Agar elektron tahdid kelib tushsa:
Xabarni o'chirmang. Sud ekspertizasi muhim
ma'lumotlarni topishi mumkin.
Xabarni kompyuterda ochiq qoldiring.
Darhol huquqni muhofaza qilish idoralariga
xabar bering.
Xabarni, mavzu satrini, sanasini va vaqtini
chop eting, suratga oling yoki nusxasini oling.
Barcha elektron dalillarni saqlab qoling.
KIBER HUJUMI sizning elektron asbobingizga ziyon etkazishi va shaxsiy ma'lumotlaringizni oshkor qilishi mumkin.
Kuchli parollardan foydalaning va turli veb-
saytlar uchun bir xil parolni ishlatmang.
Antivirus dasturini va boshqa zararli
dasturlarga qarshi kurashadigan dasturlarni
avtomatik ravishda yangilanadigan qilib
o'rnating.
Tizim va dasturiy ta'minotlarning yangi
versiyalari mavjud bo
’lsa, ularni darhol
qo'llang.
Ikki faktorli autentifikatsiyani ishlating.
Ma'lumotlarni muntazam ravishda arxivga
joylang.
Agar siz kiberhujum qurboni bo ’lib qolganingizdan shubhalansangiz:
Kompyuter tizimlaringizni o'chirib tashlamang
yoki o'zgartirmang.
Banklardagi hisob raqamlaringizni
o'g'irlanishdan himoya qilish uchun darhol
moliya muassasalariga murojaat qiling.
Parollaringizni o'zgartiring va banklardagi
hisob qaydnomalaringizni shubhali harakatlarni
topish uchun kuzatib boring.
Agar sizga nisbatan bevosita jismoniy xavf tug'ilsa, 911 raqamiga qo'ng'iroq qiling. Agar siz tahdidga duch kelsangiz, iltimos, FTBning mahalliy ofisiga murojaat qiling ( www.fbi.gov saytida ro'yxatlar mavjud) yoki 1-800-CALLFBI (yoki 1-800-225-5324) yoki www.fbi.gov/tips orqali ma ’lumot yuboring.