Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 1415
w www.oriens.uz March 2022 ba‘zi bir xususiyatlari haqidagi tasavvurlari shakllanadi. Ko‘p burchaklar tomonlari
burchaklari tengligi bilan aniqlanadi.
Birinchi tanishishda ko‘rish, siljitish, paypastlash usullaridan kiyin son va
o‘lchashdan foydalanadilar. Avval umumiy belgilari: tomonlari, burchaklari, burchak
uchlari ko‘rsatilishi lozim. Bularni bolalar birinchi mashg’ulotlardayoq o‘zlashtirib
oladilar. Faqat nuqtalar qo‘yib ularni birlashtirib, ko‘pburchaklar chizganda
qiynaladilar. xususiyatlarini o‘rgana borish davomida uning yangi xususiyatlari
ochila boradi: ularning 4 ta tomoni, 4 ta burchagi, 4 ta burchak uchi bor.
O‘lchash asosida bolalar o‘zlari uchun yangi xususiyatlar (teng va notenglikni)
aniqlaydilar. O‘lchov asosida bolalar o‘zlari yangi xususiyatlar (teng va notenglikni)
aniqlaydilar. O‘lchov birligi qilib qog’oz tugmasi olinadi: kvadratga 1 ta tasma,
to‘g’ri turtburchak uchun ikkita tasma. Bolalar ixtiyorida doimo xilma xil
ko‘pburchaklar bo‘lishi kerak. Buklash orqali bolalar bir figuradan boshqa figuralar
hosil qiladilar. Ko‘pburchaklarning xossalarini aniqlaydilar. bunda ayniqsa
ko‘pburchaklardan uchburchak hosil qilish va uchburchaklardan boshqa figuralar
hosil qilishga ko‘p e‘tibor berish kerak.
Arifmetik masalalar yechish jarayonida o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini
o‘stirish. Masalalar yechish matematikada o‘qitishni muxim tarkibiy qismidir.
Masalalar echmasdan matematikani o‘zlashtirishni tasavvur ham qilib bo‘lmaydi.
Masalalar yechishida nazariyani amaliyotga tadbiq qilinishi haqida fikr yuritishida
natural sonlar arifmetikasini o‘rganish maqsadga muvofiq masalalar va amaliy ishlar
sistemasi asosida tuzilgan. Arifmetik amallarning mazmunini amallar orasidagi
bog’lanishlarni amalda qo‘llanishlarni bilan natijalar orasidagi baholashlarni ochib
berishda har xil miqdorlar orasidan baxolashlar bilan tanishishiga yechish va ular
haqida fikr yuritish katta axamiyatga ega bo‘ladi.
Sodda va murakkab masalalarni fikrlash qobiliyatini rivojlantirishning foydali
vositasi bo‘lib odatda o‘z ichiga yashirin ma‘lumotni oladi. Masalalarni yechishda
predmetga bo‘lgan qiziqishni rivojlanadi. Umuman mustaqillik, erkinlik, talabchanlik,
mexnatsevarlik maqsadga muvofiqdir.