Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 10/2
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
736
w
www.oriens.uz
October
2022
Lirning uch qizi: Goneril, Regan hamda Kordeliya bo‘lib,
ular orasida Kordeliya
otasiga bo‘lgan mehri, hurmati hamda rostgo‘yligi orqali opalaridan keskin farq
qiladi. Ikki opasi Goneril va Regan riyokorlik hamda yolg‘on bilan otasining
merosxo‘riga
aylanadi, Kordeliya esa haqiqatni aytgani uchun otasi tomonidan
jazolanadi va mamlakatidan quviladi. Biroq, qirolning xursandchiligi uzoqqa
cho‘zilmaydi. Ikkiyuzlamachilik ortidan otasining merosiga
ega chiqqan qizlar tez
orada asl yuzini ko‘rsatishadi, qirol esa hech nimasiz ko‘chada qoladi. Lekin, bu
holatga Kordeliya shunchaki qarab turmaydi, otasiga mehribonchilik qilib,
opalarining qilmishlari uchun
Angilyaga yurish boshlaydi, biroq baxtga qarshi bu
yurish Kordeliyaning mag‘lubiyati bilan tugaydi hamda opalari tomonidan o‘ldiriladi.
Asarda e’tiborimizni tortadigan yana bir holat bor, ya’ni, bir biri bilan shu vaqtgacha
hamkorlik qilgan Goneril va Regan tez orada dushmanga aylanadi. Regan Goneril
tomonidan zaharlanib vafot etadi.
Tragediyani o‘qish davomida jigarlarning o‘zaro munosabati qanchalik soxta va
mo‘rt ekanligi insonni hayratga soladi. Opa-singillarning hech qanday his-tuyg‘usiz,
faqat, mol-dunyo ortidan quvib bir-birini o‘ldirishga
tayyor ekanligi Regan bilan
Gonerilga nisbatan g‘azabimizni qo‘zg‘aydi. O‘z opasi-yu singlisini qadrlamagan
qondoshlar, hatto, o‘z otasiga g‘amhorlik qilishga ham yarashmaydi. “Qirol Lir”
tragediyasidagi opa-singillarning shafqatsizligi asarning o‘quvchiga ta’sir kuchini
yana kuchaytirishga xizmat qilgan.
O’zbek adabiyotida ham markazida opa-singillar
obrazi aks etgan ijod
na’munalari talaygina. Kichik hikoyalardan tortib, katta-katta romanlargacha opa-
singillar bosh qahramon darajasiga olib chiqilgan asarlar o‘z o‘quvchilarning
kitob
javonidan muqim o‘rin egallashga ulgurgan. Opa-singillar bosh obraz darajasiga
ko‘tarilgan asarlarni “Muayyan harakter va holatni aks ettiradigan so‘zni qo‘llab va
uni o‘z qolipiga tushgandek o‘rnini topib ishlatish unga maroq bag‘ishlaydigan”
3
kam
so‘z qo‘llab, ko‘p ma’no ifodalay oluvchi so‘z san’atkori Abdulla Qahhor ijodidan
boshlasak. Abdulla Qahhor barchaga mohir hikoyanavis
sifatida tanish hamda
sevimli. Uning “Nurli cho‘qqilar” nomli hikoyasida egizak opa-singillar: Fotima va
Zuhra hamda ularning bir biriga mutlaq o‘xshamaydigan fe’l-atvori, his-tuyg‘ulari,
orzu-o‘ylari hamda hayot yo‘llari yoritilgan. Sho‘x-shaddodligi, aqlli va bilimdonligi,
shu bilan birga, ta’bi nozik hamda mag‘rurligi bilan barchning e’tibor markazida
bo’lgan Zuhra ota-onasi roziligisiz “… baxtli turmush quchog‘idan oqib kelajakning
nurli cho‘qqilari tomon” yanglish yo‘ldan yurganligi, Zuhraga qaraganda bo‘shtobroq
3
Matyaqub Qo’shjonov. Abdulla Qahhor mahorati. – T.:1988. 3- b