Ibn Sino ideal davlat to’g’risida fikr yuritib, uni quyidagicha tavsiflab beradi: 1) bu davlatda barcha moddiy boyliklar shunday barobar taqsimlanishi kerakki, unda juda katta boylik va ashaddiy qambag’allik bo’lmasin; 2) barcha kishilar halol mehnat bilan shug’ullanishi va halol savdo qilishi, sababli urushadigan odamlar bo’lamaydi va urushlar tugatiladi, davlatlar o’rtasilagi sig’siy baxslar esa tinch yo’l bilan echiladi; 3) ideal davlatda odamlarda hamma narsa muhayg’ bo’ladi va shuning uchun ular bir-biriga qarama-qarshi bo’lmaydilar, quvnoq ashula va musiqani yaxshi ko’radilar, uzoq vaqt qarimaydilar.
Yusuf Xos Hojibning iqtisodiy fikrlari. Iqtisodiy fikrlarning rivojlanishiga munosib hissa qo’shgan XI asrda yashab ijod etgan buyuk shoir va mutafakkir Yusuf Xos Hojib Bolasag’uniy hisoblanadi. U jamiyatning rivojlanishida mehnatning rolini qayd qilib o’tgach, shunday deydi: «Odamga foydasi tegmagan odam - murda» va «O’tgan umr achinarli emas, balki sarflangan mehnat achinarlidir». Yusuf Xos Hojib mehnatga tavsif berish bilan cheklanmasdan, balki mehnat taqsimotining ahamiyatiga ham alohida e’tibor qaratdi.
“Qutadg’u bilig” biz uchun g’oyat muhim iqtisodiy g’oyalar ilgari surilgan asar sifatida ilmiy ahamiyati kasb etadi. Asardagi mohiyatga to’g’ri haq to’lash, boshqalar mehnatini to’g’ri taqsimlash, qadriga etish, moddiy manfaatdorlik, kasb-xunar egallash, kuchli ijtimoiy himoya masalalariga katta o’rin berilgan.
U dehqonchilikda, chorvachilikda, hunarmandchilikda yaratiladigan moddiy boyliklarning xususiyatlarini ko’rsatib beradi, aynan dehqon mehnati odamlarni boqadi va kiyintiradi, chorvador esa eyish, kiyish va minish uchun foydalanadigan otlarni, tuyalarni va boshqa hayvonlarni ko’paytiradi deb qayd qilib o’tadi. Shular bilan birga hunarmandlar turmush uchun kerak bo’lgan buyumlarni yaratadilar. Olimlarning mehnatiga yuqori baho beriladi. Yusuf Xos Hojib pulning qiymat o’lchovi, muomala vositasi, jamg’arish vositasi funktsiyalarini aytib o’tadi. Uning fikriga ko’ra, davlatning qudrati nafaqat armiyada, balki xazina mablag’larida hamdir. Lekin davlat qimmatbaho buyumlarni jamg’arish bilan qiziqib ketmasligi, davlat mablag’larining bir qismini xalq manfaatlari yo’lida sarflashi lozim. Yusuf Xos Hojibning bu fikrlari to’g’ri ekanligini hayotning o’zi tasdiqladi.