Ko‘p qatlamli origami. Bu bir turdagi origami, boshqa origami turlaridan bir
qancha murakkab bo‘lib ko‘p buklanishlardan kerakli shakllarni yasashni va ko‘p
mehnatni talab qiladi. Bu kabi origami mahsulotini tayyorlash uchun uning sirsinoatlarini bilish va tajriba kerak bo‘ladi. Bu origamida hajmning kattaligi emas,balki, bu sxema qanday ishlab chiqilganligini ham aks ettiradi. Ko‘rib chiqish,shuningdek, yangi origami diagrammasini yaratish uchun uslub sifatida ishlatiladi.
Nam qog‘ozdan yasaladigan origami. Bu tur Akira Yesidzyava tomonidan
o‘ylab topilgan bo‘lib, suv bilan namlanadigan qog‘ozdan foydalangan holda
yasalishi bilan boshqalaridan ajralib turadi. O‘simlik va hayvonlarning shaklini
yaratish uchun qog‘ozlarni namlash usuli chiziqlarni yanada yumshoq, shakllarni
esa juda ishonarli va jonli bo‘lishiga yordam bergan. Ushbu turdagi origamini
tayyorlash uchun maxsus qog‘oz ishlab chiqariladi, unga suvda eruvchan yelim
qo‘shiladi.
Origami usulida o’yinchoqlar yasashga o’rgatishning ahamiyati.Bolaning ijodiy faoliyatida origami katta ahamiyatga ega.Origami bolaning kichik qo’l motorikasini rivojlantiradi. Oddiy qog‘oz bo‘lagidan turli ajoyib modellar yasashni o‘rganish jarayonida aqliy qobiliyatlari o‘sadi , tafakkuri va ijodiy fikrlash tarkib topadi, shuningdek, atrof olam haqida juda muhim ko‘nikmalarga ega bo’lishga yordam beradi.Origami yasash jarayonida bola barmoqlarini muvofiqlashtirish, tassavvurni ishga solish, go’zallikni xis qilishni o’rganadilar.Geometriya sohasiga oid tushunchalar, figuralar turli figuralar bilan tanishadilar.Bularning barchasi Bolani rivojlanishi uchun muhimdir. Olimlarning aniqlashicha nozik motorikalarning mashqlantirish orqali miya yarimsharlari rivojlanadi. Bu esa o‘z navbatida ko‘plab boshqa qobiliyatlarning rivojlanishiga va nutq uchun xizmat qiladiganneyronlarning ham takomillashishiga xizmat qiladi.Mayda motorikani rivojlantirishning eng samarali vositasi bu origamidir.Yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda origami bolaning nutqni,kashfiyot qilishni,talaffuzni yaxshilash va so‘z boyligini boyitishni,yozish ko‘nikmalari uchun qo‘l harakatlarini tayyorlaydi,diqqatni, sabr-toqatni, kerak bo‘lganda aniq ushlab turish qobiliyatini rivojlantiradi,tasavvurni rag‘batlantirish, ijodkorlikni namoyon etish,tekislik va fazoda geometrik shakllarni farqlash kabi xususiyatlarni rivojlantiradi. Origami bolalarning konstruktiv fikrlashini, ularning ijodiy tasavvurini,
badiiy didini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega shuningdek, bolaning mehnat
qobiliyatini yaxshilaydi. Origami bilan muntazam ravishda shug‘ullanish – mustaqillikni rivojlantirib,ta’limga muvaffaqiyatli tayyorgarlik ko‘rish, diqqatni jamlashga yordam beradi Bolalarning konstruktiv ijodkorligi, tafakkur turlarini rivojlantirishda origamining ta’siri va ahamiyati bir qator nufuzli rus olimlari (D.V.Kutsakova,Z.V.Lishvan, L.V.Panteleyeva va boshqalar) ning tadqiqotlarida aks etgan. Ushbu tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, origami maktabgacha yoshdagi bolalarning nozik motorli ko‘nikmalarini rivojlantirishga, shuningdek, ko‘z va sensor vositasini yaxshilashga faol hissa qo‘shadi. Hozirgi vaqtda bu sohada izlanishlar olib borayotgan Y.V.D. Shumakov, E.Shumakovalar origami darslari miya faolligini oshirishga yordam berishi va maktabgacha yoshdagi bolalarning har yarmini ishlatishni muvozanatlashishiga hissa qo‘shishini, bu esa aqlning oshishiga, aql-zakovat, hislar,tasavvurlar, kuzatuvchanlik kabilarni rivojlanishiga yordam beradi. Ijodiy va obrazli tafakkur faollashadi, tafakkurning tezligi, moslashuvchanligi, o‘ziga xosligi ortib boradi deb hisoblashadi. Bu borada mashhur nemis pedagogi Fridrix Frebelning ham hissasi katta.
Frebel “Hayot, harakat va bilim bir garmoniyaning uch qismidir” deb izohlagan.
Uning tarbiya va ta’lim falsafasi to‘rtta muhim komponentni o‘z ichiga oladi:
Mustaqil faoliyat;
Ijodkorlik;
Jamiyat hayotida faol ishtirok etish;
Jismoniy faoliyat.
Ushbu g‘oyalarga asoslanib, u bolalariga ta’limiy o‘yinlarni, obyektlar bilan
ishlashni taklif qildi. U geometriya asoslarini o‘rgatar ekan, turli o‘lcham va
hajmdagi taxtachalar va qog‘oz bo‘laklaridan boshqa shakllar yaratishni o‘rgatishga harakat qildi. Bu yangi g‘oyani hayotga olib kelishga urinib, u o‘z shogirdlari bilan oddiy qog‘ozdan shakllar yasash ishlarni birlashtiradi, aslida esa, origamini pedagogik
jarayonga joriy qilish bo‘yicha birinchi qadamni qo‘yadi. Afsuski, XIX asrning
boshlarida Frebel origami bilan to‘liq tanish bo‘lishi mumkin emas edi. Shunday bo‘lsada, uni jasorat bilan birinchilardan bo‘lib ta’limga origamini olib kirgan
pedagog deb atash mumkin. Zero, rasmlarga qarab qog‘oz buklamlaridan turli buyum o‘yinchoqlar yasash 4-5 yoshli bolalardan tortib maktabning boshlang‘ich sinfi o‘quvchilarining ham tasavvur doirasini kengaytirishi, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini o‘stirishi shubhasizdir.
Bugungi kunga kelib origami alohida amaliy san’at turi sifatida butun dunyoda keng ommalashgan. Bolani band qilish uchun hech narsa yo'qmi? Unga oddiy origami qog'ozini qanday qilib katlamoqni o'rgating. Bu nafaqat uni qiziqtiradi, balki rivojlantiradi nozik vosita mahorati barmoqlar, sabr-toqat va diqqatni o'rgating, sizni atrofingizdagi dunyo bilan tanishtiring. Bolalar o'z qo'llari bilan biron bir narsani qilishni yaxshi ko'radilar, va nafaqat bolalar, balki keyinchalik g'urur bilan: "Men buni o'zim qildim", deyishingiz uchun biror narsa yaratish har doim yoqimli. Har qanday ijodiy faoliyat bolalarning intellektual rivojlanishiga hissa qo'shadi.
Origami usulida o’yinchoq yasash texnologiyasi. Quyida bir qator o‘yinchoqlarni origami usulida yasash texnologiyasining chizmalarini keltirib o‘taiz.