Tarxon erlar. Bu erlar xususiy mulk bo’lib, ular odamlarga biron-bir xizmati uchun berilgan.
Ushr erlar. Sayid va xo’jalarga mansub erlardir. Bundan olingan hosilning o’ndan biri davlatga berilgan.
Vaqf erlar. Masjid, madrasa, xonaqoh, qabriston va shu singari joylarga doir erlardir. Vaqfda er, suv, bozor, qul, pullar va boshqalar mol-mulki bilan in’om etiladi.
5. Askarlarga, ularning rahbarlariga beriladigan erlar.
A.Temurning iqtisodiy fikrlari «Temur tuzuklari» da bayon etilgan bo’lib, quyida biz ko’rib chiqmoqchi bo’lgan g’oyalar mazkur asar asosida keltirildi.1 Unda o’sha davrdagi davlatning 12 ijtimoiy toifadan iborat bo’lganligi ko’rsatilgan::
1. Sayidlar, ulamo, mashoyix, fozil kishilar (din ahllari).2. Ishbilarmon, donishmand odamlar. 3. Xudojo’y, tarkidung’ qilgan kishilar.4. No’yonlar (tuman boshlig’i), amirlar, mingboshilar, ya’ni harbiylar.5. Sipoh va raiyat (soliq to’lovchi xalq).6. Maxsus ishonchli kishilar.7. Vazirlar, sarkotiblar.8. Hakimlar (faylasuflar, donishmand, allomalar), tabiblar, munajjimlar,muxandislar (injenerlar).9. Tafsir va hadis olimlari.10. Ahli hunar va san’atchilar. 11. So’fiylar.12. Savdogar va sayyohlar.
Ibn sinoning iqtisodiy qarashlari Ibn Sinoning inson ehtiyojlari to’g’risidagi, mehnat va uning moddiy ishlab chiqarishdagi roli to’g’risidagi fikrlari diqqatga sazovor. Uning fikricha «xayvon tabiat ne’matlariga qanoat qiladi, insonga esa tabiat ne’matlari kamlik qiladi, u oziq- ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga ehtiyoj sezadi. Hayvonlar tabiat ne’matlarini o’zlashtiradi, inson esa o’z mehnati bilan o’ziga ovqat, kiyim-kechak, uy-joy yaratadi. Shu maqsadda inson dehqonchilik bilan shug’ullanishi kerak. Hayvonlar garchi poda bo’lib yashasalar ham, yolg’iz yashay oladi, odamlar esa yakka holda o’zlari uchun barcha yashash vositalarini topa olmaydilar. Shuning uchun odamlar muloqot va o’zaro g’rdamga muhtoj bo’ladilar».
Ibn Sino feodal jamiyatning asosiy muammolarini tadqiqot qiladi. U jamiyatning amal qilishining asosi hunarmandchilik deb hisobladi. «Odamning o’z quvvatini saqlashga va oziq-ovqatga bo’lgan ehtiyoji,-deb g’zadi Ibn Sino,- hammani hunar o’rganishga undaydi.» Ibn Sino nafaqat oila doirasidagi, balki shahar va hatto davlat miqg’sidagi daromad va xarajatlar balansi to’g’risida ham fikr yuritadi. Uning fikricha, davlat tabiiy ofat g’ki urush bo’lish ehtimolini hisobga olib, unga mablag’ ajratgan holda daromad va xarajatlar balansiga erishishi zarur.