O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi o‘rmon huquqining asosiy manbai hisoblanadi.
2023-yil 30-apreldagi kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi o‘z normalarida birinchi marta inson va uning atrof-muhit o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir sohasiga konstitutsiyaviy ahamiyat berdi. U atrof-muhitni muhofaza qilishning ijtimoiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini mustahkamladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi huquqning barcha tarmoqlari, shu jumladan, o‘rmon huquqi uchun asosiy manba hisoblanadi.
62-moddasida shunday deyilgan: fuqarolar atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishlari majburdirlar,
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
68-moddasida yer, uning yer osti boyliklari, suvlari, o‘simlik va hayvonot dunyosi va boshqa tabiiy resusrlar umummilliy boylik ekanligi, ulardan oqilona foydalanish va davlat tomonidan muhofaza qilinishi qayd etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o‘rmon xo‘jaligi organlarining vakolatlari, o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining o‘rmondan foydalanish va o‘rmonlarni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha olib bordi.