Oʻrin bildiruvchi indikatorlar
Ravat. Bu indikator Xorazmda Qыzыlravat, Sharavat kabi toponimlar
tarkibida uchraydi. Hozirgi aholi tilida ma’nosi unutilgan. V.V.Bartold terminning
arab tilidan oʻtganini, dastlab bu soʻz shahar tashqarisidagi qism (oʻrin)ini
bildirganini yozadi. Uning qayd etishicha, bu terminning rabot formasi dastlab
otlarni bogʻlaydigan joy (ya’ni ogʻil), soʻngra chegara posti, qoʻrgʻon, qazarma,
qal’a kabi ma’nolarni ifodalagan.
Avliya. Xorazm toponimiyasida «muqaddas joy, mozor» ma’nosida
qoʻllaniladi. Qazaqavliya, Shagʻalavliya, Orыsavliya, Qaravulavliya va hokazo.
Bu indikator koʻpincha avliyabuva shaklida «buva» soʻzi bilan qoʻllaniladi.
Shu sababdan boʻlsa kerak «buva» soʻzi indikator funkstiyasini ham bajaradi.
Koʻpincha toponimlar tarkibidan indikatorlarning oʻzi tushirib qoldirilib «buva»
soʻzi bilan atalaveradi. Masalan: Buva (
Kөchä. Bu indikator joy nomi sifatida va suv obyektlari va daralarni nomlash
uchun qoʻllanilgan. Tyanshan etaklarida Oqsu okrugida Koʻcha shahri bor.
Muzart deltasida joylashgan shahar yaqinida Koʻchatograk qishlogʻi mavjud.
Qadimgi Xitoy manbalarida Koʻcha-Guysti nomi bilan mashhur.
Oram. Xorazm toponimiyasida Savunchы oram, Baqqallar oramы,
Xärrätläroram, Qыrgʻыzyaporam, Qaravuloram kabi oʻnlab nomlarda uchraydi.
Janubiy Xorazm shevalarida faol qoʻllanilib, «mahalla, koʻcha, kvartal»
ma’nolarini anglatadi. Bu termin boshqa oʻzbek shevalarida ham mavjud.
Jumladan, Sayramda «koʻcha» (ulista) ma’nosini bildiradi .
Qoraqalpogʻistondagi oʻzbek shevalarida oram ikki xil variantga ega boʻlib
«koʻcha, el, elat, qavm» ma’nolarini anglatadi.
Dostları ilə paylaş: |