O'rta asrlar davri arxeologiyasi



Yüklə 34,84 Kb.
səhifə3/11
tarix24.12.2023
ölçüsü34,84 Kb.
#190891
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2-MAVZU Mardona

Belgilangan o‘lponni to‘lab bo‘lgach, Pero‘z eftallar bilan aloqani yaxshilashga harakat qiladi. Ular bilan quda andachilik ipini bog‘lash maqsadida raqibiga singlisini xotinlikka taklif etadi. Eftallarning iltimosiga binoan 300 nafar harbiy instruktor yuboriladi. Ammo eftallar hokimi Kunxa Eronli instruktorlarning bir qismini o‘ldirishga, qolganlarini esa urib, mayib qilishga buyuradi. Chunki shoh singlisi o‘rniga cho‘rilaridan birini yuborib, eftallar hukmdorining izzat-nafsiga tekkan va bunday hiyla-nayrangi bilan uni nihoyatda ranjitgan edi. Shu boisdan Pero‘z 484 yilda eftallarga qarshi uchinchi marta yurishga otlanadi. Bu galgi urush sosoniylar shohining halokati bilan tugaydi. Marv ishg‘ol qilinib, Eron ustiga juda og‘ir o‘lpon yuklanadi. Garchi Pero‘z vorislari Kubod (488-531), Anushervon (531-579) xukmronlik qilgan davrlarda eftallar bilan munosabatlar ancha yumshab, tinchlik tusini olgan, hatto ayrim vaqtlarda Vizantiyaga qarshi eftallarning ittifoqdoshi sifatida harakat qilingan bo‘lsada, ammo sosoniylar yil sayin kumush hisobida muayyan bojni muttasil to‘lab turgan.

  • Belgilangan o‘lponni to‘lab bo‘lgach, Pero‘z eftallar bilan aloqani yaxshilashga harakat qiladi. Ular bilan quda andachilik ipini bog‘lash maqsadida raqibiga singlisini xotinlikka taklif etadi. Eftallarning iltimosiga binoan 300 nafar harbiy instruktor yuboriladi. Ammo eftallar hokimi Kunxa Eronli instruktorlarning bir qismini o‘ldirishga, qolganlarini esa urib, mayib qilishga buyuradi. Chunki shoh singlisi o‘rniga cho‘rilaridan birini yuborib, eftallar hukmdorining izzat-nafsiga tekkan va bunday hiyla-nayrangi bilan uni nihoyatda ranjitgan edi. Shu boisdan Pero‘z 484 yilda eftallarga qarshi uchinchi marta yurishga otlanadi. Bu galgi urush sosoniylar shohining halokati bilan tugaydi. Marv ishg‘ol qilinib, Eron ustiga juda og‘ir o‘lpon yuklanadi. Garchi Pero‘z vorislari Kubod (488-531), Anushervon (531-579) xukmronlik qilgan davrlarda eftallar bilan munosabatlar ancha yumshab, tinchlik tusini olgan, hatto ayrim vaqtlarda Vizantiyaga qarshi eftallarning ittifoqdoshi sifatida harakat qilingan bo‘lsada, ammo sosoniylar yil sayin kumush hisobida muayyan bojni muttasil to‘lab turgan.
  • Shunday qilib, kibr-havoli zabardast Vizantiya imperatorlarini bir necha bor tiz cho‘ktirgan sosoniylar endilikda yarim ko‘chmanchi eftallarning dahshatidan vahimaga tushib, ularning boqiy o‘lpondori bo‘lib qolgan.
  • Qisqa muddat mobaynida eftallar Qobul va Panjob vodiylarini egallay-dilar. So‘ngra O‘rumchi, Qorashar, Kucha, Xo‘ton va Qoshg‘ar shaharlari zabt etiladi. Natijada V asrning ikkinchi yarmi va VI asr boshlarida Markaziy Osiyo, Sharqiy Eron, Shimoli-G‘arbiy Xindiston va Sharqiy Turkiston yer¬larini yagona hududga birlashtirgan ilk o‘rta asrlarnipg yangi qudratli Eftallar davlati tashkil topadi. Garchi bu davlat siyosiy jihatdan Kushon podsholigiga nisbatan unchalik mustahkam bo‘lmasa-da, ammo maydoni jihatidan undan ulkanroq edi. Bu buyuk davlat Sharq mamlakatlari, xususan, Markaziy Osiyo xalqlari tarixida, ayniqsa, muhim o‘ringa egadir.

Yüklə 34,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin