Orom og‘ushida dilrabo bu tun: Oydin zulumotda jilmayar bahor



Yüklə 3,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/44
tarix28.11.2023
ölçüsü3,67 Mb.
#168157
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44
Yoshlik - 2021 9-10 (2)

gansiz. Keyinchalik realizmga o‘tib ketishingizga 
nima sabab bo‘lgan?
– Fantastika ajoyib janr-da. Xayolotning 
cheksiz parvozi. O‘qib ham, yozib ham rohatla
-
nadi kishi.
Aniq fanlarga qiziqishim sabablimi, yosh
-
ligimdan ilmiy fantastik asarlarni ko‘proq 
o‘qirdim. Aytaylik, “Jahongir”, “Odam amfibiya”, 
“Professor Douelning boshi”, “Ko‘rinmas odam” 
va hokazo. Keyinroq ancha-muncha fantastik 
asarlarni o‘zbekchaga o‘girdim ham. Fantastik 
asarlarimdan iborat ikkita kitobim chiqdi.
Biz adabiyotga kirib kelgan davrlar fantasti-
kaga qiziqish kuchli edi-da. Yozuvchilar uyush-
masida alohida to‘garak ham bor edi, shunga 
qatnab turardim.
Ayniqsa, ilmiy fantastikani yaxshi ko‘raman. 
Jahon tarixida ko‘plab olimlarning buyuk kashfi-
yotlariga aynan fantastik asarlarda qalamga olin
-
gan ilmiy-texnik yangiliklar sabab bo‘lganligi ni 
ham unutmaylik.
Yana bir misol. Xitoy keyingi o‘n besh yilda 
ta’lim tizimiga aynan fantastik asarlarni ko‘proq 
o‘qitish tajribasini kiritdi. Bu qanday ko‘lamdor 
samaralarga olib kelganligini hammamiz ko‘rib-
bilib turibmiz.
O‘zimga kelsak, o‘tgan asrning to‘qsonin
-
chi yillarida hayot shu qadar mo‘l-ko‘l ajo yib-
g‘aroyib, mantiqli-mantiqsiz, aql bovar qilmas, 
hatto fantast yozuvchilarning xayoliga kelmagan 
voqeliklarni qalashtirib tashladiki, ularni realistik 
usulda tasvirlashdan boshqa yo‘l qolmadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


9
adabiy-ijtimoiy jurnal
– Tarjima qilish yozuvchidan qanday 
mahorat talab qiladi? Robin Sharmaning 
“O‘lsang kim yig‘laydi?” asari tarjimasiga qay 
turtki bilan kirishdingiz? Kimdir sizga bu borada 
taklif berdimi yoki ko‘z ostingizga olib yurgandin-
gizmi?
– Yuqorida ham aytib o‘tdim, ancha-mun-
cha roman-qissalarni, hikoya-novellalarni, 
she’r-dostonlarni rus tilidan o‘zbekchaga o‘gir-
ishga to‘g‘ri kelgan. To‘g‘risi, buyam bir maktab. 
Ayniqsa, tarixiy asarlar tarjimasi alohida qunt, 
e’tibor va bilim talab qiladi. Shu bilan birga, bu 
jarayonda qalam charxlanadi, jumlaga aynan 
mos tusha digan so‘zni yoki uning muqobilini 
tez topish ko‘nikmasi shakllanadi.
Sharmaga kelsak, nashriyotlardan biri 
shu kitobni tarjima qilib berishimni so‘rab 
qoldi. Avval o‘qib chiqay, dedim. Qarasam, 
ajoyib asar, deyarli har sahifasida donishman
-
dlik, ulkan ha yotiy tajriba va zalvorli xulosa 
mujassam! Mashhur faylasufning so‘zlari bilan 
aytsam, “Mazkur kitob – zamonaviy kishilar 
uchun xaloskor kuchdir. U bizga hayotning 
qanchalar bebaho ekanligini yana bir bor 
eslatadi”. Kitob o‘quvchiga tushunarli, jo‘n 
emas, sodda tilda yozilgan. Xullas, yayrab tar
-
jima qildim.
– Asar yozganda yozuvchi o‘zining va 
o‘quvchining hafsalasini pir qilmasligi uchun 
ko‘proq nimalarga e’tibor berishi kerak?
Bu borada hammamiz biladigan, ammo 
amal qilishimiz qiyin bo‘lgan haqiqatlar ko‘p. 
Ijod azobini, bilasiz, yurakdagi tish og‘rig‘i 
de yishadi. Unga chidash juda qiyin. Ilhom 
kelganda yozish kerak. Yozganda ham o‘ziga 
ishonib yozish kerak. Abdulla Qahhor ayt
-
ganidek, yozganlari ning ke rakmas joyini 
qaychilab tashlashga ozgina insof va adolat 
ham kerak. Ko‘ngil ehtiyojidan tug‘ilgan 
asargina o‘zingizning ko‘ngil tuyg‘ula ringizga 
javob beradi. Yig‘lab yozilgan asar o‘quv chini 
yig‘latadi. Kulib yozilgan asar o‘quvchini kuld
-
iradi. Asar darddan, aytilmoqchi bo‘lgan gap 
iztirobidan tug‘iladi.
Yozayotgan yoki yozib bo‘lgan asaringiz 
o‘zingizning hafsalangizni pir qilyaptmi, yaxshisi, 
vaqtida uni tashlab yuboring, o‘quvchiniyam, 
o‘zingizniyam qiynamang.

Yüklə 3,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin