Orqa miya nervlari – nervi spinalis umurtqa pog‘onasi bo‘limlariga mos ravishda bo‘yin (c), ko‘krak (th), bel (l), dumg‘aza (s), va dum (cc) qismlarga bo‘linadi.
Bo‘yin nervlari – n. cervicales (c) sakkiz juft bo‘lib, birinchi jufti atlantning umurtqalararo teshigidan, ikkinchi jufti atlantning orqa tomonidagi umurtqalararo teshikdan, sakkizinchi jufti esa bo‘yinning ettinchi umurtqasi orasidan chiqadi. Bo‘yin nervlarining har qaysisiga simpatik nervdan kulrang biriktiruvchi tarmoq keladi. Har qaysi nerv yuqorigi va pastki tarmoqlarga bo‘linib ketadi. Bu tarmoqlar, o‘z navbatida, yana yon va o‘rta tarmoqlarni hosil qiladi. O‘rta tarmoq bo‘yin umurtqasi yaqinidagi muskullarga, yon tarmoq esa yuzaroq jotarqaln amuskullar va teriga tarqaladi.
Ensa nervi – n. occipitalis birinchi juft nervning yuqorigi tarmog‘idan ajralib, bosh va bo‘yinni birlashtiruvchi muskullarga va ensa terisiga tarqaladi.
Diafragma nervi – n. phrenicus beshinchi, oltinchi, ettinchi juft nervlardan hosil bo‘lib, to‘g‘ri narvonsimon muskul ostidan o‘tadi va ko‘krak bo‘shlig‘iga borib, diafragma muskuliga tarqaladi.
Kurakning yuqorigi nervi – n. dorsalis scapulae qo‘shaloq nerv bo‘lib, beshinchi va oltinchi juft nervlardan kelib chiqadi. Uning bir tarmog‘i rombsimon muskulga, ikkinchisi esa pastki tishsimon muskulga boradi.
O‘mrov usti nervi – n.supraclavicularis oltinchi juft nervdan hosil bo‘lib, ko‘krak osti, elka va uning bo‘g‘imi atrofidagi teriga tarqaladi. Bo‘yin nervlari boshqa hayvonlarda ham xuddi kavsh qaytaruvchilarniki singari tarqaladi.
Qorako‘l qo‘yining bo’yin nervlari
1-2-birinchi bo‘yin nervlarining yuqorigi tarmog‘i; 3- ikkinchi bo‘yin nervlarining yuqorigi tarmog‘i; 4- uchinchi bo‘yin nervlarining yuqorigi tarmog‘i; 5-beshinchi bo‘yin nervlarining yuqorigi tarmog‘i; 6-to‘rtinchi bo‘yin nervlarining yuqorigi tarmog‘i; 7-ettinchi bo‘yin nervlarining yuqorigi tarmog‘i; 8-9-oltinchi va ettinchi nerv tarmoqlari; 10-ikkinchi bo‘yin nervining pastki tarmog‘i; 11- uchinchi bo‘yin nervining pastki tarmog‘i; 12-to‘rtinchi bo‘yin nervining pastki tarmog‘i; 13-beshinchi bo‘yin nervining pastki tarmog‘i ; 14-oltinchi bo‘yin nervining pastki tarmog‘i ; 15-beshinchi va oltinchi bo‘yin nervining pastki tarmog‘i.