O‘rmon huquqi fanining manbalari reja O’rmon huquqi manbalari



Yüklə 18,71 Kb.
səhifə1/4
tarix12.10.2023
ölçüsü18,71 Kb.
#154760
  1   2   3   4
O‘RMON HUQUQI FANINING MANBALARI


O‘RMON HUQUQI FANINING MANBALARI
Reja

  1. O’rmon huquqi manbalari

  2. O’rmon huquqi manbalarining o’ziga xos hususiyatlari

  3. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi o‘rmon huquqining asosiy manbai hisoblanadi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Iqtisodiy islohotlarning asosiy jihatlaridan biri bozor iqtisodiyotining huquqiy asoslarini yaratishdir.


Qonun ijtimoiy munosabatlarining asosiy tartibga soluvchisiga aylanishi kerak.
Keyingi yillarda nafaqat qonun ijodkorligi tizimi, balki qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va rivojlantirish mexanizmi ham vujudga keldi.

  1. O’rmon huquqi manbalari

Har qanday huquqiy davlatda jismoniy va yuridik shaxslarning oʻrmon huquqlarini munosib tartibga soluvchi, ularni muhofaza qilish mexanizmini taʼminlovchi, shuningdek, oʻrmonlarga nisbatan oʻrmonga boʻlgan mulkchilik munosabatlarini shakllantiruvchi huquqiy normalarni oʻz ichiga olgan qonun oʻrmon huquqining asosiy va manbai boʻlishi kerak.
Oʻrmon huquqi – insonlarning hozirgi va kelajak avlodlari manfaatlari yoʻlida oʻrmonlarni sogʻlom saqlash va obodonlashtirish maqsadida jamiyat va tabiatning oʻzaro munosabatlari sohasidagi oʻrmon munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy normalar tizimi boʻlgan huquq sohasi.
O‘rmon huquqining manbalari bo‘lib, o‘rmon munosabatlarini tartibga soluvchi davlatning vakolatli organlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar tizimlari hisoblanadi. Normativ-huquqiy hujjatlarsiz o‘rmon huquqiy munosabatlari mavjud emas.

Huquqning manbai – bu qonunlar, farmonlar va boshqa huquqiy hujjatlarda mavjud bo‘lgan muayyan huquqiy masalalarni, shu jumladan, o‘rmon xo‘jaligi sohasida hal qilinishi kerak bo‘lgan huquqiy normalar majmuasi yordamida davlat irodasini ifodalash usuli.

Yüklə 18,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin