Otashparastlik Xorazm, So‘g‘d va Choch viloyatlarida, ayniqsa, keng tarqalgan edi. Katta-kichik shaharlarda ma’jusiylarning ibodatxonalari bo‘lardi. Ular «vag‘n» deb, koxinlari esa «vag‘npat» deb yuritilardi. Muqaddas otash «azarxurra» deb atalardi. U maxsus olovxona - «otashkada»larda kechayu kunduz muttasil yonib turardi. Otashkada mutavallilari o‘ta zohid dindorlardan bo‘lib, ular «atrabon» deb yuritilardi. Oddiy mehnatkash ahlidan tortib zodagonu podshohlargacha atrabonlarga hadyalar keltirib, ular orqali muqaddas olovdan madad so‘rab iltijo etilardi.

Bularga xulosa qiladigan bo‘lsak, eftallarniig urf-odati, xususan, dafn marosimlari, qabr turlari hamda zodagonlarning kiyim-boshlari ta’rifi haqidagi manbalarda keltirilgan ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, ular o‘rtasida tabaqalanish va mulkiy tengsizlik kuchli bo‘lgan. Ularda o‘z davlat tuzumi, qaror topgan qonun va qoidalari mavjud bo‘lgan. Jinoyatchilik bo‘yicha jazo nihoyatda qattiq bo‘lgan. O‘g‘irlik qilgan jinoyatchining boshi kesilgan. O‘g‘irlangan mol-mulkning miqdoridan qat’i nazar, u o‘n barobar qilib undirib olingan. Shuni ta’kidlash joizki, eftallar o‘z tashqi siyosatlarida harbiy kuchga suyanganlar va ularning asosiy qismi suvoriylar bo‘lgan. Eftallarning qonuniy davlati podshohi mutloq tomonidai boshqarilgan. Ma’lumotlarga qaraganda, eftallar ko‘shni davlatlar adolatidan zarracha ham kam bo‘lmagan adolatga amal kilganlar. Shunday qilib, bu davlat Osiyo xalqlari tarixida siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy tarixida juda katta ahamyatga ega.