Tuzilmali kod — tarkibni shartli belgilash va nomlanish darajasi uzunligiga bu belgilarga muvofiq, kodda belgilar ketma-ket joy- lashishining grafik tasviri. Kodda belgilar soni uning tuzilmasi va obyektlar miqdori, to ‘plamostiga kiruvchi, har bir uzunlik darajasini shakllantiruv- chilariga bog‘liqligi bilan aniqlanadi. Har bir uzunlikda belgilar sonini aniqlashda yangi obyektlarning paydo bo‘lishi mavjudligini inobatga olib zaxira kodlar nazarda tutilishi lozim. Kodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim: — obyektlar va (yoki) obyektlar guruhini bir xil ma’noli identi fikatsiyalash va identifikator bo‘lishi lozim; — belgilar soni minimal (minimal uzunlikda) va berilgan to ‘p- lamning barcha obyekt (alomat)larini kodlash uchun yetarli bo‘lishi lozim; — kodlashtiriladigan to ‘plam obyektlari paydo bo‘lgan holatlar uchun yetarli zaxiraning mavjudligi; — odamlar foydalanishi hamda kodlashtirilgan ma’lumotlarni kompyuterda qayta ishlash uchun qulay bo‘lishi lozim; — kompyuter tizimiga kiritishda xatoliklarni avtomatik nazorat qilish imkoniyatini ta’minlash. Kod uzunligi — koddagi probellarsiz belgilar soni. Nazorat soni — kod yozuvlarini tekshirish uchun foydalanila- digan hisoblangan son. Texnikaviy-iqtisodiy ma’lumotlarni kodlashtirish ketma-ket, parallel, tartibli va seriyali-tartibli usullarga bo‘linadi. Ketma-ket kodlashtirish usulida iyerarxik sinflashtirish usulida olingan bir-biriga bog‘liq joylashgan ketma-ketlikdagi kodlardan foydalanish bilan obyekt va (yoki) guruhning sinfli kodi shakllan- tiriladi. Parallel kodlashtirish usuli fasetli sinflashtirish usulida olingan