Orqa miya nerivlari


Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari



Yüklə 256,69 Kb.
səhifə3/4
tarix01.08.2023
ölçüsü256,69 Kb.
#138232
1   2   3   4
MI2

Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari

  • Cho‘chqada – o‘rta nerv kaftning ikkinchi, uchinchi barmoqlari nerviga aylanib, tirsak nerviga qo‘shiladi. Qoramolda – kaft ustida kaftning o‘rta qismi orqa nervi – n. metacarpus volaris medialis ga aylanadi, bu esa tushoq suyagi ustki barmog‘ining orqa yuzasi o‘rta nerviga aylanadi, so‘ngra uchinchi, to‘rtinchi barmoqlarga tarmoqlanib tirsak nerviga qo‘shiladi. Qo‘yda – o‘rta nerv tirsak bo‘g‘imi ustida ikki boshli muskulga, ko‘krak muskuliga boradi va muskullarga to‘rtta mayda tarmoqcha hamda bilak suyagi orqasida yana oltita tarmoqcha beradi. Otda – o‘rta nerv kaftning yon va o‘rta qismi orqa yuza nervi – nn.metacarpi volares medialis et lateralis ni, ular esa tushoq bo‘g‘imi yonida barmoqning orqa yuzasi nervi – n. digitalis volaris medialis et lateralis ni hosil qiladi.

Ko‘krak nervlari

  • Hayvonlarning ko‘krak umurtqasi qancha bo‘lsa, shuncha juft ko‘krak nervi bo‘ladi. Har qaysi nerv biriktiruvchi oq tarmog‘i – ramus communicans albus bilan simpatik nerv o‘qiga qo‘shiladi.
  • Simpatik nerv tomiridan 1-2 ta kulrang tarmoqcha – ramus communicans griseus chiqadi. Ko‘krak nervlari ham yuqorigi va pastki tarmoqlarga bo‘linadi. Yuqorigi tarmog‘i umurtqa pog‘onasi muskullariga boradi, pastki tarmog‘idan qovurg‘alararo nerv – n.intercostalis hosil bo‘lib, u qovurg‘alararo muskullarni harakatga keltiradi. Uning o‘rta tarmog‘i plevra oralig‘iga, to‘sh va qorin muskullariga tarqaladi. Yon tarmog‘i oldingi oyoqning tanaga biriktiruvchi muskullariga va terisiga tarqaladi.

Bel nervlari

  • Bel atrofidan chiqadigan nervlar ham bel umurtqalari soniga teng bo‘ladi. Belning ikkinchi, to‘rtinchi umurtqasidan chiqadigan nervlar simpatik nervlarga oq tarmoqlar beradi, belning hamma nervlariga biriktiruvchi kulrang tarmoq keladi. Bel nervlarining har qaysisi yuqorigi va pastki tarmoqlarga bo‘linadi. Yuqorigi tarmoqlar belning yozuvchi muskullariga, teriga tarqaladi. Pastki tarmoqlar belning nerv chigalini hosil qiladi, undan bir nechta nervlar chiqadi:
  • Yonbosh-qorin devori nervi – n.ilihypogastericus belning birinchi juft nervidan hosil bo‘lib, belning kichik kvadrat va qorin muskullariga hamda terisiga, urg‘ochi hayvonlarda sut bezlariga, erkak hayvonlarda jinsiy a’zoga tarqaladi.
  • Yonbosh – chov nervi – n.ilioiguinalis belning ikkinchi, uchinchi juft nervidan hosil bo‘lib, bel va qorin muskullariga, tashqi jinsiy a’zo va sut bezlariga tarqaladi.
  • Son nervi – n.femoralis belning beshinchi (uchinchi), to‘rtinchi va oltinchi juft nervlaridan chiqib, sonning to‘rt boshli muskullariga va teri ostiga tarmoqlanib kiradi

Yüklə 256,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin