Ko‘rgazmali masalalar. Dastlab bolalarga mavzu mazmuni to‘g’risida
gapiriladi, hamda berilgan sonlar tasvirlangan rasmlar ko‘rsatiladi. Rasm bo‘yicha
birinchi masalani o‘qituvchining o‘zi tuzadi.U bolalarni rasmlarni ko‘rib chiqishiga,
berilgan sonlarni hamda miqdoriy munosabatlarning o‘zgarishiga olib kelgan hayotiy
harakatlarni ajratib olishga o‘rgatadi. Masalan, rasmda 5 ta shar ushlagan bola
tasvirlangan, u 1 ta sharni qizchaga bermoqda. Rasmni ko‘zatayotib o‘qituvchi: Bu
erda nima tasvirlangan? Bola nima ushlab turibdi? Unda nechta shar bor? U nima
qilmoqda? Biz nimani bilamiz? Masalani shartini tuzing. Nima haqida so‘rash
mumkin? deb so‘raydi.O‘qituvchi berilgan sonlarni o‘zgartirib, bolalarni ayni bir
mavzuda har xil mazmundagi yig’indi va qoldiqni topishga oid masalalarni o‘ylab
topishga, hikoya qilishga o‘rgatishda foydalanadigan hohlagan mazmundagi rasm
asosida masala tuzishga undaydi.
Matematik masalalar sodda va murakkab masalalarga ajratiladi. Bitta amal bilan
echilishi mumkin bo‘lgan masalalarga sodda masalalar deyiladi. Bir nechta sodda
masalalardan tuzilgan va shu sababli ikki yoki undan ortiq amallar yordamida
echiladigan masalalarga murakkab masalalar deyiladi.
Masalan: daraxt shoxida 6 ta qush bor edi. Ulardan 2 tasi uchib ketdi? Bu
masalaga 2 ta teskari masala tuzish mumkin.
1)Daraxt shoxida bir nechta qush bor edi. 2 ta qush uchib ketgandan so‘ng
daraxt shoxida 4 ta qush qoldi. Daraxt shoxida nechta qush qoldi?
2)Daraxt shoxida 6 ta qush qo‘nib turgan edi, bir nechta qush uchib ketgandan
so‘ng 2 ta qush qoldi. Nechta qush uchib ketdi?
Sodda masala orasidan bevosita ifodalangan masala ajratilgan.
1-masala. Bir qutida 8 ta olma bor bu olmalar ikkinchi qutidan 5 ta ortiq.
Ikkinchi qutida nechta olma bor.
Yechish:8-5=3 ta (olma)