M E - mi m 2 m3 I 1
1 1 1
m21 m22 m23 m24 3.5-rasm. Iyerarxik usul bo‘yicha sinflashtirish sxemasi. Sinflashtirishning fasetli usuli birlamchi obyekt to ‘plamini muayyan masalani hal etish uchun aniqlanilgan berilgan alomatlarni namoyon etuvchi mustaqil to‘plamostilariga bo‘lish natijasida amal ga oshiriladi. Fasetli usul bo‘yicha sinflashtirish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: — obyektning birlamchi to ‘plamini aniqlash; — sinflashtirish obyektini barcha tomonlama tavsiflovchi asosiy (mavjud) alomatlarini aniqlash; — fasetlarda bir turdagi (mavjud) alomatlarni guruhlash va ularni kodlashtirish; — to ‘plamostini hosil qilish uchun fasetli formulani aniqlash. Fasetli usul obyektning muayyan turli tavsiflari yig‘indisi aso sida «xususiydan umumiyga» tamoyili bo‘yicha to ‘plamostining shakllanishi bilan o ‘ziga xosdir. Kodlashtirish — obyektga yoki obyektlar guruhiga uning nomini bir qancha simvollar bilan almashtirish imkonini beruchi yagona belgi (kod)ni qo‘yish va belgilashdir. Kod — qabul qilingan usulga muvofiq o ‘zlashtirilayotgan ob- yektni identifikatsiyalash maqsadidagi belgi yoki belgilar majmua- sidir. Kodli belgilashlar alifboli, razryadli, tuzilmali, uzunli va nazo rat sonli kodlashlar bilan tavsiflanadi. Alifbo — kodni belgilash uchun qabul qilingan belgilar (sim- vollar) tizimi. Razryad kodi — kodda belgilar holati. 128