Kindikdan yuqorida oq chiziq eni 2-3 sm ga yetadigan, serbar, biriktiruvchi to‟qimali
plastinkadan iborat. Qorinning to‟g‟ri mushaklari qinini hosil qiladigan aponevrozlar chiziqqa
o'tayotganda qiya yo‟nalib bir-biri bilan kesishadi va ayrim kishilarda birmuncha kattalashib
ketadigan va churra chiqadigan joy bo‟lib xizmat qiladigan yog'li kletchatka bilan to‟lgan
Qorinning to‟g‟ri mushaklari kindikdan pastda deyarli pastda joylashgan to‟qimalar bilan
birlashib turadi. Bunday joylashgan churralarning nixoyatda kam uchrashi shu bilan izoxlanadi.
Qorin yuqori sohasining anatomik srukturasida ham churra bo‟rtmalari hosil bo‟lishiga sharoitlar
mavjuddir. Bu sohada qorinning to‟g‟ri mushaklari diastazlari orasidagi yoriqlarni nazarda tutish
lozim. Bu diastazlarning bir qismi V-VII-qovurg‟alarga, boshqalari esa to‟sh suyagining
xanjarsimon o'simtasiga yopishadi.
Mushak-aponevrotik tuzilmalar tonusi buzilganda, qorin bo‟shlig‟i ichidagi bosim oshganda bu
yoriqlarga qorinpardasi oldidagi yog', shuningdek qorinpardasi kirib qolishi mumkin, me‟da
kasalligi bularning qisilib kolishiga sabab bo‟lishi extimol, bor.
Oq chiziq churralari joylashuviga ko‟ra kindik ustida joylashgan qorin ustki churralari va
kindikdan pastda joylashgan qorinning pastki churralariga bo‟linadi.
Qorin ichki bosimining talaygina ko'tarilishi ta‟siri natijasida aponevrozlardagi yoriqlar orqali
(normada undan tomirlar, nervlar o‟tadi) avvaliga qorinpardasi oldidagi yog' bo'rtib chiqadi, u
ba‟zan qorin devori mushaklarini taranglashtirilganda yumaloq zichlashma qorinpardasi oldidagi
lipoma ko'rinishida paypaslanadi. Keyinchalik qorinparda ham bo'rtib chiqadi va haqiqiy churra
hosil bo‟ladi.
Dostları ilə paylaş: