Oriental Renaissance: Innovative


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 377,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/12
tarix24.04.2023
ölçüsü377,77 Kb.
#101933
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
o-quvchilarni-intellektual-rivojlantirishning-psixologik-pedagogik-xususiyatlari (4)

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 12 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
33 
w
www.oriens.uz
December
2022
 
Psixolog olimlar M.Akimova va E.Golubevalar tadqiqotlarida intellektni 
rivojlanishi faollikka bog‘liq ekanligini isbotlab berganlar. Intellektual faollikning 
etishmovchiligi bosh miyaning qon bilan ta’minlash darajasining pasayishi o‘z 
navbatida intellektning holatiga, shuningdek, xotirasiga ta’sir qilishga olib keladi. 
Xotiraning holati intellektning rivojlanish darajasi bilan tig‘iz bog‘liq bo‘lib, inson 
intellektual qobiliyatining harakatlanishi to‘la bo‘lmasligi-bu xotiraning pasayishini 
birinchi belgisi hisoblanadi.
P.Anoxin va E.Polejayevlar shaxsning psixofiziologik xususiyatlari bo‘yicha 
olib borilgan ilmiy tadqiqotlarida o‘z aksini topgan. A.N.Leontev tafakkur 
psixologiyasi predmeti yuzasidan mulohaza yuritib, tafakkurni ko‘rinishlaga ajratadi, 
fikr yuritihshning faoliyati ekanligini tan oladi, lekin uni predmetli-amaliy faoliyat 
deb nomlaydi. 
M.K.Akimovaning fikricha, intellekt asosini ayni shu aqliy faollik tashkil etadi, 
ayni vaqtda u o‘zini-o‘zi boshqarish sifatida faqat vazifani hal etishuchun zarur 
bo‘lgan faollik darajasini ta’minlaydi. 
E.A.Golubeva ham ana shu fikriga qo‘shilib, faollik va o‘z-o‘zini boshqarish 
intellektual samaradorlikning tayanch omillaridan biri ekanligini ta’kidlaydi va bunga 
yana mehnat qobiliyatini ham qo‘shadi. 
Intellekt tabiatiga qobiliyat sifatida qarashda jon bor. Mazkur muamoga inson 
psixikasida onglilik va ongsizlikning nisbati nazaridan qaralsa, u yaqqol ko‘zga 
tashlanadi. Muammoning hal etilishi turli darajalarda yetakchi rol o‘ynaydi. Agar 
masalani qo‘yilishi va hal qilinishi bosqichida ong yetakchilik qilsa, “g‘oyalar 
inkubatsiyasi” bosqichida va gipotezaning tug‘ilishi davrida ongsizlikning faolligi hal 
qiluvchi rol o‘ynaydi. Insoniyat kutilmagan kashfiyot, bashorat qilish vaqtida g‘oya 
“kalit-qulf prinsipi” prinsipi bo‘yicha “qisqacha to‘xtab qolish” g‘oya ong ichiga 
yorib kiradi, ana shu paytda yorqin emotsional kechinmalar yuz beradi. Gipotezalarni 
tanlash, tekshirish bosqichida esa yana ong yetakchi mavqeni egallaydi. 
XULOSA 
Shunday xulosa qilish mumkinki, intellektual akt vaqtida ong yyetakchilik qiladi 
va muammoning hal etilishini boshqaradi, ongsizlik esa boshqarish obekti sifatida 
namoyon bo‘ladi, ya’ni subdominant holatida bo‘ladi. Intellektual xulq-atvor o‘yin 
qoidalarini qabul qilishdan boshlanadi, buni esa psixikaga ega bo‘lgan sistemadan 
intellekt muhit talab qiladi. Intellektual xulq mezoni esa muhitni o‘zgartirishi emas, 
balki individning muhitga moslashishi uchun muhit imkoniyatlarni ochishdir. 

Yüklə 377,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin