Oriental Universiteti pedagogika va psixologiya yoʻnalishi 2-15 guruh talabasi Xoliqova Dilnozaning



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə2/3
tarix12.06.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#128894
1   2   3
Xoliqova Dilnozaning ,,Rivojlanish psixologiyasiʼ

Yosh davrlari psixologiyasi ontogenezdagi turli yosh davrlari psixik taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini, psixik rivojlanishi hamda psixologik xususiyatlarni o`rganadi.
Ontogenez-(yunoncha, ontos-mavjud, jon zot; genezis- kelib chiqish, paydo bo`lish)–individning paydo bo`lishidan umrining oxirigacha psixik rivojlanish jaryoni.
Yoshningulg`ayib borishi, psixik jarayonlarning inson rivojlanishidagi qonuniyatlari,undagietakchiomillarhamdainsonhayotyo`liningturli bosqichlarida uning shaxsiga xos xususiyatlar yosh davrlari psixologiya fanining tadqiqotpredmeti hisoblanadi. Ma'lumki, shaxs tarkib topish jarayonining psixologik qonuniyatlarini, uning ilmiy asoslarini mukammal bilmayturib, ta'lim va tarbiyaningnazariy hamda amaliy masalalarini muvaffaqiyatli hal etib bo`lmaydi
Beruniy ta'lim jarayonining tabiatiga chuqur kirib borib, bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish asosida qurilgan o`qitish tabiatiga uyg`unligini uqtiradi. Beruniy pedagogik ijodida inson va uning baxt-saodati, ta'lim-tarbiyasi, kamoloti bosh masala bo`lgan. O`rta asrda yashab ijod etgan donishmand, tabobat ilmining dohiysi Abu Ali ibn Sino inson ruhiyati, tana va qalbning birligi, inson organizmining tuzlishi, undagi nerv faoliyati va ularning tarmoqlanishi, holatari haqidagi qimmatli ma'lumotlari hozirga qadar tibbiyotning muhim negizini tashkil etadi.
Yusuf Xos Hojib ijodining bosh masalalaridan biri-komil insonni tarbiyalashdir. Adib o`z asarlarida eng komil, jamiyatning o`sha davrdagi talablariga javob bera oladigan insonni qanday tasavvur qilgan bo`lsa, shu asosda u o`z tamoyillarini izchil bayon etadi. «Qutadg`u bilig» («Saodat yo`llovchi») asari ta'lim va tarbiya, ma'naviy kamolotning yo`l-yo`riqlarini, usullarini, chora tadbirlarini o`zida mujassamlashtirgan, ahloq va odobga doir ma'naviy manbadir.
Hozirgi kunda mamlakatimizda ham yosh davrlar psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining muhim muammolariga doir qator ilmiy-amaliy tadqiqotlar psixolog olimlar tomonidan olib borilmoqda.
Respublikamizdagi etakchi oliygohlarning kafedra va labaratoriyalarida yosh davrlari va ta'lim tarbiyaning psixologik xususiyatlari bilan bog`liq jarayonlarni tadqiq etish yuqori malakali mutaxassislar tomonidan maxsus texnikalar bilan jihozlangan sharoitlarda ilmiy-tadqiqot ishlari samarali yo`lga qo`yilgan.
Mazkur muammolarning echimi hozirgi zamon fanining metodologik tamoyillari asosida, yaqin va uzoq horijiy mamlakatlarida bu borada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning yutuqlari va g`oyalari haqidagi ma'lumotlarga ega bo`lgan holda o`zining munosib o`rnini egallab bormoqda. Bu borada T.QoriNiyoziy, S.Rajabov, P.I.Ivanov, M.Vohidov, M.G.Davletshin, E.G`oziev, R.G`aynutdinov, B.Qodirov, R.I.Sunnatov, A.Jabborov va boshqalarning ilmiy tadqiqotlarning ilmiy tadqiqotlarini e'tirof etish mumkin
Insonni dunyoga kelishi, faqat tug‘ilishdan iborat tabiiy-biologik hodisa emas, balki tug‘ilgandan keyin o‘z zamonasining tarakqiyoti darajasiga ko‘tarilishi, mavjud ijtimoiy-tarixiy tajribani egallashi, jamiyatda o‘z o‘rnini belgilab rlishi, tarixiy jarayonning faol ishtirokchisiga aylanishi, o‘z e’tiqodiga, o‘zligiga, hayotda o‘z o‘rniga, mavqeiga ega bo‘lishi va buning uchun tarbiya olishi kerak bo‘ladi. Bu jarayonda katta avlod o‘zining yashash, kurash va mehnat tajribasini, bilim va malakalarini kichik avlodga beradi. Bu esa tarbiya deb ataladigan insonning shakllanishida, rivojlanishida muhim o‘rin tutadigan ijtimoiy hodisa orqali amalga oshiriladi. Jamiyat rivojlangan sari barkamol, etuk shaxslarni etishtirish ham ortib hamda o‘zgarib boradi. SHu kabi hayotiy ehtiyojlar zamirida Pedagogika fani paydo bo‘ldi.
Pedagogika atamasi ham lug‘aviy ma’nosi jihatidan «bola etaklovchi» ya’ni tub ma’nosiga qaraydigan bo‘lsak «tarbiyachi» degan ma’noni anglatadi.
Pedagogika atamasi ham lug‘aviy ma’nosi jihatidan «bola etaklovchi» ya’ni tub ma’nosiga qaraydigan bo‘lsak «tarbiyachi» degan ma’noni anglatadi.
Har bir mustaqil fan o‘zining predmeti va metodik asosiga ega bo‘lgani kabi Pedagogika fani ham fan sifatida shakllanib, o‘z predmetiga ega bo‘ldi. Barcha ijtimoiy fanlar kabi jamiyatdagi o‘zgarishlar, inqiroz, yuksalishlar Pedagogika fanining metodologiyasi, o‘qitish jarayoni, g‘oyalar rivojiga ham o‘z navbatida ta’sirini ko‘rsatadi. Lekin insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, hamma davrlarda pedagogik faoliyat, tarbiyaviy jarayon mavjud bo‘lgan. SHu sababli ham tarbiya jarayonini ijtimoiy hayotning ajralmas qismi deb qarash, hamda oldin tarbiyaviy ishlarni olib bormasdan turib, insoniyat hayotidagi buyuk o‘zgarishlarni, jamiyatni rivojlanishini, farovon turmush tarzini tasavvur qilish qiyin.
Buyuk alloma A.Avloniy ta’kidlaganlaridek: «Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir». Haqiqatan ham inson hayotini saodatga, sof insoniy faoliyatga erishishda tarbiyaning roli nihoyatda muhim.

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin