Bo‘yinning keyingi (VI, VII va VIII) va ko‘krakning oldingi (I, II) umurtqalaridan chiqadigan nervlarning pastki tarmoqlari birlashib, elka chigali – plexus brachialis ni hosil qiladi. Bu chigaldan chiqadigan to‘qqizta nerv oldingi oyoqni, uning atrofidagi organlarni, muskul va terini ta’minlaydi.
Ko‘krakning oldi tomon nervi – n.pectoralis cranialis bo‘yinning ettinchi, sakkizinchi va ko‘krakning birinchi juft nervlaridan hosil bo‘lib, elka suyagining bo‘g‘imi oldidan ko‘krak muskullariga tarqaladi.
Ko‘krak oldi nervi – n.suprascapularis bo‘yinning oltinchi, ettinchi, sakkizinchi juft nervlaridan hosil bo‘ladi.
Kurak osti nervi – n.supscapularis bo‘yinning oltinchi, ettinchi va sakkizinchi juft nervlaridan hosil bo‘lib, 2 – 4 tarmoqdan iborat va kurak osti muskuliga tarqaladi.
Muskul – teri nervi – n.musculicutaneus bo‘yinning oltinchi, ettinchi va sakkizinchi juft nervlaridan hosil bo‘ladi va tirsak bo‘g‘imining bukuvchi muskullariga hamda terisiga tarqaladi
Bel dumg‘aza nerv chigali va qovurg‘alararo nerv
1-birinchi ko‘krak nerv stvoli, 2-4-qovur-g‘alar aro nerv, 3-qovurg‘alar aro nervning tarmog‘i, 5-birinchi bel nervi, 51-yonbosh va yuqorining orqa nervi, 6-ikkinchi bel nervi 61-yonbosh-chov nervi, 7-uchinchi bel nervi, 71-pastki teri nervi, 8-to‘rtinchi bel nervi, 9-beshinchi bel nervi, 10-oltinchi bel nervi, 11-son va safena nervining umumiy stvoli, 12-yopuvchi nerv, 13-quymich nervi, 14-teri osti nervi, 15-jinsiy azoning ichki nervi, 16-son nervining bo‘linish joyi, 17-gemrroidial nerv, 18-safina nerv tarmoqchasi.
O‘rta nerv – n. medianus
Bo‘yinning ettinchi, sakkizinchi va ko‘krakning birinchi, ikkinchi nervlaridan hosil bo‘ladi. U oldingi oyoq nervlarining eng yo‘g‘oni va uzuni bo‘lib, oyoq barmoqlarigacha etib boradi. O‘rta nerv elka va o‘rta arteriyalar bilan yonma-yon o‘tadi. Tirsak bo‘g‘imidan bir oz pastroqda muskullarga tarmoqlanib, bilaguzukni bukuvchi, bilak va barmoqlarni bukuvchi umumiy chuqur muskullar va elka suyagiga boruvchi muskullar boshiga boradi. Keyin uning asosiy tomiri kaft suyagi ustida kaftning yuza nervi – nn.metacarpi volaris superficialis ni hosil qiladi, uning davomi esa barmoqning orqa nervlari – nn.digitalis volaris ni hosil qilib tugaydi.