Mavzu 13.O’rnatilgan operatsion tizimlar. Jarayon tushunchasi. Uzulishlar
REJA:
1.O’rnatilgan operatsion tizimlar. Ularning asosiy xususiyatlari va qo’yilgan talablar.
2.Jarayon tushunchasi.
3.Uzilishlar Zamonaviy operatsion tizimlarining(OT) turli komponentlari ko’p joylarda va bir biriga bog’liq bo’lmagan xolda ishlab chiqarilayapti. Bu narsa Lunix yadrosi asosidagi OTda yaqqol ko’riniladi. Bunday yondoshuv OT barcha tabaqalarda standartlashtirish kiritilishi uchun paydo bo’ldi. UNIX komponent arxitekturasi yordamida Linux va FreeBSD erkin dasturlardan tuzilgan to’liq funktsional server va stolli tizimlar paydo bo’lishiga olib keldi. Ammo tizimni komponentli modeli yangi savollarni xal qilishni talab qiladi. Turli dasturlar orasida tizimda bog’lanishlar paydo bo’ladi va dasturni kichik o’zgarilishi xam unga bog’liq bo’lgan barcha komponentlarni yangilashni talab qilishi mumkin. Komponent tizimidagi dasturiy ta’minotni boshqarish masalasiga birinchi navbatda tizim birliligini saqlash kiradi. Dasturiy ta’minotni (DT) tuzish va qo’llash quyidagi rollarni bo’lishini talab qiladi:
Zamonaviy erkin tarqalish modelida yana bir rollar guruxi paydo bo’ldi – distributivlar ishlab chiqaruvchilar. Ular turli mustaqil komponentlarni yagona va foydalanishga tayyor yechimlarga birlashtiruvchi integratorlar funktsiyalarini bajaradilar. Distributivlar ishlab chiqaruvchilar Lunix OTda keng axamiyatga ega bo’ldilar. Dasturni tuzish,o’rnatish va qo’llanish jarayonida asosiy rollar va bog’lanishlar 4.4 rasmda keltirilgan.
Dasturiy ta’minotni tarqalish ko’rinishlari Dasturni tarqatilishni eng oddiy usuli - bu dasturni ishlatishga kerak bo’ladigan bajariladigan fayl va kutubxona yig’imlarini o’z tarkibiga kiritadigan faylli arxiv. Ammo dasturlarni ikkilik ko’rinishda tarqatilishi ayrim muammolarga ega : bajariladigan fayllar turli arxitektura va OTlar uchun farqlanadi. UNIX operatsion tizimi ko’chiriladigan tizim sifatida tuzilgan.
Distributivlar ishlab chiqaruvchilar dasturiy ta’minotni unifikatsiyalash bilan shug’ullanganlar va ular yordamida administratorlar va yakuniy foydalanuvchilar DTni ishlab chiqishdan ozot etiladilar, funktsional komponentlarda ishlashadilar. Turli tizimlarda bunday komponentlar paketlar deb nomlanadilar. Paket – dastur yoki dasturlar yimiga ega maxsus faylli arxiv. UNIX operatsion tizimini tuzuvchi dasturlar yigimi BSD-tizimlarida boshlang’ich matnlardan paydo bo’lgan va port tushunchasi kiritilgan. Internet rivojlanishi bilan paketli tizimlarda paketlar saqlovchilari (repozitariylar) paydo bo’ldi.