Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
3(7), July, 2023
TILSHUNOSLIKDA LINGVOPOETIKA VA LINGVOPOETIK VOSITALARNING OʻRGANILISHI TARIXI
Asalxon Xolmatova Qodirjon qizi
Fargʻona davlat universiteti Lingvistika (ingliz tili) yoʻnalishi magistranti
Asalsolijonova@gmail.com
ANNOTATSIYA
Ushbu ilmiy tezisda lingvopoetikaning mustaqil lingvistik tarmoq sifatida shakllanishi, Badiiy asarlarni lingvopoetik jihatdan tahlil qilish, oʻzbek tilshunosligida lingvopoetikaning tadqiqi hamda lingvopoetika sohasining globallashuv jarayonidagi ahamiyati yoritib berilgan.
Kalit soʻzlar: Lingvopoetika, poetika, badiiy nutq, lingvistika, lingvistik-poetika, stilistik aspekt, filologiya, estetik funksiya, filologik tahlil.
ABSTRACT
This scientific thesis highlights the formation of linguopoetics as an independent linguistic network, the linguistic analysis of works of Art, the study of linguopoetics in Uzbek linguistics and the importance of the field of linguopoetics in the process of globalization.
Key words: Linguopoetics, poetics, artistic speech, linguistics, linguistic-poetics, stylistic aspect, philology, aesthetic function, philological analysis.
АННОТАЦИЯ
В данном научном тезисе освещено становление лингвопоэтики как самостоятельной лингвистической отрасли, лингвопоэтический анализ художественных произведений, изучение лингвопоэтики в узбекском языкознании, а также значение в области лингвопоэтики в процессе глобализации.
Ключевые слова: Лингвопоэтика, поэтика, художественная речь, лингвистика, лингвистико-поэтика, стилистический аспект, филология, эстетическая функция, филологический анализ.
KIRISH
Mustaqillik yillaridagi adabiyotimiz, uning barcha turlardagi namunalari, ayni chogʻda, adabiyotshunoslik va adabiy tanqid ilmlari o’z nuqtai nazari, dunyoga qarashi, mazmun-mohiyati, metod, uslub va usullariga ko’ra yangichadir. Bu jarayonda yangilanish tamoyili qizg’in kechmoqda. Adabiyotning nasri ham, she’riyati ham qator yangi, teran ijodlar, badiiy asarlar bilan boyimoqda. Binobarin, ularning eng manzur va e’tiborga sazovorlari asosida lingvopoetik tadqiqotchilikni
faol yuritish maqsadga muvofiqdir. Filologik tahlilning maqsadi bu nafaqat muallif fikrini o'rganish, balki yozuvchining individual, o'ziga xos mahoratini ham o'rganish hamdir. Ikki yondashuv – til va adabiyot uslublarining bir- biriga yaqinlashuvi va o'zaro to'qnashuvi natijasida yangi filologik boʻlim ― lingvopoetika bo'limi paydo bo'ldi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Badiiy asar tilini tilning aynan estеtik funksiyasini namoyon bo'lishi tarzida o'rganuvchi sohani «lingvistik poetika» - «lingvo- poetika» dеb nomlash filologiya ilmida ancha turg'unlashgan hamda «lingvistik poetika»ning filologik ilmlar tizimida alohida mustaqil fan sifatidagi o'rnini aniqlashtirishga bag'ishlangan ko’plab tadqiqotlar yaratilgan. Ana shu ma'noda badiiy asar tilini «stilistik aspеkt»da o’rganishni «badiiy asar tilini lingvopoetik jihatdan o'rganish» tariqasida nomlash va talqin etish maqsadga muvofiqdir. Tildagi fonetik va leksik so'zlarni qo'llash bir qancha osonlikni va ravonlikni ta'minlaydi. Badiiy asarning eng muhim bosqichi til bo’lar ekan, biror asarni yuksak darajada ko’tara olishda uni ishlatayotgan odamni qay muloqotdan foydalanayotgani va qaysi ifoda maqsadlarni ishlatayotgani eng muhim xusisiyati xisoblanadi, biror ijodkorni tilini o’rganar ekanmiz dastavval eng e’tibor berishimiz kerak bo’ladigan narsa uning tilimiz rivojiga o’z asarlari bilan qanday ta’sir o’tkazayotgani bo’ladi. Badiiy asarning bosh unsuri so’z, umuman, til ekan, ana shu asarning chinakam san’at darajasiga ko’tara olishida uning tili, muallifning til vositalarini qay darajada qo’llay olishi asosiy omildir. Adabiyotimizda iz qoldirgan har bir ijodkor asarlarining tilini o’rganish, birinchidan, adibning mahoratini o’rganish, shu bilan birga, tilimiz rivojiga uning asarlari tili ta’sirini, tadqiqotning esa tilshunosligimiz taraqqiyotiga qay darajada ta’sir ko’rsatayotganligini belgilash ehtiyojidan kelib chiqadi. Tabiiyki, badiiy asarni lingvopoetik tahlil qilishning bir qator tamoyillari mavjud. Badiiy matn lingvopoetikasi muammosini o’zbek tili materiallari asosida mufassal tadqiq etgan M.Yo’ldoshev lingvopoetik tahlilning quyidagi asosiy tamoyillarini ko’rsatadi:
shakl va mazmun birligi asosida yondashuv;
makon va zamon birligidan kelib chiqish;
umumxalq tili va adabiy til munosbati asosida baholash;
badiiy matnga badiiy-estetik yaxlitlik sifatida yondashuv;
badiiymatnda poetik aktuallashgan til vositalarini aniqlash;
badiiy matndagi eksplitsitlik va implitsitlik nisbatini aniqlash;
badiiy matndagi intertekstuallik mexanizmlarining lisoniy va semantik xususiyatlarini aniqlash.
Lingvopoetika lingvistik poetikaning qisqargan shakli bo‘lib, badiiy asarlarda qo‘llanilgan lisoniy birliklar: fonetik, morfemik, leksik va boshqalarning badiiy- estetik vazifalarini, tilning konnotativ funksiyasini o‘rganadi. Boshqacha aytganda, lingvopoetika tilshunoslikning badiiy nutqni o‘rganuvchi bo‘limidir. Lingvopoetik tahlilda badiiy matnda poetik aktuallashgan til vositalarini aniqlash muhim tamoyillardan ekanligini alohida ta’kidlanadi, chunki ―bunday vositalarning lingvistik va badiiy mohiyatini ochib berish orqali badiiy mazmunning shakllanishi va ifodalanishi mexanizmlarini aniq tasavvur qilish mumkin. Chindan ham, badiiy matnning estetik qimmatini bevosita belgilash va baholashda ayni shu tamoyil qulay va boshqa tamoyillar asosida ish ko’rishda ham zamin vazifasini bajarishi mumkin. Buning ustiga, mazkur tamoyil asosida lisoniy badiiyatni tasavvur qila olish boshlovchi tahlilchiga ham og’irlik tug’dirmaydi, chunki tahlil qilinadigan ob’yekt matndagi aniq til birliklaridir. Badiiy asar tilining lingvistik jihatdan tadqiq qilinishi bugungi kunda dolzarb mavzulardan biri bo'lib qolmoqda. Tilshunoslik sohasida yaqin vaqtlar ichida olib borilgan ko'plab tadqiqotlar aynan badiiy asar tilining lеksik- sеmantik, morfologik, sintaktik, punktuasion, stilistik, progmatik, kognitiv yo'nalishlar asosida olib borildi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
A. Hojiеv. "Lingvistik tеrminlarning izohli lug'ati" –Toshkеnt, 1985. –164 .
Mirtojiеv M.M. O'zbеk tili lеksikologiyasi va lеksikografiyasi. –Toshkеnt, 2000.
–260 b.
Muhammadjonova G. Badiiy asar tahlili. – Toshkent: “Adabiyot uchqunlari”, 2018. 179 b.
M. Yo’ldoshev. Badiiy matn va uning lingvopoetik tahlili. –Toshkent: “Fan”, 2007. –123 b.
Qo’ng’urov R. Begmatov E. Tojiyev Y. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari. Toshkent, “O’qituvchi”, 1992. –98 b.
Dostları ilə paylaş: |