptalishiga bardosh bera olmagan qiz, o‘z joniga qasd qiladi.
Fotimaning o‘limiga sabab bo‘lgan qotillarni topishga, qiz bola bo‘lishiga 
qaramasdan Zuhra bel bog‘laydi, hamda, katta qiyinchiliklar bilan bo‘lsada buni 
uddasidan chiqadi. Jinoyatchilar, avvalo, Zuhra, so‘ngra, qonun himoyachilari 
tomonidan qo‘lga olinadi.
Roman qahramoni Zuhra yigit kishilarga xos bo’lgan – cho‘rtkesarlik, mardlik, 
jasorat, bir so‘zlilik, adolatlilik kabi hislatlarni o‘zida mujassam etgan. Fotima esa 
o‘zbek qizlarining chin ma‘nodagi timsolini o‘zining nazokati, oriyatliligi, oqillik va 
donoligi bilan ifodalagan. Asar davomida egizak opa-singillar ko‘rinish jihatdan bir 
4
Abdulla Qodiriy. Mehrobdan Chayon.T.1994. 
5
Abdulla Qahhor. Tanlangan asarlar.Yangi Asr Avlodi. 2015. 



Yüklə 331,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin