O‘rta asr Sharq falsafasi va uyg‘onish davri xususiyatlari



Yüklə 3,93 Mb.
səhifə1/2
tarix16.09.2023
ölçüsü3,93 Mb.
#144023
  1   2
O‘rta asr Sharq falsafasi va uyg‘onish davri xususiyatlari 304-guruh

O‘rta asr Sharq falsafasi va uyg‘onish davri xususiyatlari.


Matematika-informatika yunalishi 304-guruh talabasi Jalilov Shavkat
Reja:
1. Markaziy Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharqda o‘rta asrlar falsafasi (VIII-XII asrlar)
2. Temur va Temuriylar davrida Markaziy Osiyoda ijtimoiy-falsafiy fikr
3. XVI – XVII asrlarda Markaziy Osiyoda ijtimoiy-falsafiy fikr
Markaziy Osiyo arablar istilosigacha mayda feodal mulklarga bo‘lingan edi. VII asrning oxiri- VIII asrning boshlarida Mavoraunnahri xalqlari Arab xalifaligi hokimiyati ostida qoldilar. Arab yarim oroli islomning kelib chiqishi arafasida urug‘-qabilachilik munosabatlarining inqirozi bosqichida edi. VI - asrda arab qabilalari o‘rtasida markazlashishga bo‘lgan tamoyil kuchayib boradiki, u o‘z ifodasini xaniflarning (voizlarning) qabila sanamlariga (shirk) qarshi qaratilgan yakkaxudolikni (tavhid) targ‘ib qilishlarida topadi. Oxirgi xaniflardan biri Quraysh qabilasidan kelib chiqqan Muhammad (570-632) edi. Muhammad va uning sahobalarining faoliyati natijasida xanafiylik yangi diniy oqim islom sifatida shakllandi.
Islom Arabistonda arablarning sinfiy jamiyatga o‘tish va Arab davlatining tashkil topishi davrida paydo bo‘ldi. Ilk islomning bosh yodgorligi bo‘lgan Qur'onda mutlaq yakkaxudolik asosiy aqida bo‘lib, arab qabilalarining yagona davlat hokimiyatiga birlashishini ifodalar edi.
Qur'on (arabcha qara'a – o‘qimoq) musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi bo‘lib, ular uni eramizning VII asrida Muhammad payg‘ambar tomonidan yetqazilgan ilohiy vahiy, deb tan oladilar. Bizgacha yetib kelgan ko‘rinishda Qur'on 114 suraga (boblar) bo‘lingan bo‘lib, suralarning uzunidan qisqa tomonga borishi tartibida tuzilgan. Har bir sura sarlavhaga ega: masalan, «Baqara» («Sigir»), «Yunus», «Hadid» («Temir»), «Shams» («Quyosh»). Qur'on Muhammad (s.a.v.) vafotlaridan keyin to‘plashga boshlandi. Rivoyat qilishlaricha, uning birinchi rasmiy matni xalifa Usmon (644-656) davrida tahrirdan chiqqan. O‘rta asrlarda muomalada bo‘lgan Qur'onning boshqa nusxalari bizgacha yetib kelmagan. Qur'onning rasmiy Usmon matni VII asrning boshlarigacha o‘zgarishlarga (qisqartirishlar va qo‘shimchalarga) duchor bo‘ldi. Unli belgilar unga VII asrning oxirlarida kiritildi.
Mavoraunnahr mo‘g‘ullardan ozod bo‘lgandan keyin, 1370 yildan boshlab mamlakatda Amir Temur (1336-1405) hukmron bo‘ladi. Buyuk Temur kuchli markazlashgan davlat barpo qildi. Feodal tarqoqlikka chek qo‘yildi, ishlab chiqarish kuchlari, qo‘shni mamlakatlar bilan tashqi savdo aloqalari rivojlandi, yer ishlari va shahar hunarmandchiligida yuqoriga ko‘tarilish kuzatildi. Qadimgi dunyo madaniyati, Mavoraunnah, Hindiston, arab mamlakatlari xalqlarining ilk o‘rta asrdagi falsafiy merosiga qiziqish ortib bordi. Bu davrning falsafiy fikri uchun xos narsa dunyoviy va diniy fanlarga murojaat, tabiatni o‘rganishga intilish, inson aqli va qobiliyatlarining ko‘tarilishi, insonning axloqiy sifatlarini qadrlash, insonparvalik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib qilish edi.
Sa'duddin Ma'sud binni Umar Taftazoniy (1322-1392) islom falsafasi bo‘lgan kalomning yirik vakili edi. U Niso (Ashxobod) shahri yaqinidagi Taftazon qishlog‘ida tug‘ildi. Al-Ijiy va Qutbiddin ar-Roziy at-Taxtoniy kabi mashhur olimlardan ta'lim oldi. Taftazoniy o‘ttiz yilga yaqin davr ichida G‘ijduvon, Jom, Turkiston, Hirot va Mavoraunnahrning boshqa shaharlaridagi madrasalarda dars berib, yirik olim sifatida shuhrat qozondi.
Taftazoniyning shuhrati o‘z poytaxti Samarqandga eng mashhur olimlar, hunarmandlar va ustalarni to‘playotgan Amir Temurga ham yetib keladi. U Taftazoniyni Samarqandga chaqirtiradi. Taftazoniy umrining oxirigacha saroyda yashaydi va 1392 yilning 12 avgustida vafot etadi. U Temur huzurida doimiy o‘tkazilib turiladigan ilmiy bahslarda faol qatnashar edi. U o‘zining kalom, mantiq, geometriya, she'riyat va arab tili grammatikasi sohasidagi bilimlari bilan shuhrat topgan edi.
1428 -yilda Ulug‘bek boshchiligida Samarqandda o‘sha zamondagi eng katta rasadxona qurildi. U 1437 yilda o‘zining astronomiya sohasidagi asari bo‘lgan «Zije Ko‘ragoniy» («Ko‘ragoniyning yulduzlar jadvali») risolasini yozib tugatdi. Ushbu risolada yil hisobi, sayyoralar nazariyasi, astronomiya muammolari bayon etilgan bo‘lib, 1018 yulduzning jadvali ham berilgan edi. Ulug‘bekning «To‘rt ulus tarixi» nomli asari ham borki, unda mo‘g‘ullar imperiyasining tarixi bayon etilgan. Bundan tashqari, Ulug‘bek mantiq, fiqh, musiqa nazariyasi va adabiy uslub nazariyasini yaxshi bilar edi.
Ulug‘bekning tadqiqotlari astronomiya taraqqiyotida muhim davr ochdi. U yer yuzining har qanday nuqtasining koordinatlarini aniqlaydigan vosita ishlab chiqishga intildi, quyosh va oy tutilishlarini oldindan aytib berish usuli, yil hisoblarining biridan ikkinchisiga o‘tish qoidalari, yil fasllari o‘zgarishlarining qonuniyligini ochib berish, osmoniy jismlar harakatining qonunlarini tushuntirishga harakat qildi. Asosiy kuzatish vositasi sifatida sekstant (burchak o‘lchash asboblaridan biri) xizmat qildi. Masalan, ushbu asbob yordamida quyosh yilining aniq miqdori o‘lchandi -365 kecha va kunduz 6 soat 10 daqiqa 8 soniya.
Ulug‘ o‘zbek shoiri, davlat arbobi, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy (1441-1501) Hirotda tavallud topadi. Maktabda u Xurosonning bo‘lajak hukmdori Husayn Boyqaro bilan tahsil oladi. Shoir turli davrlarda Iroq, Mashhad va Samarqandda yashaydi. 1469 yili taxtga Husayn Boyqaro o‘tirgandan so‘ng, Navoiy Hirotga qaytib keladi. 1472 yili ul zot bosh vazir etib tayinlanadi. Navoiy vazirlik davrida shoiru olimlarga homiylik qiladi, jamg‘argan boyligini ilm-fan, madaniyat va obodonchilik ishlariga sarflaydi, beva -bechora va muhtojlarga xayr-ehson qiladi, rabotlar, suv inshootlari, kasalxonalar qurdiradi, kanallar o‘tkazadi. She'riyat mulkining sultoni bo‘lmish bu adib 30 ga yaqin asarlar muallifidir. Ular adabiyot, nasr va nazm, falsafa, axloqshunoslik, pedagogika, tilshunoslik, musiqa, nafosatshunoslik, tarix, tabiiy fanlar muammolariga bag‘ishlangan. Navoiy asarlari jumlasiga «Xazoyinul-maoniy», «Devoni foniy», «Lisonut-tayr», «Majolis un-nafois», «Holoti Sayid Hasan Ardasher», «Vaqfiya», «Munshaot», «Mahbub ul-qulub», «Muhokamat ul-lug‘atayn», «Tarixi muluki Ajam» va boshqalar kiradi. Mutafakkirning shoh asari «Xamsa» besh dostondan iborat: «Layli va Majnun», «Sab'ayi sayyor», «Xayrat ul-abror», «Farhod va Shirin» va «Saddi Iskandariy».

Yüklə 3,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin