Mushak–aponevrotik usul. Bu usul hozirgi kunda keng qo'llanilmokda. Chov churralarida –
Jirar, Spasokukoskiy, Bassini, Postemskiy, Leksner usullari, kindik churrasida – Meyo usuli,
operatsiyadan keyingi va qorinning oq chizig‟i churralarida – Sapejko usuli qo'llaniladi.
Maqsad biologik yoki sintetik materiallar bilan plastika qilish. Bu usul ham keng
qo'llanilmokda.Ventral churralarda plastik materiallarning qo'llanilishi alohida ko‟rsatmalarga ega:
1. Ko‟p marta retsidivli churralar.
2. Qorinning old devori kuchsizlanib, mushaklar, fassiya va aponevrozlarning atrofiyasi
bo‟lgan katta churralarda.
3. Katta operatsiyadan keyingi ko‟p kamerali churralarda, to‟qimalarni tortishning iloji
bo'lmasa, yoki taranglashgan xolati kuzatilganda
4. Gigant churralarda to‟qimalarini dublikatura qilganda tortilib, qorin bo‟shlig‟i hajmi torayib
qolganda, qorin bo‟shlig'I bosimi oshganda (Abdominalis compartaments sindromi)
5. Og'ir chov churralarida (katta to‟g‟ri, qiyshik, sirpanuvchi), qorin mushaklari atrofiyasida,
aponeroz tolalari tarqalib ketgan holatlarda.
Churralarni operativ davolashda yo‟l qo‟yiladigan xato va kamchiliklar:
1. Chov churralarining topografiyasiga bog‟liq (unirng tug'irlanishi yoki tug'irlanmasligidan
kat‟iy nazar) holatlarda uchraydigan xatoliklar.
2. Churra xaltasi ichidagi a‟zolarning alohida sharoitda bo‟lishiga bog‟liq bo‟lgan holatlar.
3. Gernioplastika qilishda noto‟g‟ri tanlangan usullar.
Dostları ilə paylaş: |