Origami usuli



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə1/6
tarix28.11.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#167842
  1   2   3   4   5   6
8-ma\'ruza sahnalshtirish


8-MAVZU: QOG‘OZDAN BUKLASH YO‘LI BILAN O‘YINCHOQ YASASH (“ORIGAMI USULI”).
Reja:
1.Origami san’atining kelib chiqish tarixi.
2. Origami usulida o’yinchoq yasashga o’rgatish ahamiyati.
3. Origami usulida o’yinchoq yasash.
4.Origami usulida o’yinchoq yasash uchun zaruriy materiallar.
Tayanch so’zlar va iboralar: origami, teatr aktyori, tasavvur, mustaqil fikrlash, badiiy-ijodiy qobiliyat., badiiy faoliyat,v haykaltaroshlik, nostandart faollik
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyasi: T sxemasi, muammoli ta’lim, klastr, diologik yondoshuv.
1.Origami san’atining kelib chiqish tarixi.
«Origami» so‘zining kelib chiqishi yapon tiliga mansub bo‘lib, ikki ibora “ori” – buklangan va “gami” – qog‘oz degan ma’nolarni anglatadi. Origami deyilganda odatda to‘rtburchakli qog‘ozlarni buklab turli buyum va o‘yinchoqlarni yasash tushuniladi. Origami san’at sifatida ilk marotaba IX-XII asrlarda Yaponiyada paydo bo‘lgan. XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib‚ bu san’at Yevropa mamlakatlariga ham tarqalib, rivoj topa boshladi. Har qanday buyumlarni yasashning izchil tizimiga ega chizma suratlar sifatida tasvirlash urfga kirdi. Zero, rasmlarga qarab qog‘oz buklamlaridan turli buyum o‘yinchoqlar yasash 4-5 yoshli bolalardan tortib maktabning boshlang‘ich sinfi o‘quvchilarining ham tasavvur doirasini kengaytirishi, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini o‘stirishi shubhasizdir.
Bugungi kunga kelib origami alohida amaliy san’at turi sifatida butun dunyoda keng ommalashgan. Bolalar uchun origami  qo'llarini baholashga imkon beradi, juda muhim ko'nikmalarni egallashga yordam beradi, Ijodiy va fazoviy fikrlashni, barmoqlarni, harakatlarni muvofiqlashtirishni, tasavvurni, nozik psixomotor ko'nikmalarni rivojlantiradi. Bola aniq bilimlarni yaxshiroq tushunadi, masalan, geometriya sohasida. Qog'oz origami - bu qiziqarli va hayajonli tajriba. Ham kattalar, ham bolalar uni yaxshi ko'rishadi. Ayniqsa, 3 yoshdan 15 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun origami bilan shug'ullanish foydalidir. Bu san'at turi qo'lda epchillikni, fazoviy tasavvurni va ijodiy fikrlashni rivojlantiradi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin