Oriental Renaissance: Innovative


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix02.05.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#105927
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ththhhhhhhhhhhh

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 2 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
929 
w
www.oriens.uz
February
2022
 
Kredit liniyasi bir yildan oshmagan xar qanday muddatga to‘lov hujjatlarini 
to‘lash uchun beriladi, u qayta tiklanadigan va tiklanmaydigan bo‘lishi mumkin. 
Bunda limit tugagandan so‘ng bank va qarzdor o‘rtasidagi munosabat o‘z payoniga 
etadi. Ushbu berilgan ta’riflardan ko‘rinib turibdiki kredit liniyasida qarz berish 
muddatlari turlicha T.Kosterinaning fikricha kredit liniyasi qisqa muddatga ochiladi, 
O.Lavrushinning fikricha muddat ahamiyatga ega emas bo‘lib, asosiy e’tibor 
kreditning maqsimal miqdoriga karatiladi. 
Bulardan xulosa qilgan holda xalqaro kredit liniyasiga quyidagicha ta’rif bersak 
maqsadga muvofiq bo‘ladi: xalqaro kredit liniyasi xalqaro moliya institutlari 
tomonidan qarz oluvchilarga ma’lum bir muddatga kredit limiti doirasida kredit 
berish majburiyatini anglatadi. 
Davom ettiriladigan va ettirilmaydigan kredit liniyalari o‘zaro farqlanadi. 
Davom ettirilmaydigan kredit liniyasi ochilib ssuda berilgan va qaytarilgandan keyin 
mijoz va bank o‘rtasidagi aloqalar tugatiladi. Davomlashtiriladigan kredit liniyasida 
kredit belgilangan limit asosida avtomatik ravishda beriladi va qaytariladi. Agar, 
bank tomonidan mijozga kredit liniyasi ma’lum tovarlarga bir shartnoma bo‘yicha bir 
yil ichida pul to‘lash uchun ochilgan bo‘lsa, kredit liniyasi maqsadli bo‘ladi. 
Kreditlash usuli kredit berishda va qaytarishda ishlatiladigan kredit 
hisobvarag‘ini shaklini tanlab beradi. Banklar kreditlash operatsiyalarini amalga 
oshirish uchun ssuda schyotlarini ochadilar. Bank tomonidan beriladigan kreditlar 
muddatiga ko‘ra qisqa va uzoq muddatli bo‘lishi mumkin. 
Qisqa muddatli kreditlar 1 yil muddatga, uzoq muddatli kreditlar 1 yildan ortiq 
muddatga beriladi. 
Qisqa muddatli kreditlarning ham xar xil turlari mavjud, ular bir biridan kredit 
berish shartlari, ta’minlash tarzi, qoplash muddatlari bilan farq qiladi.
Hozirgi kunda qisqa muddatli kreditlar hisobi Adliya vazirligi tomonidan 2004 
yil 17 dekabrda № 1435 son bilan ro‘yxatga olingan, Markaziy banki Boshqaruvining 
2004 yil 27 noyabrdagi 25/9-sonli Qarori bilan tasdiqlangan № 594 sonli “Tijorat 
banklarida kreditlarning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom va 
boshqa Markaziy bankning me’yoriy hujjatlariga asosan tashkil etilgan. 



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin