Sirpanuvchi churralar. Bu churra xaltasining devorlaridan birining qorinpardasi bilan qisman
qoplangan (masalan, siydik qopi, yuqoriga ko'tariladigan va pastga tushadigan yo'g'on ichak) a‟zolar
tashkil qiladigan churralardir. Churra xaltasi kamdan-kam hollarda batamom bo‟lmaydi.
Yo'g'on ichakning sirpanuvchan churralari aksariyat qiyshiq chov churralarida bo‟ladi.
Sirpanuvchi churralar hamma chov churralarining 0,6-3,6 % ini tashkil etadi. Ular tug‟ma va
orttirlgan bo‟lishi mumkin.
Yo'g'on ichak sirpanuvchan churrasining maxsus simptomlari bo‟lmaydi. Odatda bu yoshi
ulg'aygan va keksa odamlardagi churra darvozasi keng va katta churradir.
Qovuqning sirpanuvchan churralarida siydik chiqarish buziladi yoki siydik ikki bo‟lib
chiqariladi, avvaliga bemor kovug'ini bo'shatadi, keyin churra bo‟rtmasini bosganidan keyin
kaytadan siydik chiqarish mayli paydo bo‟ladi va bemor yana siyadi.
Qovuqning sirpanuvchan churrasiga shubha qilinganda qovuqni kateterlash va sistografiya
qilish zarur.
Quyidagi hollarda sirpanuvchan churra borligiga taxmin qilish mumkin:
1.
Katta va uzoq davom etuvchi, churra darvozasi keng chov churralarida.
2.
Ko‟p retsidivlanuvchi churralarda.
3.
Bemorning maxsus shikoyatlari, yani ayrim a‟zolarning sirpanish belgilari borligi.
4.
To‟g‟rilanmaydigan yoki qisman to‟g‟rilanmaydigan churralarda.
5.
Churra xaltasini bosganda hamirsimon konsistensiya aniqlanishi.
6.
Siydikning ikki bo‟lib chiqarilishi.
Dostları ilə paylaş: |