Birinchi navbatda uning yo'nalishi, turi va darajasi belgilanadi. So'ngra, birxillashtiriladigan buyumlarning chizmalari va ularning tahliliy ma’lumotlari yig'iladi va bu chizmalar oldiga qo'yilgan maqsadga ko'ra tabaqalanadi. Shundan so'ng, yoki yangi konstruk- siya ishlab chiqiladi, yoki amalda bo'lganlarining ichidan boshqalari- ning o'rnini bosishi mumkin bo'lgani tanlanadi. Birxillashtirish darajasi namuna o'lchamlari doirasidagi qo'lla- nish koeffitsiyenti asosida aniqlanishi mumkin. Buyumlarning standart va birxillashtirilgan detallar va tarkibiy qismlar bilan ta’minlanganlik darajasi quyidagicha aniqlanadi: 1. Qo'llanishlik koeffitsiyenti bilan, % da: к qo'l = "-П- ■ 100, (3.2) bunda: n — buyumda detallar va tarkibiy qismlarning umumiy miqdori; n0 — tanlangan namuna o'lchamlar soni. 2. Takrorlanishlik koeffitsiyenti bilan, % da: к ,л = ■
100. (3.3) Shunga o'xshash qo'llanishlik koeffitsiyentini qiymat bo'yicha aniqlash mumkin. Endilikda birxillashtirishga standartlashtirishning bir usuli sifatida emas, balki alohida, mustaqil bir faoliyat sifatida qaral- moqda. Amaliyotda sanoat tarmoqlarida butlovchi buyumlarning unifi- katsiyasi bo'yicha tadbirlar qabul qilinib, namunaviy elektr qurilma- 132
lari, elektrodvigatellar, aylanish podshipniklari, uzatma tasmalarini qo'llash bo'yicha chegaralangan standartlarni yaratish yo'li bilan tarmoqlararo unifikatsiyalash qo'llanilmoqda. Masalan, qurilishda yuk ko'tarish kranlari uchun ГОСТ 13355-79 «Qurilish minora