educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 931
w www.oriens.uz February 2022 tartibi, kredit uchun to‘lovlar, tomonlarning majburiyatlari, javobgarligi, boshqa
shartlar ko‘rsatiladi.
Kredit bo‘limining farmoyishiga ko‘ra, hisob operatsion bo‘limida kredit
oluvchi korxonaga kredit hisob varag‘i ochiladi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning
mulkchilik shakliga qarab, tegishli balans hisobvarag‘i bo‘yicha kredit hisobvarag‘i
ochiladi. Masalan: fermer xo‘jaliklariga kredit berish uchun 13101 balans
hisobvarag‘i bo‘yicha kredit hisobvarag‘i ochiladi. Kredit hisobvarag‘i ham 20 ta
razryaddan iborat bo‘lib, uning ichida kredit olmokchi bo‘lgan fermer xo‘jaligining
xos raqami (unikal kodi) bo‘lishi lozim. Masalan, mijozga berilgan unikal kod
04952452 bo‘lsa AQSH dollarida berilgan kreditni hisobga olish uchun qarz oluvchi
fermer xo‘jaligi ekanligini hisobga olgan holda quyidagi hisobvaraq ochiladi.
13101840K04952452001
Bu hisobvaraqda bank tomonidan fermer xo‘jaliklariga berilgan qisqa muddatli
kreditlarning hisobi yuritiladi. Hisobraqamning debetida xususiy korxonalarga
berilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi. Hisobraqamning kreditida esa
qarzdorlar tomonidan qaytarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi. Bu hisobvaraq
bo‘yicha analitik hisob xar bir qarzdor va kreditlarning turlari bo‘yicha alohida
shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. Tijorat banklarida kreditlarni hisobga olish uchun O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligida 2004 yil 13 avgust 773–17–son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan,
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004 yil 17 iyuldagi №
578 qarori bilan tasdiqlangan va 17–30–son o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan birga
«O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari
rejasi»da keltirilgan hisobvaraqlardan foydalaniladi. Shuningdek, O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki tomonidan bank operatsiyalarini hisobga olish bo‘yicha
chiqarilgan me’yoriy hujjatlar asosida olib boriladi. Xorijiy valyutada berilgan kreditlarni hisobga olish uchun quyidagi balans
hisobvaraqlaridan foydalaniladi: 1) qisqa muddatli kreditlar uchun: 11900 - Markaziy bankka berilgan qisqa muddatli kreditlar
12100 - Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
12300 - Hukumatga berilgan qisqa muddatli kreditlar
12400 - Byudjet tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar
12500 - Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
12600 - Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar