«Do‘ppi» ni origami usulida yasash. Kvadrat shaklidagi katta-kichikligi ihtiyoriy qog‘ozni olib‚ diagonal bo‘yicha uning markazini aniqlaymiz. So‘ngra teng ikkiga buklaymiz, qolgan burchagining biri olinib, markaz tomoni bo‘yicha buklanadi, orqa tomoni ham xuddi shunday buklanadi. Buklangan tomoni ichki tomonga qarata buklanib, boshqa burchagini 1 sm qayirib olinadi, pastki qog‘ozning burchaklari qayirib, buklanib chiqiladi va chetidagi burchakka kirgizib qo‘yiladi. Orqa tomoni ham xuddi shunday bajariladi. Manna‚ do‘ppimiz tayyor, endi uni bezatishimiz kerak. Ingichka mo‘yqalamni olib, oq rangga botiramiz, do‘ppining to‘rt tomoniga garmdori shakli chiziladi. Do‘ppilarning gulidagi garmdori shaklining tasvirlanishi bolalar chidamli, qo‘rqmas, matonatli, sabrli bo‘lishi kabi ma’noni anglatadi. Qizlarimiz do‘ppilarni turli ranglardan foydalanib, har - xil gullar bilan bezatib chiqadilar. Bu esa qizlarning doimo guldek ochilib, chiroyli bo‘lib yurishlarini ifodalaydi hamda bir yo‘la ularning boshlarini oftob issig‘idan asraydi. Buvijonlarimizning aytishlaricha, bosh kiyimni juda ehtiyot qilish kerak. Eskirganda ham tashlab yubormay, undan yana ro‘zg‘orda yordamchi buyum sifatida foydalanish mumkin. Qizlarimizning do‘ppilariga gulni mana bunday chizamiz, gul o‘rtasiga sariq rangli nuqta quyib, atrofiga qizil rangda gul yaproqlarini chizamiz. Agar uyingizda do‘ppingiz bo‘lsa, unga qarab gulni chizsangiz ham bo‘ladi. Har xil rangdan foydalanayotganda mo‘yqalamni yaxshilab yuvib, salfetkada artib olishni unutmang. Quyida «Origami»‚ya’ni qog‘ozni buklash orqali do‘ppi‚ baliq‚ to‘tiqush‚ jirafa yasashni bosqichma-bosqich ko‘rsatib o‘tamiz.
1. Kvadrat qog’oz olinadi. Bunda 10 × 10 sm o’lchamdagi kvadrat varaq olish kerak. Kattaroq o’lchamlardagisi ham bo’ladi, asosiysi uning kvadrat bo’lishi.
Kvadrat diagonal qilib qatlanadi va yana to’g’rilab olinadi (bu diagonal chiziq ko’rinishi uchun kerak).
Chiqqan diagonal chiziqqa qog’ozning ikkita pastki tomoni bukiladi.
Shakl boshqa tomonga buriladi va pastki burchaklarni yana bir bor diagonal chiziqqa keltiriladi.
Olingan shakl o’rtasidan teng ikki qismga bo’linadi: pastki burchagi yuqori burchak bilan tutashtiriladi.
Ingichka uchining burchagi pastga tomon bukiladi (uzunligi xohishga ko’ra). Bu burchakda oqqushning boshi bo’ladi.
Endi shakl yuza tomonidan ikkiga qatlanadi.
Oqqush bo’ynini tepaga, boshi esa oldinga chiqariladi.
So’nggi navbatda qushning boshiga qo’shimcha shakl beriladi. Ichki qatlamlar ochiladi, mavjud bo’lgan yordamchi chiziqlar bo’ylab qatlanadi. Tumshug’ini shakllantirish uchun uch qismi biroz yuqoriga ko’tariladi.